rasm. Difraksion panjara. | Hozirgi kunda spektrometrlarda millimetrga 2200 tagacha shtrix tortilgan panjaralar ishlatilmoqda. Agar ikkita bir o‘lchamli difraksion panjara o‘zaro perpendikulyar holda ustma-ust joylashtirilsa, ikki o‘lchamli difraksion panjara hosil bo‘ladi (9.16-rasm). Panjaraning x va u o‘qlari bo‘yicha doimiylari d1 va d2 bir xil bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ham mumkin. Agar bir o‘lchamli difraksion panjarani oq yorug‘lik bilan yoritsak har bir to‘lqin uzunlikdagi nurlar uchun alohida maksimumlar paydo bo‘ladi, ya’ni spektrga ajratiladi. Agar shunday nurlar ikki o‘lchamli panjaraga tashlansa, turli to‘lqin uzunlikdagi nurlar uchun ma’lum tartib bilan joylashgan rangli dog‘lar hosil bo‘ladi. Fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan difraksion panjarani qaraylik. Eng oddiy fazoviy uch o‘lchamli panjara sifatida osh tuzi NаCl ning tuzilishini misol keltirish mumkin. Uning yacheykasi kub kristallik tuzilishga ega bo‘lib, davri d ox, ou va oz o‘qlariga paralleldir. Amalda uch o‘lchamli difraksion panjara yasash juda qiyin. Sun’iy ravishda shu tipdagi panjarani suyuqlik va gazlarda ultratovush to‘lqinlari tarqalishida hosil qilinadi. Uch o‘lchamli panjaralarga eng yaxshi misol bo‘lib tabiatdagi kristallar xizmat qiladi. Biroq bu kristall panjaralar orasidagi masofa 10-10 m bo‘lganligidan ko‘zga ko‘rinuvchi nurlar uchun (l=7,6ch4,010-7m) difraksiya kuzatilmaydi, chunki panjara doimiysi (d~l) to‘lqin uzunligi tartibida bo‘lgandagina difraksion manzara yaqqol kuzatiladi. Kristallik panjara doimiysi tartibidagi nurlar bo‘lib, Rentgen nurlari, xizmat qiladi (Rentgen nurlari to‘lqin uzunligi =(0,01800)∙10-10).
Do'stlaringiz bilan baham: |