Foydalanilgan adabiyatlar … kiri sh bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi


Download 163.5 Kb.
bet13/16
Sana04.04.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1326344
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
INGLIZ TILI тили лексик

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi;
• o‘qituvchi talabalarning umumiy soniga qarab, 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi;
• o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi) larni mashg‘ulotning maqsadi va o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog‘ozning yuqori qismida yozuvchi bo‘lgan varaqlarni tarqatadi;
• o‘qituvchi kichik guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan asosiy fikrni faqat uchta fikr, ya’ni uchta so‘z yoki so‘zlar birikmasi, yoki uchta gap bilan davom ettirishlari; mumkinligini uqtiradi va buni amalga oshirish uchun aniq vaqt belgilaydi;
Izoh: guruhlar taqdimotidan so‘ng ular bergan ta’rif yoki qoidalar asosida kichik guruhlarning har bir a’zosi yakka tartibda o‘zining mualliflik ta’rifi va qoidasini keltirib chiqarib taqdimot qilishi ham mumkin.
“Rezyume” texnologiyasi;
Bu texnologiya murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammoli mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning maqsadi; talabalarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o‘quv muammosini yechimi topishga hamda kerakli xulosa chiqarish;
Texnologiyaning qo‘llanishi; ma’ruza darslarida seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda o‘tkazish, shuningdek uyga vazifa berish;
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi;
• o‘qituvchi talabalarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat.
Har bir guruh a’zolari ularga tushgan varqlardagi muammolarning afzalligi va kamchiliklarini aniqlash:
“Muammo” texnologiyasi:
Texnologiyaning maqsadi: talabalarga o‘quv predmetining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to‘g‘ri topishlariga o‘rgatish, ularda muammoni, mohiyatini aniqlash, muammoni kelib chiqish sabablirini va muammoni yechish:
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
Talaba (yoki o‘quvchi) lar tomonidan mashg‘ulot uchun tayyorlangan kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarlariga belgilab qo‘yish; va u holda o‘qituvchi o‘quv predmetining mavzusi bo‘yicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammoni bayon qilish; har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavhadan birgalikda aniqlangan muammoni vatman yoki 1-3 formatdagi qog‘ozga flamaster bilan yozib chiqadi;
O‘qituvchi tomonidan tarqatilgan fuyidagi chizmaga har bir guruh a’zosi tanlab olgan muammosini yozish va tahlil qilish14;
Muammolar va ularning yechimi bo‘yicha jamoaviy fikr almashadi:
Bunday texnologiya bilan o‘tkazilgan mashg‘ulot talabalarni darsga qiziqishiga sabab bo‘ldi:
“Skrabey” texnologiyasi:
Skrabey interfaol texnologiya bo‘lib, u talabalarda kuchliy bog‘liqlik, mantiqiy fikrlash, xotiralarning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Mazkur texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda o‘z bilimlarning sifati va savyasini xolisona baholashga, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlashga zamin yaratadi.
“Skrabey” texnologiyasi universal texnologiyalardan bo‘lib, undan o‘quv materiallarini talabalar tomonidan egallashning turli bosqichlarida ya’ni;
- boshida – o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida (aqliy hujum) uslubi;
- mavzuni o‘rganish jarayonida uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash;
- oxirida olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida foydalanish mumkin. Ta’limdan tashqari mazkur uslub tarbiyaviy xarakterdagi:
- o‘zgalar fikrini hurmat qilish
- jamoa bo‘lib ishlash mahorati;
- faollik;
“Yelpig‘ich” texnologiyasi; Bu interfaol texnologiya talabalarga tanqidiy tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, shuningdek uni hikoya qilishga imkoniyat beradi; Bu texnologiya mavzusini o‘rganishning turli bosqichlarida:
- boshida – o‘z bilimlarini erkin faollashtirish
- mavzuni o‘rgatish jarayonida uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
“Bahslashuv” texnologiyasi:
Talabalarning o‘quv guruhlarida ularning o‘zaro munosabatlari yanada yaxshilash, bir-birlariga tezlik bilan ko‘nikish yoki o‘zaro bahslar tashkil etib turish maqsadga muvofiqdir. Bu mavzular ularni bahsga chorlovchi; muammoli qiziqarli bo‘lishi kerak15.
O‘qitishning interfaol uslublari:
1. Kognitiv (cognito – lotincha) so‘z bo‘lib “bilim” “bilish” ma’nosini anglatadi:
Eng avvalo, talabalarning tafakkurni shakllantirishga yo‘naltirgan, u yoki bu shaklda jamoa muhokamasini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan uslubdir.
2. rolli o‘yinlar, modelashtirish – hayotiy vaziftlarni modellashtirish hamda ma’lum rollarni ijro etish orqali ularni sinab ko‘rishga yo‘naltirilgan.
3. Fasilitasiya (inglizcha fasilitate - osonlashtirish) – guruh ishini tashkil etish ko‘pincha aniq, haqiqiy, amaliy topshiriqlar bilan bog‘liq, aniq qaror qabul qilish bo‘yicha muhokama, faoliyatning haqiqiy rejasini ishlab chiqish, haqiqiy, mojaroli manfaatlarni muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan.
Aqliy hujum:
Bevosita jamoa bo‘lib “fikrlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir.
“Tarmoqlar” (Klaster) uslubi:
Fikrlarning tarmoqlanishi – pedagogik strategiya bo‘lib u talaba (yoki o‘quvchi) larning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq uzviy bog‘lagan ketma-ketlikda tarmoqlashni o‘rgatadi;
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:
1. Hayolga kelgan har qanday fikr bir so‘z bilan ifoda etilib ketma-ket yoziladi.
2. Fikrlar tugatuncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u holda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi.
3. Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlik ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim:
S W O T - tahlil
S – strength – kuch
W – weariness – ojizlik
O – opportunity – imkoniyat
T – threat – tahdid
Kuchli tomonlari – hal etayotgan vazifaning afzalliklari;
Kuchsiz tomonlari – maqsadga erishishda ichki muhit omillarining ta’siri:
Imkoniyat – belgilangan vazifalarni hal etishdagi eng ma’qul holat:
Tahdid – faoliyatni amalga oshirish:
Bahs – munozara (discussion method) – usulida guruh a’zolari biror muammoni yechish yoki bilimlarini oshirish, yoki mavzuni tushunish maqsadida o‘z g‘oyalarini og‘zaki taklif etadilar. Usuldan samarali foydalanish uchun ishtirokchilar muhokama predmetiga oid yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lishlari lozim. Bu usul kattalar ta’limida ko‘proq samara beradi:
Muzyorar” o‘yini
(Qizdiruvchi, faoliyatga jalb qiluvchi mashq) Talaba (yoki o‘quvchi) larning o‘zaro tanishishi va ishchi muhit yaratish maqsadida qo‘llaniladigan mashq:
Mashqning vazifasi: - talabalarni muloqotga chorlov. (muzni yorish) Bu o‘yin – o‘quv xonasidagi ruhiy taranglikni yengish, guruhning shakllanish jarayonini tezlatish, muloqot va axborot almashinuvni yo‘lga qo‘yish, samimiylik va hamkorlik muhitini yaratishdir16;
“Muzyorar” barcha ishtirokchilarni jarayonga muvafaqiyatli jalb qiladi va trening ning umumiy yo‘nalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling