Forsayt kompetentlik
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
Download 35.28 Kb.
|
Forsayt kompetentlik-fayllar.org
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
3. Natijaga erishish, nazorat qilish va bahol- ash (belgilangan rejalarni bajarish bo’yicha qaror qabul qilish, nazorat va baholash, natijaga erish- ish yo’llarini bilish). Menejerlarning samarali faoliyat yuritishlarida birinchi o’rinda rejalashtirilgan natijaga erishish masalasi turadi, forsayt komptentlikning boshqa omillari (bilim, malaka, qobiliyat va b.) erishilgan natijaga nisbatan yordamchi komponentlar hiso- blanadi. Menejerning faoliyat algoritmi murakkab, variativ va shaxsga yo’naltirilgan bo’ladi. Mene- jerning forsayt kompetentligi uning forsaytdan foydalanish bo’yicha nazariy bilimlari, malakasi va qobiliyatlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari, psixologik xususiyatlari (melanxolik, xolerik, sangvinik va flegmatik) hamda kasbiy tajribasiga bog’liq holda shakllanadi. Eng asosiysi o’z-o’zini rivojlantirish va o’z-o’zini baholashga yondashi- shi hamda o’z malakasidan amaliyotda foy- dalana olish qobiliyatiga ham bog’liqdir. Bu esa “Butun umr davomida o’qish” tamoyiliga ham mos keladi. Xulosa. 1. Bo’lajak menejerlarda kasbiy kompetent- likni belgilovchi asosiy komponentlar bilan for- sayt kompetentlikni belgilovchi komponentlar o’rtasida uzviy bog’lanish bo’lishi lozim, chunki forsayt kompetentlik kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi hisoblanadi. 2. Forsayt-kompetentlik menejerning kas- biy va ilmiy-refleksiv faoliyatida korxona yoki tashkilotning kelajagini bashoratlashga tayyor- ligi hamda bashoratlash, strategik rejalar ishlab chiqish va ularni bajarilishini ta’minlash, nazorat va baholash bo’yicha qobiliyatlarini shakllangan- ligi bilan xarakterlanadi. 3. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida “Menejment” ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklari malaka talablarida “Forsayt kompetentlik” atamasi, o’quv rejada esa forsayt texnologiyasini o’zlashtirishga oid fanlar kiritilmagan. Albatta bu bo’lajak menejerlarni tezkor iqtisodiy-ijtimoiy o’zgarishlar davrida korxona faoliyatini va inson kapitalini boshqar- ish, kelajakda korxonaning rivojlanishi hamda raqobatbardoshligini ta’minlash sohasi bo’yicha nazariy bilim hamda amaliy ko’nikmalarini to’liq shakllanishiga imkon yaratmaydi. Taklif va tavsiyalar. 1. “Menejment” ta’lim yo’nalishida mutax- assislik fanlarini o’qitishda forsayt texnologi- yasidan foydalanish va bo’lajak menejerlarda “Forsayt kompetentlik”ni shakllanishiga erishish maqsadga muvofiqdir. 2. O’zbekiston oliy ta’lim tizimida jahon standartlariga mos raqobatbardosh kadrlar tayy- orlashda barcha ta’lim yo’nalishlarida, ayniqsa menejment, iqtisodiyot, xizmatlar sohasi, logistika kabi yo’nalishlar talabalariga forsayt texnologiya to’g’risida yetarli ma’lumotlar ber- ish, o’quv rejalar tanlov fanlari blokiga forsay- tga oid fanlarni kiritish, ushbu fanlarni o’qitish metodikalarini takomillashtirish zamon talabi hisoblanadi. Download 35.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling