Foydalanilgn adabiyotlar


Download 373.87 Kb.
bet3/7
Sana26.02.2023
Hajmi373.87 Kb.
#1232893
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
gazli muhit

Gaz muhiti namligi. Ushbu omil saqlanadigan ob’ekglarni nam bug‘lanishi va fitopatogen mikroorganizmlar rivojlanishiga sabab bo‘ladigan namni suyuq tomchi holda (terlash) tushishiga bog‘liq. Undan tashqari, gaz muhiti namligi moddalar almashinishidagi biokimyoviy jarayonlarga ta’sir etadi. Saqlash texnologiyasida muhitning nisbiy namligi foizda ifodalanadi.
Bug‘lanish yashil sabzavotlarning barg sathidagi namlikni yo‘qotishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Sabzavotlarning bo‘ch guruhida barg sathini rivojlanishi turgor yoki yashang holati \ tezda yo‘qolishi va mahsulotning tovar sifati tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Yoz kunlari ochiq havoda yashil sabzavotlar, ayniqsa, barg boshli salatlar 1—3 soat davomida so‘liydi.
Havo haroratining tezligi, agar u quruq bo‘lsa, sabzavot va mevalar namligi bug‘lanishini keskin kuchaytiradi. Havoning suv bug‘lari bilan yuqori darajada to‘lishi, uning oqim tezligi amalda kartoshka, dag‘al ildiz mevalilar, piyoz singari ob’ektlarda deyarli kuzatilmaydi. Sabzavotlarni faol shamollatish, ya’ni kuchli havo oqimining mahsulotlar atrofida harakatlanish sharoitida saqlash uyumdagi umumiy isrofni kamaytiradi. Haroratning qatlamlarda pasayishi va tekislanishi bilan tushunilib, fitopatogen mikroorganizmlar bilan ta’sirlanish darajasi kamayadi. Bu karamga tegishli bo‘lib, uni faol shamollatishda tez sovitish, saqlanadigan mahsulot sifatiga sezilarli tarzda ta’sir etadi. Saqlanadigan sabzavot va mevalarning namligi bug‘lanish hajmiga katta ta’sir etadi, chunki muhit qanchalik quruq bo‘lsa, shunchalik nam ko‘p sarflanadi. Shuning uchun sabzavot va mevalarni saqlashda havoning yuqori nisbiy namligi, ya’ni oz nam tanqisligini ushlashga harakat qilinadi. Ko‘pchilik tur va navlar uchun 90—95 foizli havo nisbiy namligi mavjud bo‘lgani ma’qul. Piyoz, qovoq, sitrus mevalar kabi turlar uchun ehtimol, ba’zida havoning nisbiy namligini 80 foizga, ayrim holatlarda, masalan, piyoz bo‘g‘in irish bilan shikastlangan bo‘lsa 75 foizgacha tushirish zarur.
Shunday qilib, saqlash texnologiyasining umumiy talabi bo‘yicha sabzavot va meva turlarini asosiy qismini yuqori muhit (havo) nisbiy namligida ushlashga to‘g‘ri keladi. Saqlanayotgan mahsulotda agarda 7—9 foiz namlik isrof bo‘lsa, unda to‘qimalar egiluvchanligining pasayishiga, tovar va ta’m sifatlarining yomonlashishiga olib keladi. Ammo sabzavot va mevalarni past harorat va yuqori nisbiy namlikda sakdash ularning terlashiga olib kelishini yodda tutish kerak. Bu esa ortiqcha namlik bug‘lanishidan ham xavflidir. Sabzavot — mevalarni quruq va sog‘lom sathida fitopatogen mikroorganizmlarning sporalari o‘sish hamda rivojlanish imkoniyatidan mahrumdir. Mikrobiologik buzilish va mahsulotning isrofi aksariyat hollarda buglanishdagi isrofdan ortiqcha bo‘ladi. Shuning uchun saqlash texnologiyasida terlashga qarshi kurash asosiy vazifa hisoblanadi.

Download 373.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling