Fraungоfer difraksiyasi. Difraksion panjara Reja: Fraungofer difraksiyasi


Download 131.66 Kb.
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi131.66 Kb.
#1592335
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
FRAUNGОFER DIFRAKSIYASI. DIFRAKSION PANJARA

rasm. Har xil tirqishli difraksion panjarada difraksiyalanayotgan monoxromatik yorug‘lik intensivligining taqsimlanishi keltirilgan I0 bitta tirqishdan difraksiyalanayotgan yorug‘lik intensivligi.

(9.2) difraksiya formulasidan ko‘rinadiki, maksimumlarning holati (nolinchidan tashqari) to‘lqin uzunligiga bog‘liq. Shuning uchun panjara nurlanishni spektrga ajratish qobiliyatiga ega, ya’ni panjara spektral qurilma hisoblanadi. Agar panjaraga monoxromatik bo‘lmagan nurlanish tushsa, difraksiyaning har bir tartibida (ya’ni m ning har bir qiymatida) o‘rganilayotgan nurlanish spektri hosil bo‘ladi. Spektrning binafsha qismi nolinchi tartibli maksimumga yaqin joylashadi. 9.14-rasmda oq yorug‘lik uchun har xil tartibda spektr tasvirlangan. Nolinchi tartibli maksimum oq rangda bo‘ladi.

rasm. Difraksion panjara yordamida oq yorug‘likning spektrga ajralishi.

Difraksion panjara yordamida to‘lqinlar uzunligini aniq o‘lchash mumkin. Agar panjara davri d ma’lum bo‘lsa, m tartibdagi spektr chizig‘i aniqlanishi kerak bo‘lsa burchakni o‘lchash bilan to‘lqin uzunligi aniqlanadi. Odatda tajribada 1-chi va 2-chi tartibli spektrlar qo‘llaniladi. Agar o‘rganilayotgan nurlanish spektrida 1 va 2 ikkita spektral chiziq bo‘lsa, panjara har bir spektral tartibda (m=0 dan tashqari) bir chiziqni ikkinchisidan ajratishi mumkin.


Download 131.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling