Foydalanilgan adabiyatlar … kiri sh bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi


Download 163.5 Kb.
bet15/16
Sana04.04.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1326344
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
INGLIZ TILI тили лексик

X U L O S A
Men bitiruv malakaviy ishimda Ingliz tili leksikasini o‘rgatishda, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish mavzusini ochib berishga harakat qildim.
Ingliz tili leksikasini o‘rganishdan asosiy maqsad o‘quvchilarga ingliz tili nutq ko‘nikmalarini va malakalarini singdirish demakdir.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o‘quv tarbiyaviy jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgannining asosiy sababi quyidagilar;
Birinchidan pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv – tarbiyaviy jarayoniga tizimli foydalanish keng joriy etish imkoniyatini beradi;
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o‘qituvchini ta’lim – tarbiya jarayoning maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib olishga undaydi;
To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli ularning qo‘llanishi; Ta’lim jarayonida ingliz tili leksikasini o‘rgatib quyidagi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishga maqsadga muvofiq; O‘qitish jarayoning samaradorligini oshirishda peadgogik malakalarni shakllantirish; Tinglovchilarda yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv tarbiyadagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, tahlil qilish talabalar egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga mustaqil o‘rganib, hatto xulosalarni o‘zlari keltirib chiqarishga qaratilgan.
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi; O‘qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyasiga bog‘liq.
Masalan: Aqliy hujum uslubi;
Bevosita jamoa bo‘lib “fikrlar hujumi” ni olib borish. Bu uslubdan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlashda holi qilish;
“Tarmoqlar ( Klaster )” uslubini ko‘rib chiqamiz. Bu uslubda fikrlarning tarmoqlanishi ya’ni pedagogik strategiya bo‘lib, u talaba (yoki o‘quvchi) larning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq uzrliy bog‘langan ketma-ketlikda tarmoqlanishini o‘rgatadi:
Yoki “Muzyorar” o‘yini.
(Qiziqtiruvchi, faoliyatga jalb qiluvchi mashq) bunda talaba (yoki o‘quvchi) larning o‘zaro tanishishi va ishchi muhit yaratish maqsadida qo‘llaniladigan mashq.
Mashqning vazifasi: - talabalarni muloqotga chorlov (muzni yorish). Bu o‘yin – o‘quv xonasidagi ruhiy taranglikni yengish guruhning shakllanish jarayonini tezlatish, muloqot va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek samimiylik va hamkorlik muhitini yaratishga yordam beradi;
“Muzyorar” o‘yinida barcha ishtirokchilarni jarayonga qarab II – bosqichda amalga oshiriladi;
I – bosqichda “Rasmlarga munosabat mashqi” hisoblanadi: Bunda o‘quvchilar 3 ta guruhga bo‘linadi. Bu o‘quvchilarga turli xil kartochkalar tarqatish orqali amalga oshiradi. Bir xil mevalar rasmini olgan o‘quvchilar 1 ta guruhda ishlaydilar.
Har bir guruhda 4 nafar ishtirokchilar bo‘ladi, ularga bittadan rasm aks ettirilgan narsalarni inglizcha ifodalab, yozib boradi. Faraz qilaylik biror bir rasmda sinfxona tasvirlangan.

1-o‘quvchi 2-o‘quvchi 3-o‘quvchi 4-o‘quvchi


Window a map blackboard a picker
a door a desk a table a classroom
a flowers a book a chair a bookshelf

Bu I – bosqichda 2 daqiqa vaqt beriladi:


II – bosqich: guruh a’zolari o‘zlari yozgan so‘zlari orqali matn tuzishadi; Masalan; this is our classroom. our classroom is large and light There are a lot of maps, flags in our classroom.
There are 8 desks and chairs in it.
Bu II – bosqichga 3 daqiqa vaqt beriladi.
O‘quvchi har bir guruhning yozgan matnini tinglaydi.
Shuningdek bu mashq o‘tilgan mavzularni mustaxkamlashga, chaqqonlik, hozirjavoblik, diqqat-e’tibor ko‘nikmalarini shakllantiradi: va o‘tilgan mavzu, yangi so‘z hamda iboralarni qanday darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlash va baholash mumkin.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, o‘qituvchining vazifasi nafaqat bolalarga, talabalarga bilimlarni yetkazish, balki o‘zlashtirishlariga yordam berishdir.
Amaliyot ko‘rsatdiki, til o‘rganish jarayoni sinf o‘quvchilarni guruhlarga ajratib tashkil etilganda samaraliroq bo‘ladi.
Chunki bu o‘quvchiga dars jarayonida guruhlarga zaruratdan kelib chiqqan holda, turli yondashish, takrorlashga ko‘proq e’tibor berish, tez o‘zlashtirayotgan o‘quvchiga esa qo‘shimcha topshiriqlar berish imkoni beradi;

Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling