Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
Sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Agar sud majlisida taraflar hozir bo‘lsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga qoldirilguniga qadar so‘roq qilishga haqli. Bu guvohlarning ko‘rsatuvlari yangi sud majlisida o‘qib eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 12- moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi. Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan so‘ng davom ettiriladi. Zarurat bo‘lganda, ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi. Sud yuqorida keltirilgan hollarni inobatga olgan holda sud muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. Kazusimizda keyinga qoldirilganlik sababi, asosi ochiq keltirilmagan, ammo yuqoridagi moddaga asosan, ushbu shaxsninng ishtirokisiz ishni ko’rish mumkin bo’lmasa keyinga qoldirilish zarur deyilgan. Sud ushbu asosga ko’ra sud muhokamasini keyinga qoldirgan. Faqat javobgar vakili kela olmaslik sabablarini asoslagan holda iltimosnoma bilan murojaat qilishi lozim. Arizachi yoki javobgarning sud majlisiga kelmasligi huquqiy oqibatlarini tahlil qiling. Arizachi va javobgarni sudga jalb etish, ularni xabardor qilish bevosita sud kotibi vazifasi sanaladi. Ushbu xabarni olgandan so’ng ikkala taraf ham ishda ishtirok etishlari lozimdir. Biroq javobgarning iltimosnomasiga ko’ra uning ishtirokisiz bo’lishi mumkin bo’lgan holat bo’lsa ish uning ishtirkisiz ko’riladi. Ammo ikkala tarfning kelmasligi esa MSIYtKning 148-moddasiga ko’ra oqibatlarini belgilab bergan. Unga asosan Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza (shikoyat) yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar bo‘yicha ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan arizachi sud majlisiga kelmasa, arizachining ishni uning yo‘qligida ko‘rish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lgan taqdirda, arz qilingan talab uning yo‘qligida hal qilinishi mumkin. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar, uchinchi shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yo‘qligida ko‘rilishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki javobgar sud majlisiga kelmasa ish ularning yo’qligida ham o’tkazilishi mumkin. Kazusimizda javobgar sud majlisiga kelmaganligi sababli ish muhokamasi keyinga qoldirilganligiga guvoh bo’lamiz. Javobgarning ishtirokisiz ham ko’rishi mumkin edi ammo agar ish uning ishtirokisiz ko’rilshi lozim bo’lmagan holat bo’lsa bunga yo’l qo’yilmasligi 149-moddadan ham bizga ma’lum. Demak, ushbu holat mavjud bo’lsa, sudning sud muhokamasini keyinga qoldirish to'g'risidagi ajrimi o’rinlidir. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling