Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Mazkur vaziyatda apellatsiya sudi tomonidan ishni mazmunan ko’rish natijasi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
5. Mazkur vaziyatda apellatsiya sudi tomonidan ishni mazmunan ko’rish natijasi
bo’yicha chiqariladigan hujjatning asoslantiruvchi va qaror qismini tayyorlang. O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 217-moddasiga asosan, sud ishni apellyasiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksini 189-moddasining 3 qismida sud agar ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qoidalari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, u arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi deb belgilangan. Bayon qilinganlarga asosan apellyasiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan arizani qanoatlantirish haqida to‘xtamga kelib, shoshma- shosharlik bilan shikoyatni qanoatlantirgan deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasi MSIYutKning 219-moddasiga asosan apellyasiya instansiyasi sudi apellyasiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini to‘liq bekor qilishga haqli. Birinchi instansiya sudi tomonidan vaziyat to’liq tahlil qilinmasdan, Fermer xo’jaligi yer uchastkalarini zaxiraga olib qo’yish masalasi to’liq o’rganilmasdan qanoatlantirilgani uchun birinchi instansiyasi sudi hal qiluv qarori bekor qilinadi. Shuningdek, sud hay'ati davlat boji undirish masalasini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi MSIYutK 115-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvardagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga ko’ra hal qiladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi MSIYutKning 219, 220, 221- moddalarini qo‘llab, apellyasiya instansiyasi sudi Q A R O R Q I L D I : Mazkur ish yuzasidan chiqarilgan Muborak tumanlararo ma'muriy sudining 2021 yil ……dagi hal qiluv qarori bekor qilinsin. Arizachi Muborak tuman hokimining apellatsiya shikoyati qanoatlantirilsin Apellyasiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassasiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin. Raislik qiluvchi, viloyat sudining raisi: (imzo) ___________________ Hay'at a'zolari, viloyat sudining sud'yalari: (imzo) ______________ (imzo) ___________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling