Forsayt kompetentlik


Download 35.28 Kb.
bet5/9
Sana11.08.2023
Hajmi35.28 Kb.
#1666399
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Forsayt kompetentlik-fayllar.org

Tadqiqot metodlari. Tadqiqot jarayonida
ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlar tahlili, peda-
gogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish,
pedagogik tajriba-sinov, matematik-statistik
tahlil kabi usullardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari va muhokamalar.
Forsayt kompetentlikning mazmuni bo’lajak
menejerlarda istiqbolni bashoratlash metodlari
yordamida o’zining kelajakdagi karyerasini rivo-
jlantirish modelini shakllantirishdan iboratdir.
Oliy ta’limda forsayt texnologiyalarni o’rganish
yuqori darajadagi potensialga ega istiqbolli
texnologiya hisoblanadi. T.V. Konyuxova, A.D.
Alekseyev va T.V. Yejovalarning qayd etishicha,
ushbu texnologiyani muvaffaqiyatli o’zlashtirgan
talabalar o’zining kasbiy va shaxsiy karyerasini
uzoq va o’rta muddatli bashoratlash asosida
o’z-o’zini tahlil qilish va real bashoratlash qobili-
70
ТАЪЛИМ МЕНЕЖМЕНТИ / МЕНЕДЖМЕНТ В ОБРАЗОВАНИИ





ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
yatlariga ega bo’ladilar hamda o’zining kasbiy
rivojlanishini taminlaydilar va shu bilan o’ziga
ham, jamiyatga ham katta iqtisodiy va ijtimoiy-
madaniy foyda keltiradilar
1
. Hozirgi davrda bun-
day kompetentga yo’naltirilgan innovatsion
ta’lim texnologiyalaridan foydalanish oliy ta’lim
muassasalarining mehnat bozorida raqobatbar-
dosh kadrlar tayyorlash sohasidagi strategiyas-
ining bosh maqsadi hisoblanadi.
“Menejment” ta’lim yo’nalishida mutaxas-
sislik fanlaridan o’quv mashg’ulotlarida forsayt
metodlaridan foydalanish bo’lajak menejer-
larda “Forsayt kompetentlik”ni shakllanishiga
olib keladi. Albatta, bu o’rinda mashg’ulotlar
loyihaviy faoliyatga va ilmiy-ijodiy mustaqil fikr-
lashga yo’naltirilgan bo’lishi
2
, ma’ruzalar zamo-
naviy muammoli ma’ruzalar
3
shaklida tashkil
etilishi talab etiladi. Mustaqil ta’limni esa elek-
tron ta’lim resurslari
4
asosida asosida tashkil
etish tavsiya etiladi.
Bo’lajak
menejerlarda
“Forsayt
kompetentlik”ni shakllantirish forsayt-menej-
ment, ya’ni menejerning strategik rejalashtirish
qobiliyatlari va o’z qarori uchun javobgarlikni
tushunish orqali xarakterlanadi va boshqaruv
metodologiyasi hisoblanadi. Forsayt –menej-
ment metodologiyasi strategik menejmentning
bir ko’rinishi bo’lib, korxonaning raqobatbar-
dosh ustunliklarini hisobga olgan holda strate-
gik rejadagi kelajakni yaratishga yordam beradi.
Forsayt-menejment tushunchasini birinchi
bo’lib 2010 yillarda Rodion Kolesnikov (Man-
hattan Skylinei konsalting firmasi, A.I.Gersen
1
Alekseyeva A.D. Modern technologies of foreseeing
the professional future of aperson. // Pedagogicheskoye
obrazovaniye v Rossii = Pedagogical Education in Russia.
2016. № 8. Р.63–71.
2
Рахимов О.Д. Инновацион педагогик технологиялар:
лойиҳалар услуби таълим сифатини оширувчи техноло-
гия сифатида. // Қарши, ТАТУ Қарши филиали, 2013й.,
80б.
3
Rakhimov O.D., Аshurova L. Types of modern lectures
in higher education, technology of their design and
organization.// Проблемы современной науки и обра-
зования. 2020. №12(157), часть -1. С.41-46. DOI:
10.24411/2304-2338-2020-11203
4
Raximov O.D.Requirements and technology for creating
e-learning resources. // Sovremennoe obrazovane
(Uzbekistan), 2016. №2. P.45-50
nomidagi Rossiya davlat universiteti) boshqaruv
amaliyotiga kiritgan
5
.
Kompetentliklar profilini aniqlash mutaxas-
sisning o’z karyerasini rejalashtirish va rivojlanti-
rishda muhim ahamiyat kasb etadi. Forsayt kom-
petentlikni inson resursini strategik boshqarish
sohasidagi bilimlar va ko’nikmalar majmui deb
qarash mumkin. Kompetentlik bir necha kompo-
nentlardan tashkil topib, shaxsiy bilim, ko’nikma,
amaliy tajriba va fazilatlar bilan bog’liqdir. “De
Tech Development Technologies” kompaniyasi
kompetentlik modelini kompetensiyaning “20
jihati” bilan izohlaydi
6
. Forsayt-kompetentlik
masalasi murakkab, ko’p qirrali masala bo’lib
va hozirgi kungacha ushbu masalada yetarli
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmagan. Ta’kidlash
joizki, “kompetentlik” va “kompetensiya” tush-
unchalari menejment va pedagogika nazariyasi
hamda amaliyotida keng qo’llanilishi bilan bir
qatorda, olimlar o’rtasida bahsli masala hisob-
lanadi. Ushbu tushunchalar ta’rifi bo’yicha turli
xil ta’riflar mavjud bo’lib, turli davlatlarda ilmiy
tadqiqotchilar va amaliyotchilarning ta’riflari bir-
biriga to’liq mos kelmaydi.
“Kompetentlik” atamasi ko’proq Buyuk Bri-
taniyada ishlatiladi va mutaxassisning bajargan
ishi natijasini baholaydi.
“Kompetensiya” atamasi esa AQShda ish-
latilib, mutaxassisning xarakterini belgilovchi
qobiliyatlari hamda shaxsiy xusuiyatlarini ifoda-
laydi. Bunda mutaxassisning qaysi shaxsiy xarak-
terlari va qobiliyatlari uning o’z sohasida muvaf-
faqiyatli faoliyatini ta’minlashi nazarda tuti-
ladi. Ushbu olimlar ushbu atamalarni bir-birini
to’ldiruvchi atamalar sifatida qarashib, tegishli
soha bo’yicha ta’limning oxirgi natijasi hamda
shaxsning turli shaxsiy va o’quv davomida shak-
llangan xususiyatlari sifatida ta’rif berishgan.
“Kompetentlik” va “Kompetensiya” atama-
larining mohiyatini ochib beruvchi ilmiy-tadq-
iqot ishlari tahlilidan, ushbu atamalar bir-birini
to’ldiradigan va ifodalaydigan atamalar deb
xulosalash mumkin.
5
Формирование понятия «форсайт менеджмент»
[Электрон манба].
URL: http://www.quickiwiki.com/ru. Мурожаат этилган
сана 22.02.2022.
6
Форсайт компетенции специалистов в современной
социально-экономической системе. [Электрон манба].
URL:https://bstudy.net/880561/ekonomika/forsayt_
kompetentsiy_spetsialistov_sovremennoy_sotsialno_
ekonomicheskoy_sisteme
71
ТАЪЛИМ МЕНЕЖМЕНТИ / МЕНЕДЖМЕНТ В ОБРАЗОВАНИИ






Download 35.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling