Fransiya iqtisodiyoti
Download 134.95 Kb.
|
10-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2-jadval 5 Angliya, Fransiya va Shvetsiyada menejmentning asosiy funksiyalariga
Qarorlar qabul qilishBoshqaruv strukturalariga oid turli tadqiqotlarda qayd etilishicha, fransuz tashkilotlarida qaror qabul qilish jarayoni markazlashuv darajasi yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Qaror qabul qiladigan fransuz boshqaruvchilari o‗z fikrlari va harakatlarining oqilona jihatlariga alohida e‘tibor qaratadi. Bunda oqilonalik ko‗pincha kartezianlik bilan o‗zaro munosabatda bo‗ladigan ideal sifatida ko‗rib chiqiladi. Kartezianlik usuli bir nechta oddiy qoidadan iborat. Birinchi qoida shundan iboratki, dastlab shubha uchun o‗rin ham qoldirmaydigan boshlang‗ich nuqta topish zarur. Ikkinchi qoidaga ko‗ra oddiy elementlardan murakkab elementlar tomon harakatlanish va buni deduktiv ravishda, sakrab o‗tmasdan qat‘iy nazorat qilinadigan usul bilan amalga oshirish lozim. SHundan keyin barcha imkoniyatlar e‘tiborga olinganiga ishonch hosil qilishga imkon beradigan muaamoning izchillikdagi sharhi zarur. Fanda sabab- oqibat bog‗liqliklarini tahlil qilishning matematik usuli dekart ideali bo‗lgan va De- kartning o‗zi tashabbus va hissiyotlarni muammoning mohiyatiga kirib borishvositalari sifatida tan olmagan. Fransuz tashkilotlarida qaror qabul qilish jarayonining alohida xususiyatlarini tavsiflash uchun to‗qqizta ketma-ketlikdagi bosqichdan iborat bo‗lgan umumiy modeldan foydalanish mumkin: qiyinchiliklar almatlarini aniqlash va anglab etish muammolarni identifikatsiya qilish muammolarni ifodalash muqobil variantlarni izlab topish muqobil variantlarni baholash muqobil variantlarni tanlash harakatlarni boshlash qarorni amalga oshirish nazorat qilish. Tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, fransuzlar 4 va 5 bosqichlarga ko‗proq, muqobil variantlarni izlab topish va baholashga ko‗p vaqt sarflaydi, ya‘ni ular kartezian idealiga muvofiq mantiqiy tahlilga moyil bo‗ladi. Fransuz menejerlari yangi, noordinar va individual echimlar topishga harakat qiladi va buni bir nechta sabab bilan izohlash mumkin bo‗ladi. Birinchidan, bu Fransiyada ko‗pincha standart qarorlarni qabul qilmaydigan iste‘molchilarning kayfiyatlarii aks ettirishi mumkin. Ikkinchidan, hali maktab davridayoq fransuzlardan intellektual qobiliyatlarni namoyon etish talab qilinadi. Maktabda, ijtimoiy hayotning boshqa jabhalarida bo‗lgani kabi, nfuz, hurmat va ehtirom qadrlanadi. J.-L. Barso va P. Lourensning ta‘kidlashicha, «zakovatning nufuzi yuqori ekanligi, intellektual qobiliyatlar fransuz jamiyatining qadimiy an‘anasi hisoblanadi. Amerika pulni, Germaniya – mehnatni, Buyuk Britaniya esa – qon-qarindoshlikni ko‗kka ko‗taradigan joyda Fransiya odamlarning aqliy qobiliyatlarini yuqori qadrlaydi. Uchinchi izoh menejerlar faoliyatini baholash bilan bog‗liq bo‗lib, o‗rta bo‗g‗in menejerlari o‗rtasida raqobat muammoni hal qilishning noodatiy va original usullarini ilgari surish yo‗li bilan o‗z zakovatini namoyish etish hisobiga ajralib turishga imkon beradi. Boz ustiga, umum e‘tirof etilganidek, Fransiyada intellektuallik abstrakt, konseptual fikrlashni, tahlilning matematik usullarini bilishni taqozo etadi. Fransuz jamiyatida kasaba uyushmalar va lavozimlar abstraksiyalaish darajasi bo‗yicha ranglarga ajratiladi va intellektual faoliyat bundan mustasno emas. Qanchalik ko‗p nazariy bilimlar va abstraksiyalanish talab etilsa, kasb va lavozimlar shunchalik nufuzli hisoblanadi. Masalan, moliya ishlab chiqarishdan, elektrotexnika esa mexanikadan ko‗ra nufuzliroq hisoblanishi mumkin. F. D'Iribarn abstraksiyalanish va nazariy bilimlar bo‗yicha ushbu tafovut bilan o‗rta asrlardagi dunyoviy va diniy mashg‗ulotlar o‗rtasida parallel o‗tkazadi. Ma‘lumoti bo‗yicha muhandis bo‗lgani holda u bahs- munozarali savol bergan: «sof» matematikadan, ya‘ni amaliy qo‗llanmaydigan va amaliy xarakterga ega bo‗lmagan matematikadan nima ham olijanob bo‗lishi mumkin? Fundamental fandan qanchalik yakin va mos ravishda amaliy fanlardan qanchalik uzoq bo‗lsa, ijtimoiy ierarxiyadagi o‗rin shunchalik yuqori bo‗lishi mumkin. eng nufuzli muhandislik maktabi, Ecole Polytechnique, umuman mutaxassislar – muhandislar tayyorlash (universitetdagi kabi) bilan bog‗liq emasligi bilan faxrlanadi. Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, qaror qabul qilish modelining 6-bosqichida («muqobil variantlarni tanlash») fransuz rahbari qaror qabul qilish bo‗yicha o‗z vakolatlarini oldingi bosqichlarda muqobil variantlar izlab topish va baholashni bevosita amalga oshirgan menejerlar va mutaxassislarga kamdan-kam hollarda topshiradi. O‗rta bo‗g‗in menejerlari muammoni o‗rganadigan, muqobil variantlarni izlab topadigan, jumladan, ularni baholaydigan, oliy bo‗g‗in menejerlari esa bu paytda qaror qabul qiladigan, quyi bo‗g‗in menejerlari qabul qilingan qarorlarni hayotga tatbiq etadigan va amalga oshiradigan holatni tasavvur qilish vaziyatni soddalashtirish bo‗lgan bo‗lardi. Haqiqatda esa bu shuni anglatishi mumkinki, qaror yuqori turadigan rahbarlar va enejerlardan kelib chiqadigan qabul qilingan qarorlarga muvofiq ko‗rsatmalar va yo‗riqnomalarni bajaradiganlarni nimalarni afzal ko‗rishini aks ettirishi shart emas. Qaror qabul qilish jarayonining fransuzcha modelida 7 («harakatlarni boshlash») va 8 («qarorni amalga oshirish») bosqichlar ehtimol, eng zaif nuqta bo‗lishi mumkin. Buni shu bilan izohlash mumkinki, qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish va hayotga tatbiq etish D'Iribarn atamalariga muvofiq «olijanob» faoliyat sifatida emas, balki hech qanday nufuz bermaydigan va uni quyi pog‗onadagi menejerlar va mutaxassislarga topshirish afzal bo‗lgan kundalik zerikarli ish sifatida ko‗rib chiqiladi. Mehnatni intellektul faoliyat va amaliy ishlarga an‘anaviy taqsimlash hisobiga fransuz menejerlari qarorlarni bajarish va amalga oshirishga kamroq yo‗naltirilgan bo‗ladi, bu boshqaruvning quyi pog‗onalariga qoladi. Biroq bu barcha pog‗onalarda nazoratning jiddiy ekanligi bilan muvozanatlanadi (qaror qabul qilish jarayoni modelida 9-bosqich). Angliya va Shvetsiyadagi kabi, Fransiyada menejmentning asosiy funksiyalariga madaniyatning ta‘siri 10.2-jadvalda aks ettirilgan. 10.2-jadval5 Angliya, Fransiya va Shvetsiyada menejmentning asosiy funksiyalarigaDownload 134.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling