Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

79-modda. Ekspertiza 
Ishni ko‘rib chiqish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, san’at yoki hunar 
sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud 
ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra yoki ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarning roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi. Agar ekspertizani tayinlash qonunda 
belgilab qo‘yilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoki taqdim etilgan 
dalilning qalbakilashtirilganligi to‘g‘risidagi arizani tekshirish uchun yoxud 
qo‘shimcha ekspertiza tayinlash zarur bo‘lsa, sud ekspertizani o‘z tashabbusi bilan 
tayinlashi mumkin. 
Ekspertiza o‘tkazilishi zarur bo‘lgan masalalarning doirasi va mazmuni sud 
tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza o‘tkazish 
vaqtida tushuntirib berilishi lozim bo‘lgan savollarni taqdim etishga haqli. Sud ishda 
ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan savollar rad qilinganligini asoslab berishi shart. 
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar: o‘zlari ko‘rsatgan shaxslarni ekspert sifatida 
jalb etish to‘g‘risida yoki ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida o‘tkazish 
haqida iltimos qilishga, ekspertni rad etish to‘g‘risida arz qilishga; ekspertiza tayinlash 


haqidagi ajrimga ekspert oldiga qo‘yilgan masalalarga qo‘shimcha masalalar kiritish 
to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishga; ekspertga tushuntirishlar berishga; 
ekspert xulosasi bilan yoki xulosa berishning imkoni bo‘lmaganligi haqidagi xabar 
bilan tanishishga; qo‘shimcha yoki takroriy ekspertiza o‘tkazish haqida iltimosnoma 
kiritishga haqli. 
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida yoki ekspertiza tayinlash haqidagi 
iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. 
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari
ekspertning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 
ekspertiza muassasasining nomi; ekspert oldiga qo‘yilgan savollar; ekspert ixtiyoriga 
taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar; ekspertizani o‘tkazish va sudga xulosani 
taqdim etish kerak bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi. 
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan, ekspertlarga tekshirish 
uchun zarur materiallar va hujjatlarni taqdim etmagan hollarda hamda boshqa hollarda, 
agar ishdagi mavjud holatlarga ko‘ra va shu tarafning ishtirokisiz ekspertiza o‘tkazish 
imkoni bo‘lmasa, sud aynan qaysi taraf ekspertizadan bo‘yin tovlayotganligidan, 
shuningdek uning uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, 
qaysi fakt yuzasidan ekspertiza tayinlangan bo‘lsa, o‘sha faktni tasdiqlangan yoki inkor 
etilgan deb topishga haqli. 
Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida 
ekspertiza o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va 
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin. 
“Sud ekpertizasi” to’g’risidagi qonunga ko’ra, ekspertizaga haq to’lash quyidagi 
moddada keltirilgan:

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling