Forsayt kompetentlik
RAKHIMOVA D.O. METHODOLOGY OF FORMING “FORESIGHT COMPETENCE” OF
Download 35.28 Kb.
|
Forsayt kompetentlik-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
RAKHIMOVA D.O. METHODOLOGY OF FORMING “FORESIGHT COMPETENCE” OF
FUTURE MANAGERS The article clearly depicts the content of foresight technology and foresight projects applied in the education system of advanced countries, confirms the significance and requirement of using foresight technology in the preparation of future managers. The nature and author's definition of competence foresight are described. A model for the formation of competence foresight has been developed and the evaluative-result component and the main detectors distinguishing competence have been demonstrated. Key words and concepts: foresight, manager, foresight management, competency foresight, model, methodology. 68 ТАЪЛИМ МЕНЕЖМЕНТИ / МЕНЕДЖМЕНТ В ОБРАЗОВАНИИ ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112) Kirish. “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da 1 belgilangan vazifalarni amalga oshirish ta’lim tizimiga eng zamonaviy pedagogik hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Shuningdek, oliy ta’limda tayyorlanayo- tgan milliy kadrlarimiz kelajakni ko’ra bilishi, tezkor o’zgaruvchan raqobatbardosh muhitga moslashuvchan bo’lishlari, barqaror rivojlanish tamoyillarini amalda tatbiq eta olishlari zarur. Chunki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tezlashib borayotgan bir vaqtda kelajak strategiya- sini to’g’ri shakllantirish barqaror rivojlanish- ning asosini tashkil etadi. Hozirgi globallashuv davrida dunyo, mintaqa, davlat yoki iqtisodi- yot sohalaridagi yirik muammolar (ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik, siyosiy va b.) yechimiga oid strategik rejalar, yo’l xaritalari va konsepsiyalar ishlab chiqishda Forsayt metod- laridan foydalanish eng samarali va maqbul variant hisoblanadi. Forsayt asosida rivojlanish- ning uzoq muddatli (5 yildan 30 yilgacha) rivo- jlanish dasturi yoki konsepsiyasi qisqa muddatli aniq dalillarga asoslangan ma’lumotlar asosida yaratiladi, ya’ni kelajak strategiyasi aniq, yuqori darajadagi dalillar asosida rejalashtiriladi 2 . Rivo- jlangan davlatlarda forsayt alohida bir tashkilot yoki korxona doirasida ham keng foydalaniladi, forsayt uslublari yordamida korxonaning kelajak strategik rejasi ishlab chiqiladi, qaysi texnologi- yalarni takomillashtirish zarurligi aniqlanadi, maqsadga erishish yo’l xaritalari ishlab chiq- iladi. Shu sababli rivojlangan davlatlar oliy ta’lim tizimida menejerlar tayyorlashda mutaxassislik fanlarini o’qitishda forsayt texnologiyalaridan keng foydalaniladi va ta’lim dasturlarida aynan forsaytga oid fanlar nazarda tutilgan. 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги “Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси тўғрисида”ги ПФ-5847-сон Фармони. // URL: https://lex. uz/docs/4545884 2 Соколов А.В. Долгосрочное прогнозирование тен- денций развития образования методами Форсайт. // Вопросы образования. 2004. №3. С. 66-79. Download 35.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling