Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 201-moddasiga ko’ra
- 5-savol (20%) Mazkur vaziyatda javobgar sifatida jalb qilinishi lozim bo’lgan shaxslar doirasini tahlil qiling.
- 181-moddasiga
4-savol (20%)
Mazkur vaziyatda apellatsiya instansiya sudi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan harakatlariga qonun hujjatlari asosida baho bering va tegishli sud hujjatini tavsiflang. Toshkent tumanlararo ma’muriy sud Bundan norozi bo'lgan arizachi apellatsiya shikoyati bilan Toshkent shahar ma'muriy sudiga murojaat qildi. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 201-moddasiga ko’ra Apellatsiya shikoyati (protesti): tumanlararo ma’muriy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan; hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi. Bundan ayon bo’ladiki, arizachining harakatlari huquqiy asosga ega. 5-savol (20%) Mazkur vaziyatda javobgar sifatida jalb qilinishi lozim bo’lgan shaxslar doirasini tahlil qiling. Vaziyatga e’tibor beradigan bo’lsak, arizachi “FAUST” MCHJ javobgar O'zbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasiga nisbatan Toshkent tumanlararo ma'muriy sudiga murojaat qilib O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining 2017-yil 8- fevraldagi "Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to'lovlariga tuzatishlar kiritishni to'ldirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 01-02/8-3-son normativ tusdagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so'ragan. Javobgar O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasidir. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 181-moddasiga asosan, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish xususiyatlarini ko’rib o’tamiz. Unda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish sud tomonidan hay’at tarkibida ko‘rilishi, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish nizolashilayotgan hujjatni qabul qilgan organi(O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi) vakillarining majburiy ishtirokida ko‘rib chiqilishi, sud idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda uning to‘laligicha yoki muayyan qismi nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatiga muvofiqligini, shuningdek nizolashilayotgan normativ- huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatlarini hamda uning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o‘tganligini tekshirishi belgilangan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling