Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
66-modda. Isbotlash
Isbotlash ishni mazmunan ko‘rish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir. Ma’mutiy tartib-tamoyillarning 8-modasida ishonchlilik prinsipi keltirilgan, ma’muriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar to‘g‘risidagi hujjatlar va ma’lumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi. Manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning haqiqiyligiga shubha paydo bo‘lgan taqdirda, ma’muriy organ ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va o‘z hisobidan tekshirish uchun choralar ko‘radi. 18-kazus Arizachi "FAUST" MCHJ 2022-yil 15-mart kuni javobgar O'zbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasiga nisbatan Toshkent tumanlararo ma'muriy sudiga murojaat qilib O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining 2017-yil 8-fevraldagi "Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to'lovlariga tuzatishlar kiritishni to'ldirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 01-02/8-3-son normativ tusdagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so'ragan. Toshkent tumanlararo ma'muriy sudi ariza bilan shikoyat qilish muddati o'tganligi sababli arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etdi. Bundan norozi bo'lgan arizachi apellatsiya shikoyati bilan Toshkent shahar ma'muriy sudiga murojaat qildi. 1-savol (20%) Mazkur vaziyatdan kelib chiqib sudlovga tegishlilik qoidalarini tahlil qiling. 2-savol (20%) Mazkur vaziyatda birinchi instansiya sudining harakatlariga qonun hujjatlari asosida baho bering va tegishli sud hujjatini tavsiflang. 3-savol (20%) Mazkur vaziyatdan kelib chiqib sudga murojaat qilish muddatlarini tahlil qiling . 4-savol (20%) Mazkur vaziyatda apellatsiya instansiya sudi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan harakatlariga qonun hujjatlari asosida baho bering va tegishli sud hujjatini tavsiflang. 5-savol (20%) Mazkur vaziyatda javobgar sifatida jalb qilinishi lozim bo’lgan shaxslar doirasini tahlil qiling. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling