Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Mazkur vaziyatdan kelib chiqib sud majlisini keyinga qoldirishning huquqiy


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

Mazkur vaziyatdan kelib chiqib sud majlisini keyinga qoldirishning huquqiy 
asoslarini tahlil qiling.
 
Bizga berilgan vaziyatda arizachi javobgar vakilining sud majlisiga kelmaganligi sababli 
2022 yil 16-yanvarga sud majlisi qoldirilganligi uchun shuningdek, javongar vakilining 
ishtirokini ta’minlash tufayli 1-fevralga qoldirilganligi arizachi U.Sultonovning 


apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilishiga asos bo’ladi. Sud muhokamasini keyinga 
qoldirish asoslarini tahlil etar ekanmiz MSIYtKning 149-moddasiga yuzlanishimiz 
zarur. Unga ko’ra: 
Sud quyidagi hollarda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli: 
agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok 
etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini 
keyinga qoldirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilgan bo‘lsa va basharti ushbu 
shaxsning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin bo‘lmasa; 
ishda ishtirok etuvchi shaxsning o‘z vakili sud majlisiga uzrli sababga ko‘ra kela 
olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi bo‘yicha; 
sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz ko‘rish mumkin 
emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda; 
tarafning qo‘shimcha dalillar taqdim etish zarurati bilan bog‘liq holda sud muhokamasini 
keyinga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi bo‘yicha; 
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilayotganda videokonferensaloqa 
o‘rnatish imkoni bo‘lmagan taqdirda; 
taraf nizoni kelishuv yo‘li bilan hal qilish maqsadida sudga ko‘maklashishni so‘rab 
murojaat etgan taqdirda, tarafning iltimosnomasiga ko‘ra. 
Sud sudning majlisida ishni ko‘rish mumkin bo‘lmagan boshqa hollarda ham sud 
muhokamasini keyinga qoldirishga haqli. 
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf 
etish uchun zarur bo‘lgan muddatga, ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun belgilangan 
muddat doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling