Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-savol (20%) Sudlovga taalluqlilik masalasini tahlil qiling. 6-modda. Sudga taalluqli ishlar
20-kazus
Fuqaro D.Sotiboldievga Urgut tuman, "Ko'kcha" MFY, Beruniy ko'chasida 0,6 gektar yer uchastkasi ajratish to'g'risida Urgut tuman hokimining 2020-yil 5-dekabrdagi qarori qabul qilingan. D.Sotiboldiev mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni so'rab, ariza bilan yer resurslari va davlat kadastri Urgut tuman filialiga murojaat qilgan. Yer resurslari va davlat kadastri Urgut tuman filiali xodimlari arizaga asosan yer uchastkasi chizmasini chizish va kadastr hujjatlarini tayyorlash va boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun yer uchastkasiga kelganlarida fuqaro D.Sotiboldievning opasi L.Sotiboldieva ularga qarshilik ko'rsatganligi, tuman hokimligi qarorida qayd etilgan hududdagi yer maydonining ma'lum bir qismidan L.Sotiboldieva foydalanib kelgayotganligi va yer maydonining ushbu qismlari devor bilan o'ralganligi aniqlangan. Yer resurslari va davlat kadastri Urgut tuman filiali xodimlari yer uchastkasi nizoli bo'lganligi uchun D.Sotiboldievning arizasini qanoatlantirishni rad etgan. Shu sababli, arizachi D.Sotiboldiev sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar yer resurslari va davlat kadastri Urgut tuman filiali mansabdor shaxslari xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so'ragan. Samarqand tumanlararo ma'muriy sudining 2021-yil 20-martdagi hal qiluv qarori bilan arizachining arizasi qanoatlantirilgan. Bundan norozi bo'lgan yer resurslari va davlat kadastri Urgut tuman filiali boshlig'i o'rinbosari apellatsiya shikoyati kiritgan. 1-savol (20%) Sudlovga taalluqlilik masalasini tahlil qiling. 6-modda. Sudga taalluqli ishlar Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. Qonun bilan ma’muriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy sud o‘ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va ma’muriy organlar, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi. O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling