Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
2-savol (20%)
Mazkur vaziyatdan kelib chiqib apellatsiya shikoyati keltirish huquqi va tartibini tahlil qiling. 200-modda. Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellatsiya protesti keltirishga haqli. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno. (200-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 201-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘ruvchi sud Apellatsiya shikoyati (protesti): tumanlararo ma’muriy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan; hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi. (201-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) 202-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni apellatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 200-201-moddalari . 203-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati Oldingi tahrirga qarang. Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin. (203-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) Oldingi tahrirga qarang. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan, apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin. (203-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 200 , 202-moddalari . 204-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni Apellatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyatni (protestni) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Apellatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) apellatsiya shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti; Oldingi tahrirga qarang. 4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) bergan shaxsning qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga va dalillarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini noto‘g‘ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslari; (204-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. Apellatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 200 — 203 , 206-moddalari . 205-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxalarini yuborish Apellatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarni yuborishi yoki tilxat bilan shaxsan topshirishi kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 200 — 204 , 206-moddalari . 206-modda. Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar Apellatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: Oldingi tahrirga qarang. 1) davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat; (206-moddaning birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11- oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son) 2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; 3) apellatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat. Apellatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protestning va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga berish chog‘ida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling