Forsayt kompetentlik


ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ


Download 35.28 Kb.
bet4/9
Sana11.08.2023
Hajmi35.28 Kb.
#1666399
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Forsayt kompetentlik-fayllar.org

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
muddatli strategik rejalar, konsepsiyalar va
istiqbolli yo’l xaritalari ishlab chiqish amaliyoti
yo’lga qo’yilmagan. Respublikamizdagi ko’pgina
ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari oldida
turgan asosiy muammolardan biri, ular tomoni-
dan yuqori texnologik loyihalarni rivojlantirish
jarayonini bozor va texnologik trendlar rivojlan-
ishini hisobga olmasdan amalga oshirib kelinay-
otganligidadir. Innovatsion sektorda kooperativ
jarayonlarning rivojlanmaganligi tufayli ilmiy
yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etish masala-
siga sust yondashish hamda marketing tadq-
iqotlari o’tkazishning yetarlicha baholanmagan-
ligi kuzatiladi. Shu sababli oliy ta’lim o’quv jaray-
onida bo’lajak menejerlarga forsayt texnologiya,
uning mazmuni, forsayt uslublaridan foydalan-
ish to’g’risida ma’lumotlar berish hamda ushbu
uslublarni o’quv jarayonida innovatsion peda-
gogik texnologiya sifatida keng qo’llash va
ularda “Forsayt kompetentlik”ni shakllantirish
zamon talabi hisoblanadi. O’zbekistonda For-
sayt nisbatan yangi texnologiya hisoblanadi, shu
sababli iqtisodiyot tarmoqlari sohasida hamda
ta’lim sohasida forsayt tadqiqotlar olib boril-
magan va forsayt bo’yicha ilmiy dissertasiyalar
himoya qilinmagan.
Muammoning qo’yilishi.
Hozirgi sharoitda O’zbekiston iqtisodiyo-
tini boshqarishdagi islohotning asosiy ustuvor
yo’nalishlaridan biri, ayniqsa korxonalar, uyush-
malar, konsernlar va boshqa xo’jalik yurituv-
chi tashkilotlar miqyosida amaliy faoliyatimizda
qo’llanilayotgan menejment (rahbar, mulkdor,
korxona egasi)ning asosiy nazariy va ilmiy nuqtai
nazarlarini ishlab chiqishdir. Bu esa G’arbdagi
sanoat
firmalari
tajribasini
ko’r-ko’rona
ko’chirish emas, aksincha, ijodiy izlanishlarning
yangi yechimidir. Menejment - bu tashkilotga
egalik va rahbarlik qilish, boshqarish orqali ish-
larni amalga oshirish, ishbilarmonlar qanday ish
yuritishini o’rganish, yangi boshqarish tafak-
kurini shakllantirish, boshqarishning tashkiliy
tuzilmasini shakllantirish muammolaridir
1
.
Shu sababli, bo’lajak menejerlar forsayt uslu-
blarini puxta bilishlari, har qanday korxona va
tashkilotning uzoq muddatli (5-20 yil) kelajagini
forsayt asosida oldindan bashoratlash kompe-
tentligiga ega bo’lishlari zamon talabi hisobla-
1
Ejdys J. Furure oriented strategy for SMEs // Procedia-
Social and Behavioral Sciences. 2014. Vol. 156. P.8-12
nadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda menejerlar
tayyorlash ta’lim yo’nalishlarida va mutaxassis-
liklarida, jumladan Oliy iqtisodiyot maktabi (Ros-
siya)da “Forsayt texnologiya” mutaxassislik fani
sifatida o’qitiladi hamda bo’lajak menejerlarda
forsayt-kompetentlik shakllantiriladi.
Forsayt-kompetentlik– menejerning kasbiy
va ilmiy-refleksiv faoliyatida korxona yoki tash-
kilotning kelajagini bashoratlashga tayyorligi
hamda qobiliyatini shakllanganligi bilan xarak-
terlanadi. Menejerning forsayt kompetentligini
baholash indikatorlari sifatida menejerlik mutax-
assisligini tanlashdagi ijobiy jihatlari, mutaxas-
sislik fanlari majmui bo’yicha bilimlari, refleksiv
kasbiy faoliyati bo’yicha tajribalari, menejerlik
madaniyati, menejerlik masalalarini samarali hal
etish bo’yicha tayyorgarligi, forsayt uslublarini
puxta bilishlari va amaliyotga tadbiq eta olishlari
hamda o’zining kasbiy kompetentligini mustaqil
oshirib borish, o’z-o’zini rivojlantirish va bahol-
ash qobiliyatlarini kiritish mumkin.
O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tayy-
orlanayotgan menejerlar ham forsayt to’g’risida
mukammal bilimga ega bo’lishlari va forsayt
uslublarini amalda qo’llash ko’nikmalariga ega
bo’lishlari dolzarb hisoblanadi. Menejerning for-
sayt bo’yicha kompetentligini yuqori darajada
shakllanishi kadrlar tayyorlash bo’yicha kon-
sepsiyalar va dasturlar talablarini bajarilishini
ta’minlash bilan bir qatorda davlatimizning mak-
roiqtisodiy siyosati asosida jamiyatning rivojiga
ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Download 35.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling