Forsayt kompetentlik
Download 196.33 Kb. Pdf ko'rish
|
bo-lajak-menejerlarda-forsayt-kompetentlik-ni-shakllantirish-metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
Tadqiqot metodlari. Tadqiqot jarayonida
ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlar tahlili, peda- gogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, pedagogik tajriba-sinov, matematik-statistik tahlil kabi usullardan foydalanildi. Tadqiqot natijalari va muhokamalar. Forsayt kompetentlikning mazmuni bo’lajak menejerlarda istiqbolni bashoratlash metodlari yordamida o’zining kelajakdagi karyerasini rivo- jlantirish modelini shakllantirishdan iboratdir. Oliy ta’limda forsayt texnologiyalarni o’rganish yuqori darajadagi potensialga ega istiqbolli texnologiya hisoblanadi. T.V. Konyuxova, A.D. Alekseyev va T.V. Yejovalarning qayd etishicha, ushbu texnologiyani muvaffaqiyatli o’zlashtirgan talabalar o’zining kasbiy va shaxsiy karyerasini uzoq va o’rta muddatli bashoratlash asosida o’z-o’zini tahlil qilish va real bashoratlash qobili- 70 ТАЪЛИМ МЕНЕЖМЕНТИ / МЕНЕДЖМЕНТ В ОБРАЗОВАНИИ ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112) yatlariga ega bo’ladilar hamda o’zining kasbiy rivojlanishini taminlaydilar va shu bilan o’ziga ham, jamiyatga ham katta iqtisodiy va ijtimoiy- madaniy foyda keltiradilar 1 . Hozirgi davrda bun- day kompetentga yo’naltirilgan innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish oliy ta’lim muassasalarining mehnat bozorida raqobatbar- dosh kadrlar tayyorlash sohasidagi strategiyas- ining bosh maqsadi hisoblanadi. “Menejment” ta’lim yo’nalishida mutaxas- sislik fanlaridan o’quv mashg’ulotlarida forsayt metodlaridan foydalanish bo’lajak menejer- larda “Forsayt kompetentlik”ni shakllanishiga olib keladi. Albatta, bu o’rinda mashg’ulotlar loyihaviy faoliyatga va ilmiy-ijodiy mustaqil fikr- lashga yo’naltirilgan bo’lishi 2 , ma’ruzalar zamo- naviy muammoli ma’ruzalar 3 shaklida tashkil etilishi talab etiladi. Mustaqil ta’limni esa elek- tron ta’lim resurslari 4 asosida asosida tashkil etish tavsiya etiladi. Bo’lajak menejerlarda “Forsayt kompetentlik”ni shakllantirish forsayt-menej- ment, ya’ni menejerning strategik rejalashtirish qobiliyatlari va o’z qarori uchun javobgarlikni tushunish orqali xarakterlanadi va boshqaruv metodologiyasi hisoblanadi. Forsayt –menej- ment metodologiyasi strategik menejmentning bir ko’rinishi bo’lib, korxonaning raqobatbar- dosh ustunliklarini hisobga olgan holda strate- gik rejadagi kelajakni yaratishga yordam beradi. Forsayt-menejment tushunchasini birinchi bo’lib 2010 yillarda Rodion Kolesnikov (Man- hattan Skylinei konsalting firmasi, A.I.Gersen 1 Alekseyeva A.D. Modern technologies of foreseeing the professional future of aperson. // Pedagogicheskoye obrazovaniye v Rossii = Pedagogical Education in Russia. 2016. № 8. Р.63–71. 2 Рахимов О.Д. Инновацион педагогик технологиялар: лойиҳалар услуби таълим сифатини оширувчи техноло- гия сифатида. // Қарши, ТАТУ Қарши филиали, 2013й., 80б. 3 Rakhimov O.D., Аshurova L. Types of modern lectures in higher education, technology of their design and organization.// Проблемы современной науки и обра- зования. 2020. №12(157), часть -1. С.41-46. DOI: 10.24411/2304-2338-2020-11203 4 Raximov O.D.Requirements and technology for creating e-learning resources. // Sovremennoe obrazovane (Uzbekistan), 2016. №2. P.45-50 nomidagi Rossiya davlat universiteti) boshqaruv amaliyotiga kiritgan 5 . Kompetentliklar profilini aniqlash mutaxas- sisning o’z karyerasini rejalashtirish va rivojlanti- rishda muhim ahamiyat kasb etadi. Forsayt kom- petentlikni inson resursini strategik boshqarish sohasidagi bilimlar va ko’nikmalar majmui deb qarash mumkin. Kompetentlik bir necha kompo- nentlardan tashkil topib, shaxsiy bilim, ko’nikma, amaliy tajriba va fazilatlar bilan bog’liqdir. “De Tech Development Technologies” kompaniyasi kompetentlik modelini kompetensiyaning “20 jihati” bilan izohlaydi 6 . Forsayt-kompetentlik masalasi murakkab, ko’p qirrali masala bo’lib va hozirgi kungacha ushbu masalada yetarli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmagan. Ta’kidlash joizki, “kompetentlik” va “kompetensiya” tush- unchalari menejment va pedagogika nazariyasi hamda amaliyotida keng qo’llanilishi bilan bir qatorda, olimlar o’rtasida bahsli masala hisob- lanadi. Ushbu tushunchalar ta’rifi bo’yicha turli xil ta’riflar mavjud bo’lib, turli davlatlarda ilmiy tadqiqotchilar va amaliyotchilarning ta’riflari bir- biriga to’liq mos kelmaydi. “Kompetentlik” atamasi ko’proq Buyuk Bri- taniyada ishlatiladi va mutaxassisning bajargan ishi natijasini baholaydi. “Kompetensiya” atamasi esa AQShda ish- latilib, mutaxassisning xarakterini belgilovchi qobiliyatlari hamda shaxsiy xusuiyatlarini ifoda- laydi. Bunda mutaxassisning qaysi shaxsiy xarak- terlari va qobiliyatlari uning o’z sohasida muvaf- faqiyatli faoliyatini ta’minlashi nazarda tuti- ladi. Ushbu olimlar ushbu atamalarni bir-birini to’ldiruvchi atamalar sifatida qarashib, tegishli soha bo’yicha ta’limning oxirgi natijasi hamda shaxsning turli shaxsiy va o’quv davomida shak- llangan xususiyatlari sifatida ta’rif berishgan. “Kompetentlik” va “Kompetensiya” atama- larining mohiyatini ochib beruvchi ilmiy-tadq- iqot ishlari tahlilidan, ushbu atamalar bir-birini to’ldiradigan va ifodalaydigan atamalar deb xulosalash mumkin. 5 Формирование понятия «форсайт менеджмент» [Электрон манба]. URL: http://www.quickiwiki.com/ru. Мурожаат этилган сана 22.02.2022. 6 Форсайт компетенции специалистов в современной социально-экономической системе. [Электрон манба]. URL:https://bstudy.net/880561/ekonomika/forsayt_ kompetentsiy_spetsialistov_sovremennoy_sotsialno_ ekonomicheskoy_sisteme 71 ТАЪЛИМ МЕНЕЖМЕНТИ / МЕНЕДЖМЕНТ В ОБРАЗОВАНИИ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling