Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Mazkur vaziyatdan kelib chiqib apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilishi lozim bo’lgan sud hujjatini tahlil qiling.
ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi; 6) ushbu Kodeksning 27 1 -moddasida ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha; 7) ushbu Kodeksning 27 2 -moddasida ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi; 8) ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi. Kazusimizda arizachi U.Sultonov Nurafshon shahar 2-son notarial idorasi notariusining xatti-harakatlaridan noroziligini uni qonunga xilof deb topishni so’ragan va arizachi kodeksning taaluqlilik qoidasini buzmaganligini ko’rib turibmiz. 5.Mazkur vaziyatdan kelib chiqib apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilishi lozim bo’lgan sud hujjatini tahlil qiling. Bizga berilgan kazusda sud tomonidan apellatsiya instansiyasida arizani qanoatlantirishni rad etish to’grisida qaror qabul qiladi. Ushbu qarorni yozishdan oldin plenum qarori asosida qanoatlantirishni rad etish qay hollarda amalga oshirilishini ko’rib chiqish lozim. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING SUDLAR TOMONIDAN MA’MURIY ISHLARNI APELLATSIYA TARTIBIDA KO’RISH AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA QARORning 22-qismiga muvofiq “Apellatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va to‘liq aniqlab, qonuniy hamda asosli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat (protest)ni esa qanoatlantirmasdan qoldiradi”. ANIQLADI: Arizachi U.Sulaymonov Nurafshon shahar 2-son notarial idorasi notariusining xatti- harakatlarini qonunga xilof deb topishni so'ragan. Ammo javobgarning sudga kelmaganligi bois ish keyinga qoldiriladi. Arizachi U. Sulaymonov 2022-yil 20- yanvarda apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, birinchi instansiya sudining 2022-yil 16-yanvardagi sud muhokamasini keyinga qoldirish to'g'risidagi ajrimdan norozi bo'lib, uni bekor qilishni so'ragan. Nurafshon tumanlararo apellatsiya instantsiyasi sudining 2022-yil 1-fevral qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan. Sudning mazkur qaroriga nisbatan arizachi tomonidan apellatsiya shikoyati berilib, unda tumanlararo ma’muriy sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, arizani qanoatlantirish to’g’risida yangi qaror qabul qilish so’ralgan. Sudlov hayati ishni javobgar vakillarining ishtirokisiz ko’rishni lozim topmaydi. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 217- moddasiga ko’ra, sud ishni apellatsiya instansiyasi ko’rish chog’ida birinchi instansiya sudi halm qiluv qarorining qonuniyligini tekshiradi. Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko’rish amaliyoti to’g’risida Oliy Sud plenumi qarorining 22-qismiga muvofiq “Apellatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va to‘liq aniqlab, qonuniy hamda asosli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat (protest)ni esa qanoatlantirmasdan qoldiradi”. Oʻzbekiston Respublikasi MSIYutKning 67-moddasi talabiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Shu bois, apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻldirgan holda oʻzgarishsiz, shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi. Apellatsiya instansiyasi sudi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida” gi Qonunining 6-moddasi bilan ilova tariqasida tasdiqlangan “Davlat boji stavkalarining miqdorlari” ning 3-boʻlimi “d” bandiga koʻra, ma’muriy sudlarga beriladigan apellatsiya shikoyati boʻyicha davlat boji arizalar (shikoyatlar) berilganda toʻlanishi lozim boʻlgan stavkaning 50 foizi miqdorida toʻlanishi belgilanganini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi “Ma’muriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida” gi 20-sonli qarori tushuntirishlariga rioya etib, shikoyat boʻyicha pochta xarajatlari toʻlanganini, davlat boji qisman toʻlanganini hamda shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilayotganini nazarda tutib, davlat bojining qolgan qismini arizachi U. Sulaymonovdan undirishni lozim topadi. Yuqorida bayon etilganlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi MSIYutKning 215, 219 va 221-moddalariga qoʻllanib, apellyatsiya instansiyasi sudi QAROR QILADI: Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining 2022-yil 1-fevraldagi qarorini haqiqiy emas deb topish xususidagi arizasini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori o’zgarishsiz, apellatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin. Apellatsiya shikoyati bo’yicha arizachidan bir million ikki yuz ming so’m davlat boji undirilsin Apelatsiya shikoyati bo’yicha pochta harajatlari oldindan to’langani inobatga olinsin. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling