Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot. Nutqning fonetik bo’linishi


Download 146.31 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi146.31 Kb.
#1547445
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ro’ziyeva Latofat


Termiz davlat universiteti
Filologiya tillarni o’qitish ingliz tili yo’nalishi 4-kurs 411- guruh talabasi
Ro’ziyeva Latofatning Roman German filologiyasi fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Umum-hind Yevropa tillarning fonetik, grammatik strekturasi va lug’at tarkibida saqlanib qolish salmog’I.

  • Mavzu: Umum-hind Yevropa tillarning fonetik, grammatik strekturasi va lug’at tarkibida saqlanib qolish salmog’I.

Hind – yevropa tillari oilasi, bu oilani o`rganish tarixidan, ovrupashunoslar va ularning tadqiqot manbalari, metodlari, hind – yevropa tillarining qarindoshligi, hind – yevropa tillari oilasining guruhlanishi, eng yirik guruh, eng yirik (so`zlashuvchilar va jahondagi o`rniga ko`ra) tillar, hind – yevropa tillarining ichki (lisoniy) xususiyatlari, hind – yevropa tillari flektiv tillar sifatida. Genealogik tasnif asosida, tillarni qiyosiy-tarixiy metod orqali organish, avvalo, hind – yevropa tillari materiallarida ishlab chiqilgan edi. Bunda XIX asrning birinchi yarmida nemis filologi F.Bonn (1791-1867), rus tilshunosi A.X.Vostokov (1781-1864), nemis olimi A.Shleyxer (1821-1868),fransuz tilshunosi F.Dits (1794-1876)lar hind – yevropashunoslikka asos soldilar. Bundan keyin som-xom, fin-ugor, turkiy, kavkaz tillari oilasi tasniflandi.


Fransuz gumanisti Gvilyelm Postellus (1510-1581) ozining “Tillarning qarndoshligi haqida”, gollandiyalik olim Iosif Skaliger (1540-1609) esa “Yevropaliklarning tillari haqida mulohazalar” nomli tadqiqotlarida yevropa tillari doirasida 11ta “ona til”larni ko`rsatadilar. 4 ta “katta”: grek, latin (roman tillari bilan), tevton (german), slavyan hamda 7ta “kichik”: alban (epirot), irland, kimrcha (britt), tatar, fincha, venger va bass tillari. Tilshunoslar qadimgi hind (sanskrit) tilini ilmiy o`rgana boshlaydilar. Sanskrit tilini o`rganish esa qiyosiy -tarixiy tilshunoslikning shakllanshiga katta ijobiy ta’sir ko`rsatdi. 1786-yilda ingliz sharqshunos olimi Vilyam Djounz (1746-1794) Kalkuttada qilgan imiy ma’ruzasida sanskrit tilining grek, latin, kelt, got va qadimgi fors tillari bilan qarindosh ekanligini ko`rsatib berdi. Sanskrit tilini “klassik tillar ”ga qiyoslab , bu tillarda faqat o`zaklarninggina emas, balki grammatik (forma) shakllarning ham o`xshash, bog`liq ekanligini va bu o`xshashliklarning tasodifiy emasligini, bular hind – yevropa tillari orasida qarindoshlik munosabati borligini ko`rsatadi, deya mulohaza yuritdi.

Download 146.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling