Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati roman janri va o’zbek romanchiligiga xos xususiyatlar
Download 66 Kb.
|
O`ZBEK ROMANCHILIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Roman janri va o’zbek romanchiligiga xos xususiyatlar.
- Ko’hna dunyo
O`ZBEK ROMANCHILIGI KIRISH
ROMAN JANRI VA O’ZBEK ROMANCHILIGIGA XOS XUSUSIYATLAR O’ZBEK TARIXIY ROMANLARIDA O’TMISH VOQELIGIGA MUNOSABAT MASALASI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Roman janri va o’zbek romanchiligiga xos xususiyatlar. Romanga xos tafakkur eng avvalo hayotni, voqelikni bir butunligicha, yaxlitligicha, butun ziddiyatlari, manfiy va musbat tomonlari bilan, shaxs va jamiyatni, shaxs va tarixni o’zaro aloqada, birlikda idrok etish va badiiy tushuntirishda namoyon bo’ladi; asarda ko’tarilgan masalada xalq, shaxs, jamiyat, umuminsoniy va manfaati nuqtai nazaridan yondashish va chuqur falsafiy yo’nalishga badiiy tadqiq etishda zamonaviy katta haqiqatni yetakchi jamiyat holatini, zamonaning o’tkir problemalarini, insonning ruhiy izlanishlarini teran tahlil qilishda, yozuvchining hayotga, voqelikka va insonga yangicha qarash, uning o’z konsepsiyasiga ega bo’lishi, g’oyaviy pozitsiyasining aniq va mustahkamligida ko’rinadi. Ulug’ tanqidchi V.G.Belinskiy romanning vazifasi ”ijtimoiyat manzarasini tasvirlash, ijtimoiy hayotni poetik tahlil qilishdir”, deb bejiz aytmagan edi. Gegel esa romanda “manfaatlar, holatlar, harakterlar, hayotiy munosabatlarning boyligi va rang – barangligi, yaxlit dunyoning keng manzarasi to’la namoyon bo’ladi”, deydi. M. Baxtin esa “roman boshidan zamonni xis etish, zaminida shakllandi”, deydi. Mashhur bolgar olimi P.Zarev “Romanni birinchi va eng asosiy vazifasini – jamiyatni tadqiq etish va anglashdir”, deydi. Ayniqsa adabiyotshunoslarimizning quyidagi mulohazasi romanga xos tafakkurdagi bosh belgini uqtirish jihatidan qimmatlidir: “Romanga xos tafakkur – bu xayot falsafasi demakdir”, deb fikr yuritishadi. U insonning hayot mamotini falsafasidir. Ya’ni ijtimoiy xodisalar to’g’risida, inson tabiati, uning jamiyatdagi o’rni, uning xatti – harakati to’g’risida fikr – mulohaza qilishidir”. Nazarimizda, mazkur mulohazalardan romanga xos tafakkurning yetakchi belgilari ravshan namoyon bo’lib turibdi. Albatta, o’zbek, tojik, turkman, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq romanlarning tug’ilishida boshqa muhim omillar xam katta rol o’ynaydi: bu ayniqsa o’zbek, tojik xalqlarining boy, rivojlangan yozma adabiyotining, jahonga yoyilgan dostonchiligi (“Xamsa” va “Shohnoma” tipidagi asarlari) proza namunalari (“Boburnoma” yoki A. Donish prozasi) hamda xalq ijodi – nasriy va she’riy ertaklar, dostonlar, (“Alpomish” yoki xalq kitoblari “Manas” kabi qahramonlik dostonlari)ning mavjudligi edi. Jomiyning “Xaft avrang” yoki Navoiyning “Xamsa”siga kirgan dostonlar Sharqning o’ziga xos she’riy romanlaridir. Malayziya adabiyotining tadqiqotchisi B.B.Parnikel bu xalq romanchiligi negizini tekshirar ekan, ularga hikoyat janrida romanga xos fazilatlar borligini aytadi va bu janrda yozilgan asarlarni o’zbek qahramonona – romantik eposiga mos kelishini ta’kidlaydi. Qizig’i shundaki, qadimgi yunon romanlaridan bo’lmish “Aleksandr haqida roman” (eramizdan avvalgi II – I asrlar) butun Sharqga tarqalgan va Nizomiy, Navoiy, Jomiylar o’z “Xamsa” va “Xaft avrang” larida Iskandarga bir doston bag’ishlaydilar. Arab prozasi (“Ming bir kecha” va boshqalar) ayniqsa, o’n to’qqizta tarixiy roman muallifi Jo’rjiy Zaydon romanlari Sharqning badiiy fikrlashi, estetik tafakkurining rivojiga muhim rol o’ynaydi. Xususan, yozuvchi Odil Yoqubovning ”Ko’hna dunyo” romanidagi epik tafakkurni yaratuvchi barcha omillar, harakatga keltiruvchi barcha vositalar ham, yozuvchi diqqat markazi ham, barchasi to’rt yetakchi qahramonga bog’lanlanganligi tufayli o’ziga xos kompozitsion yaxlitlik vujudga kelgan. Asar voqealari rivojiga e’tibor berilsa, syujet ”o’qi” ham, undagi konflikt ham mustabid Sulton Mahmud G’aznaviy bilan ikki ulug’ allomaga, soxta hakimi davron Ibn Shahvoniyga borib bog’lanadi. Romanning boshqa ishtirokchilari hayoti, taqdiri ham qaysidir jihatdan to’rt yetakchi qahramonga ulanadi. Natijada barcha voqea-hodisalar, qahramonlar orqali anglashiladigan fikrlar oqimidan epik tafakkur vositasida muhim umumlashmalar yaratilgan: ilmu idrok har narsadan buyuk va qudratli, biroq uning tantana qilishi osonlik bilan yuz bermaydi, ezgulikning mangu qaror topmog’i uchun inson tuban ehtiroslarni, illatlarni yengmog’i, nihoyatda masahaqqatli kurashlar natijasida jaholat va razolat ildizini tag-tomiri bilan yo’qotmog’i lozim. Faqat ilmu idrok qudrati bilangina insoniyat ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyot cho’qqilarini zabt etishi mumkin. ”Ko’hna dunyo” romaniga qamrab olingan hayotiy hodisalar va insoniy taqdirlar ana shu mazmunni chuqur yoritishga yo’naltirilganligi tufayli yozuvchi, avvalo, har bir qahramonning insoniy qiyofasini gavdalantirishga harakat qilgan, har bir qahramon dunyosi, e’tiqodi mohiyatini badiiy yoritishga intilgan. Xususan, Sulton Mahmud G’aznaviy hayotining oxirgi oylarida yuz bergan voqealar orqali nafaqat saroy muhitining ichki qiyofasi ochib berilgan, ayni chog’da, ana shu muhitni tashkil etuvchi hokim kuchlarning dunyoqarashi, maslagi mohiyati ham chuqur yoritilgan. Insoniy fojealarni keltirib chiqarayotgan sabablarga e’tiborimiz jalb etilgan. Kuch-qudratini, imkoniyatlarini cheksiz boylik to’plashga, o’zga yurtlarni zabt etishga safarbar etgan Sulton Mahmud G’aznaviyning bedavo dard iskanjasidagi iztiroblarini tasvirlash orqali yozuvchi inson tabiatidagi tuban xohish va istaklar bilan odamiylik alomatlarining ichki kurashini nihoyatda tabiiy, haqqoniy aks ettirishga erishgan. O’z hayotini sarhisob etish vaqti yetib kelganini his etish sulton uchun nihoyatda og’ir, hayoti davomida yo’l qo’ygan xatolarini, adolatsizliklarini eslash undan ham mushkul. Shunday bo’lsada, shoh o’z gunohlarini yuvishni istaydi. Uning tilaklarini tinglagan Malikul-sharob ichdan xitob qilib shunday deydi: ”E voh! Nechun bu mustabid shoh bunchalar adlu insofga kelib qoldi desam, bo’rk ostida takya bor ekanda!”... Yo’q, agar bu dunyoda insof va adolat bo’lsa, sen to’kkan daryo-daryo qonlar bir ohu uchun kechirilmas, sen yetim qilgan go’daklarning faryodlari bir uloq uchun unutilmas, amiral mo’minin!” Darhaqiqat, shoh dardi kundan-kun og’irlashadi, saroyda esa fisqu-fujur avj oladi. Taxt uchun pinhon kurash boshlanadi. Ana shunday vaziyatda ikki vazir shoh g’azabidan qutulish chorasini izlab topadilar. Saroyga ”hakimi davron Ibn Sino” niqobi ostida avomni talab yurgan firibgarni keltiradilar. Oddiy lo’ttiboz, firibgar ulug’ hakim sifatida cheksiz izzat-ikromga sazovor etiladi. Eng ajablanarlisi, shoh soxta hakim dorilaridan shifo topa boshlaydi. Ibn Shahvoniy esa sultonning eng ishonchli kishisiga aylanadi. Yozuvchi mahorati shundaki, hech qaysi qahramon butunlay ”salbiy” yoki ”ijobiy” sifatida talqin etilmagan. Aksincha, ulug’ allomalar dunyoqarashida ma’lum cheklanganliklar bo’lganiday, Mahmud G’aznaviy qiyofasida ham odamiylikning ma’lum alomatlari bor. Ibn Shahvoniy ham har qancha obro’-e’tiborga sazovor bo’lmasin, ”yengilmas kuch” sifatida tan olishlarini har qancha istamasin, baribir haqiqat qarshisida o’zini nochor his etadi, tahlikga tushadi, fosh etilishidan qo’rqib yashaydi. Asar qahramonlariga xos bo’lgan bunday ziddiyatli xususiyatlar, kechinmalar tabiiy, haqqoniy aks ettirilganligidan ularning ta’sir kuchi ham oshgan, har biri katta miqyosdagi murakkab xarakterlar darajasiga ko’tarilgan. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, yozuvchi, ikki ulug’ alloma obrazlarini ham o’ziga xos tarzda yaratgan. Kitobxon har ikki ulug’ siymoni ezgu maqsad, ilmu idrok ravnaqi va tantanasi uchun kurash birlashtirganligini his etadi. Haqiqat, adolat qarshisida insoniylikdan, insoniy e’tiqodlardan yuz o’girmagan ulug’ insonlarga nisbatan mehr-muhabbatimiz ortadi. Sulton Mahmud bilan Beruniy to’qnashuvlarining cheksiz hokimiyat va adolatsizlik g’alabasi bilan tugallanayotganliginidan ezilamiz. Shoh huzuriga insoniy burch yuzasidan kelgan Ibn Sinoning saroydan quvilishi vujudimizni iztirobga soladi. Shu daqiqalardagi ustoz Beruniy kechinmalariga o’zimizni hamdard sezamiz: ”Yo tavba! Bu go’zal olam, bu musaffo osmon, bu yorug’ yulduzlar, qo’yingki, bu mukammal olamni bunyod etgan xudovandi karim, nechun o’z bandasini bundayin nomukammal qilib yaratding?... nechun bu jon bilan birga unga jaholat va qalloblik, hudbinlik va razolat yanglig’ tuban istaklarni qo’shib berding? Nechun unga boshqa hech bir tirik zotga ato qilmagan o’tkir tafakkur va yetuk aql-zakovat in’om etib, bu aql-zakovatni tubanlik, razolat va qabohat yo’lida ishlatmoqni ravo ko’rding”. Asarda Beruniy va Ibn Sino obrazlarini o’ziga xos takrorlanmas xususiyatlari bilan gavdalantirishga erishilgan. Har ikki allomaning o’ziga xos intim dunyosi, yoshlik sevgisi nozik tuyg’ular, kechinmalar, xotiralar orqali nihoyatda yorqin ifodalangan. Shu bilan birga, ulug’ allomalarning hayotiy muammolarga nisbatan fikr-xulosalaridagi ayrim farqli jihatlarga ham e’tiborimiz jalb etilgan. Xususan, odil va zolim shohlar haqidagi Beruniy fikrlaridan farqli Ibn Sino zulm va istibdodga qarshi kurashmoqni afzal ko’radi, biroq qanday yo’l bilan kurashish lozimligini idrok etolmaydi. Shu sababli Imom Ismoil taklifini rad etadi. Ammo adolatsizliklarga qarshi kurash orqaligina ezgulik g’alaba qozonishi mumkin, deb hisoblaydi. Ustoz Beruniyga tasalli berishga harakt qilib, Ibn Sino quyidagi rivoyatni so’zlaydi: “Shundaykim, buyuk bir donishmand bani basharning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini bir uyga qamab qo’yilgan uch maxluq: odam, to’ng’iz va arslonga o’xshatgan ekan. Bani odam deganda u aql-idrokni nazarda tutibdi, to’ng’iz deganda insonning chirkin xohishlarini, arslon deganda esa qahru-g’azabini nazarda tutibdi. Bu uch maxluqning qaysi biri zo’r chiqsa, uyda o’sha ustunlik qilar emish. Bu qissadan hissa shuki, to’ng’iz bilan sher, ya’niki tuban ehtiroslar qanchalik zo’r bo’lmasin, bani odam, ya’niki aql-idrok baribir yengusidir!” ushbu rivoyat asar voqealarining yechimi, yakuni hisoblanadi. Binobarin, rivoyatning falsafiy mazmuni butun asar voqealari orqali anglashiladigan fikrlar oqimini umumlashtirib, quyidagi umumlashmani keltirib chiqarishga xizmat qilgan: inson tabiatidagi tuban illatlar va istaklar uning fojiasini ta’minlaydigan omillardir, ilmu-idrok qudrati bilangina ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotga xizmat qilish mumkin. “Ko’hna dunyo” o’z kitobxonlarini ana shunday ulug’ maqsadlar sari da’vat etuvchi asardir. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling