Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


MA’MURIY ISHLARNI KO‘RISHDA BIRINCHI INSTANSIYA SUDI


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

MA’MURIY ISHLARNI KO‘RISHDA BIRINCHI INSTANSIYA SUDI 
TOMONIDAN PROTSESSUAL QONUN NORMALARINI QO‘LLASHNING 
AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDAgi 19.05.2018 yildagi 15-son O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarorining 6-bandiga ko’ra, sud idoraviy 
normativ-huquqiy hujjat yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishni hal etishda uni davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazgan organ — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini javobgar 
sifatida jalb qilishi lozim.
Demak, ko’rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda 
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi javobgar sifatida jalb qilinadi. 
19-kazus
Arizachi U.Sultonov Nurafshon tumanlararo ma'muriy sudiga murojaat qilib, javobgar 
Nurafshon shahar 2-son notarial idorasi notariusining xatti-harakatlarini qonunga xilof 
deb topishni so'ragan.
Sudning 2022-yil 5-yanvardagi ajrimi bilan ishni ko'rish 2022-yil 11-yanvarga 
tayinlangan. Shu kungi ajrim bilan ishni ko'rish javobgar vakilining sud majlisiga 
kelmaganligi sababli 2022-yil 16-yanvarga qoldirilgan. 2022-yil 16-yanvardagi sudning 
ajrimi bilan ishda javobgar vakilining ishtirokini ta'minlash uchun ishni ko'rish 1-
fevralga qoldirilgan. Shu sababli arizachi 2022-yil 20-yanvarda apellatsiya shikoyati 


bilan murojaat qilib, birinchi instantsiya sudining 2022-yil 16-yanvardagi sud
muhokamasini keyinga qoldirish to'g'risidagi ajrimdan norozi bo'lib, uni bekor qilishni 
so'radi.
Apellatsiya instantsiyasi sudining 2022-yil 1-fevral qarori bilan arizani qanoatlantirish 
rad etilgan.
• 1-savol (20%)
Mazkur vaziyatdan kelib chiqib sud majlisini keyinga qoldirishning huquqiy asoslarini 
tahlil qiling.
• 2-savol (20%)
Arizachi yoki javobgarning sud majlisiga kelmasligi huquqiy oqibatlarini tahlil qiling.
• 3-savol (20%)
Sud muhokamasini keyinga qoldirish tog’risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish tartibi va 
uning huquqiy oqibatlarini qonun normalariga asoslangan holda qonuniyligini yoritib 
bering.
• 4-savol (20%)
Mazkur vaziyatdan kelib chiqib taalluqlilik masalasini tahlil qiling.
• 5-savol (20%)
Mazkur vaziyatdan kelib chiqib apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilishi 
lozim bo’lgan sud hujjatini tahlil qiling. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling