Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

 
 
17-kazus 
Oltinko`l tuman hokimining 2021-yil 11-yanvardagi 33-sonli qarori bilan 
“Oltinoy” fermer xo`jaligiga ajratilgan 48 gektar yer maydoni tuman zaxira yer fondiga 
qaytarilgan. 
Shu sababdan, arizachi “Oltinoy” femer xo`jaligi rahbari B.Shirinova ma’muriy 
sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar Oltinko`l tuman hokimining 33-sonli qarorini 
haqiqiy emas deb topishni so`ragan. 
Sud majlisida so`zga chiqqan arizachi, o`zi foydalanib kelayotgan yerni zaxiraga 
o`tkazish to`g`risidagi arizani u yozmagani va hatto imzolamaganini ma’lum qilgan. 
Va buning natijasida yer ijara shartnomasi noqonuniy bekor qilinganligini hamda 
tuman hokimining 33-sonli qarori soxta hujjatlarga asoslangan holda qabul 
qilinganligini va buni aniqlash uchun sud xatshunoslik ekspertizasi o`tkazilishini 
so`ragan. 
Javobgar vakili yerni zaxira yer fondiga o`tkazish to`g`risidagi ariza 
B.Shirinovaning o`zi tomonidan yozilganligini ma’lum qilib, ekepertiza tayinlash 
to`g`risidagi arizasini qanoatlantirishni rad etishni so`radi. Sud arizachining ekepertiza 
tayinlash haqidagi talabini qanoatlantirishni lozim topgan. 
Javobgar apellatsiya shikoyati bilan ekspertiza tayinlash to’g’risidagi ajrim ustidan 
viloyat ma’muriy sudiga murojaat qilgan. 



1-savol (20%)
Mazkur vaziyatda ekspertiza tayinlash to’g’risidagi ajrim ustidan apellatsiya 
shikoyati berish tartibi va muddatini tahlil qiling.

2-savol (10%)
Sud tomonidan ekspertiza tayinlash va unga haq to’lash tartibini tushuntiring.

3-savol (20%)
Ekspertiza turlarini qonun hujjatlari asosida tahlil qiling.

4-savol (30%)
Mazkur vaziyatda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan amalga oshirilishi lozim 
bo’lgan harakatlarni tahlil qiling.

5-savol (20%)
Mazkur vaziyat bo’yicha dalillar va isbotlash masalalarini tahlil qiling. 
JAVOB: 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling