Fraungоfer difraksiyasi. Difraksion panjara Reja: Fraungofer difraksiyasi


Download 131.66 Kb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi131.66 Kb.
#1592335
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
FRAUNGОFER DIFRAKSIYASI. DIFRAKSION PANJARA

rasm. Difraksion panjara.

rasm. Yorug‘likning panjaradagi difraksiyasi.

Parallel nurlar dastasi tushuvchi nurlar yo‘nalishida panjaradan ma’lum burchak ostida tarqalib linzaning fokal tekisligida joylashgan ekranning biror R nuqtasida yig‘iladi. R nuqtadagi tebranish har xil tirqishlardan o‘tuvchi ikkilamchi to‘lqinlar interferensiyasi natijasidir. R nuqtada interferension maksimum kuzatilishi uchun qo‘shni tirqishlardan chiqqan nurlarning yo‘llar farqi  to‘lqin uzunligining butun soniga teng bo‘lishi lozim:

(9.2)

Bu yerda d - panjara davri, m - butun son difraksion maksumumi tartibi deb yuritiladi.

Ekranning mana shu nuqtalarida shart bajarilganda difraksion manzaraning bosh maksimumi deb ataluvchi maksimum joylashadi.

Kichik difraksiya burchaklarida linzaning fokal tekisligida bosh maksimum bilan m-maksimum orasidagi masofa um quyidagiga teng.

,

bu yerda F - fokus masofasi.

Shuni aytish kerakki, panjaraning N ta tirqishidan chiquvchi N ta nurlar linza fokal tekisligining har bir nuqtasida interferensiyalashadi. Bu ko‘p to‘lqinli yoki ko‘p nurli interferensiya deyiladi. Kuzatish tekisligida energiyaning taqsimlanishi ikki to‘lqinli interferensiyadan keskin farq qiladi. Bosh maksimumga hamma to‘lqinlar bir xil fazada yetib keladi. Shuning uchun tebranish amplitudasi tushuvchi to‘lqinning amplitudasiga nisbatan N marta, intensivligi esa N2 marta ortadi.


Download 131.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling