Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati roman janri va o’zbek romanchiligiga xos xususiyatlar
O’zbek tarixiy romanlarida o’tmish voqeligiga munosabat masalasi
Download 66 Kb.
|
O`ZBEK ROMANCHILIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulug’bek xazinasi
- Ammo istig’for aytmoqni tilamay, tavba-tazarru qilmoqni istamay, tag’in rasadxonani o’ylaydirsiz!.. Ey parvardigori olam! Gunohi azimga botgan bu osiy bandangni o’zing avf etgaysan…
O’zbek tarixiy romanlarida o’tmish voqeligiga munosabat masalasi.
O’zbek romanchiligini yaxlit xolda olib ko’zdan kechirsak, shunga amin bo’lamizki, tarixiy mavzudagi asarlar qaysidir ma’noda ularning o’zagini, zamonaviy asarlarga nisbatan salmoqliroq, yuksakroq va mumtozroq bo’lagini tashkil etadi. O’zbek adabiyoti romanga xos tafakkurga ko’tarilish yo’lidagi ilk qadamini tarixiy romandan – ”O’tgan kunlar”dan boshladi, va qizig’i shundaki, bu ilk qadam adabiyotimiz erishgan yuksak cho’qqilardan biri bo’lib tarixga kirdi. Keyin, garchand orani o’n yillik masofa ajratib tursa-da, butun g’oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan unga yondosh va qondosh bo’lib o’zga bir noyob iste’dodning noyob romani ”Kecha va kunduz” dunyoga keldi. Hayotlari mudhish fojialar bilan tugagan, lekin qisqa muddat ichida asrlarga tatigulik obidalar qoldirib ketgan bu siymolardan keyin adabiyotga ular bilan qaysidir ma’noda zamondosh bo’lgan, lekin zamona zug’umlari ostida shakllangan tarixiy yo’liga ko’ra ulardan farq qiladigan yangi bir avlod kirib keldi va shu omillar ta’sirida adabiyotda ham yangi bir davr boshlandi. Bu davr tarixiy romanchiligining taraqqiyoti Oybek siymosi bilan bog’liq. Adib ”Qutlug’ qon”ni yaratib, unga o’zining qalb tug’yonlarini, dard –hasratlarini ham ifoda eta olgan. Bizningcha, tarixiy romanlar o’zbek adabiyotida bu qadar katta mavqe egallashining asosiy sababi – o’zbek xalqining ko’p asrli, boy va murakkab o’tmishga ega ekanligidadir. Zamonadan farqli o’laroq, o’tmishni ijodkor tarix hukmidan va xalqning ijtimoiy tajribasidan o’tgan, ma’lum darajada baholangan, muhimi nomuhimidan ajratilgan, muayyan yaxlitlik, tugallik kasb etgan holda qabul qiladi. Lekin o’zbek romanchiligining xalq tarixiga bu qadar chambarchas bog’lanib qolganligini faqat milliy mansubiyat bilan, ya’ni bu tarix – o’z xalqining tarixi bo’lganligi bilan izohlab bo’lmaydi. Zero, o’zbek xalqi umuman O’rta Osiyo xalqlari tarixi jahonning turli xalqlari adabiyotidagi yuzlab asarlar uchun hayotiy material bo’lib xizmat qilgan. XVI asrdayoq Shekspirning salafi Kristofer Marloning ”Buyuk Temurlang” tragediyasi Angliya teatr ishtiyoqmandlarini larzaga solgan edi. Shundan keyingi davr mobaynida ingliz, fransuz, nemis, italyan, Amerika va xorijiy Sharq, shuningdek, sobiq Sovet Ittifoqi hududida yashovchi qardosh xalqlar adabiyotlarida Jaloliddin Manguberdi, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy va Bobur singari siymolar ishtirok etuvchi ko’plab badiiy asarlar, jumladan, tarixiy romanlar yaratilgan va yaratilmoqda. Xullas, o’zbek tarixiy romanchligi taraqqiyotini ta’minlagan bir omil – xalq tarixining boyligidir. Tarixiy romanlarning romanchilikdagi mavqei adabiyot va tarix o’rtasidagi azaliy va abadiy mushtaraklik bilan ham bog’liq. Kishilik jamiyatining faqat o’tmishdagi emas, balki har qanday hayoti ham aslida tarixdir. Hayotni tarixchi sifatida o’rganish bilan uni san’atkor sifatida o’rganish et bilan tirnoqdek bir-biriga kirishib, bir-biriga tutashib ketgan jarayondir, faylasuf olim Arseniy Guliga to’g’ri qayd etganadek: ”Dastlab tarixiy tasvir san’at turi sifatida yashab kelgan (Klio muzasi). Keyinchalik tarix ilm maqomini oladi. Lekin hozir ham ko’pchilik odamlarda tarixiy ong badiiy ijod ta’sirida shakllanadi. Biz o’z tariximiz haqida ko’proq darsliklardan emas, romanlar, kinofilmlar va televizion ko’rsatuvlardan bilib olamiz”. ”O’tkan kunlar”, ”Kecha va kunduz”, ”Qutlug’ qon” romanlarining mualliflari uchun asarlarida aks etgan tarix uzoq tarix emas, balki ularga deyarli besh qo’lday ayon bo’lgan, ular o’z qalbi bilan kechinib chiqqan hayot edi. ”Navoiy”, ”Ulug’bek xazinasi”, ”Avlodlar dovoni” romanlarida esa mualliflar o’z hayot tajrabalari, o’z hayotlarining saboqlarini bevosita emas, bilvosita, boshqa, lekin o’xshash, mushtarak material orqali aks ettirdilar. Odil Yoqubovning romanchiligi zamonaviy o’zbek nasrining badiiy tasvir imkoniyatlarini, ko’rku salobatini ko’rsatishi bilan xarakterlidir. “Ulug’bek xazinasi” romanida yozuvchi asar qahramonlari boshdan kechirgan voqealarni ko’rsatishni emas, balki ularning ichki dunyosini ochish asnosida Ulug’bek davrining badiiy manzarasini chizishga e’tibor beradi. Ma’lumki, hayotga faol aralashgan kishilar kishilar hamisha ziddiyatlar qurshovida bo’lishadi. Hukmdorlar o’z mavqelariga ko’ra jamiyat ishlariga faol aralashishga majburlar. Har bir inson o’z hayotidagi burilish davrlarida, kuchli qarshiliklarga duch kelganda turli – tuman o’ylarni boshidan kechiradi. Romanda bosh qahramon ana shunday o’ylar og’ushida ko’rsatiladi. Asarda Ulug’bek ham adolat va insof jilovini mahkam ushlashga uringan podshoh, ham tengsiz olim sifatida ko’rsatiladi. Yozuvchi ulug’ olim va adolatli shohning hayotini boshdan-oxir tasvirlashni maqsad qilmaydi. Ulug’bek hayotining og’ir va fojeali damlarga to’la so’nggi pallasini ko’rsatish mobaynida u muloqot va faoliyatda bo’lgan ko’plab kishilarning tabiatini aks ettirgan. Adib romanda o’z otasiga qarshi bosh ko’targan Abdullatif ruhiy olamini ochishga, tuyg’ular tizimini ko’rsatishga e’tibor beradi. Yozuvchi Abdullatif tabiatidagi padarkushlik ildizini uning mutaasib kimsalar ta’sirida tarbiyangani va Ulug’bekni islom diniga qarshi, deb o’ylaganida ko’radi. Bu holat Ulug’bek Abdullatifga:”Menga hech narsa kerak emas. Bu toju taxt, saltanat, shon-shuhrat – bari o’zingga buyurgay, faqirga yolg’iz rasadxonani in’om etsang bas! Azmim qolgan umrimni “Ziji Ko’ragoniy”ni tugatib, mutolaa ila kun kechirmoqdir”, - deganida, bo’lajak padarkush o’g’ilning samimiy jazavaga tushib: “Tag’in rasadxona! Tag’in “Ziji Ko’ragoniy”! mudarris dastorini o’ragan murtadlarni qanotingiz ostiga olib, din peshvolarini oyoq osti qilmishsiz! Bul uchun haq taoloning qahriga, payg’ambar alayhissalomning qarg’ishiga uchrab, taxtu tojdan, saltanatdan ayrilmishsiz. Ammo istig’for aytmoqni tilamay, tavba-tazarru qilmoqni istamay, tag’in rasadxonani o’ylaydirsiz!.. Ey parvardigori olam! Gunohi azimga botgan bu osiy bandangni o’zing avf etgaysan…”, - deganida aks etadi. Yozuvchi Ulugbek shaxsiyatini tasvirlashda ham yolg’iz yorqin ranglardan foydalanavermay, uni ikkilanayotgan, og’ir o’ylar girdobida qolgan odam sifatida ko’rsatadi. Unda goh toj-taxtni topshirib, ilmiy ish bilan shug’ullanish istagi, gohida dushmanlarini yakson qilib tashlash tuyg’usi g’olib chiqayotgani haqqoniy aks ettiriladi. Ali Qushchi bilan suhbatdagi: “Mirzo Ulug’bekday koinot sirlarini ochmoqni tilagan, fozillikni da’vo etgan mavlono, hayhot, oxir-oqibat… barcha taxt sohiblariday saltanatni deb o’z pushti kamaridan bo’lgan farzandi ila taxtu toj talashibdi-da, degan nom qoldirishdan qo’rqamen”, - degan so’zlarida uzoqni o’ylaydigan mutafakkir siymosi namoyon bo’ladi. Abdullatif bilan bahsda esa: “…so’nggi nasihatimni eshit, xohla o’z padaringni qatl et, xohla Movarounnahr sarhadidan haydab, darbadar qil… Lekin yolg’iz tilagim: ilm yo’lida otang qilgan ishlarga, uning shogird va ustozlariga tegmagaysen. Tegsang, … ota qarg’ishiga uchrab toabad badnom bo’lursen!. Ota rozi – xudo rozi, yodingda bo’lsin: al qasosil minal haq! Hech bir yomonlik intiqomsiz qolmaydur! Senga aytadurg’on boshqa so’zim yo’q! chaqir yasovulingni!” – degan so’zlarida o’quvchi ko’z oldida bir umr farmon berishga o’rgangan qo’rqmas va yovqur temuriy gavdalanadi. Romanda asir otaning hukmron o’g’ilga buyruq ohangida so’zlashi ifodasi personajlarning milliy ruhiyatidan kelib chiqib aks ettirilgan. Padarkush o’g’liga ham bu holat hech erish tuyulmaydi. Ulug’bekning shoh sifatida o’g’lidan mag’lub bo’lganda ham, ota sifatida o’z maqomini aslo yo’qotmaganligi uning so’zlash ohangida, tutumlarida yaqqol ko’rinadi. Yozuvchi bir-birlariga begona ota va o’g’il, fozil shoh va taxtparast shahzoda o’rtasidagi shiddatli to’qnashuvlarni ko’rsatish asnosida ularning asl tabiatlarini namoyon qiladi. Romanda Ulug’bek va Abdullatif ham boshqa timsollar ham ta’rifu tavsif etilmaydi, balki ularning jonli odamlar sifatidagi sezimlari tasvirlanadi. Ular hayotdagi tirik odamlarday ko’rsatilgani uchun ham biri achintirsa, boshqasi nafratlantiradi. Romanda Ali Qushchining sadoqati, Mavlono Muhiddinning sotqinligi, shayx Nizomiddin Xomushning insofsizligi, tuzukkina shoir Abdullatifning taxt ilinjida o’zgalar qo’lida qo’g’irchoq bo’lgani ishonarli tasvir etilgan. Yozuvchi har bir qahramon xarakter xususiyatlari, tabiatidagi o’zgarishlarni badiiy dalilashga erishadi. Asarda Ali Qushchi shohga shogird bo’lgani uchungina emas, balki ilm-fanning odamlar hayotidagi ahamiyatini yushungani, ilm durdonalari mutaasiblar qo’lida qolsa, millat rivoji orqaga surilishini bilgani sababli ham xatarli bo’lsa-da Ulug’bekning yo’lidan yurishi asosli ko’rsatilgan. Yozuvchi ijod jarayonining mahsuli bo’lgan qaharamonning qaysi jihatini ko’rsatmasin, avvalambor, muallif nutqi yetakchiligida uning qiyofasini to’lig’icha kitobxonga namoyish qilishga urinadi. Masalan, O.Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanida turli tabaqa, turli xarakter, turli e’tiqod, turli aft-bashara-yu, rang-ro’yga ega qahramonlar ishtirok etadi. Yozuvchi ana shu qahramonlarning har birini o’zgacha xususiyatlar bilan ko’rsatish, milliy qiyofalarini alohida yoritish uchun portret usullaridan unumli foydalanadi. Portret – faqatgina qahramonlarning asarda chizilgan tashqi qiyofasi tasviri emas, balki badiiy asarda qahramonlarning ichki va tashqi ruhiy holatlaridagi asosiy detallarni, ya’ni imo-ishoralari, o’zlarini tutishlari, xatti-harakatlari, kiyinishlari, urf-odatlari, aft-angorlari, qaysi milliy qiyofaga mansubliklari, so’z vositasida muallif nutqida, ba’zida esa bir qahramonning boshqa qahramonga nigohi orqali beriladi. Xoh muallif, xoh qahramon nutqida obrazning portreti chizib berilmasin, yozuvchining maqsadi bitta, u ham bo’lsa, qahramonining ichki qiyofasidagi o’zgarishlarni tashqi qiyofasi bilan uyg’unlashtirib, mukammal tip yaratib berishdir. Yozuvchi Ulug’bekning portretini, o’sha paytdagi dramatik holatini yanada yaqqolroq ko’rsatish maqsadida muallif yetakchiligida uning qiyofasidagi hech bir belgini, detalni nazardan qochirmaydi. “Ulugbekning cho’zinchoq qoramag’iz yuzi so’lg’in, keng peshonasi va qiyg’ir burning ikki yonidagi ajinlari quyuqlashgan” – ushbu tasvirning o’zigina qahramonning kayfiyatini, ichki olamini ochib beryapti.
Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling