qoidaga asosan ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa arizani qaytarishga asos
bo'ladi deyilgan. Demak, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi Oliy sudga tegishli ishni
ko’ra olmasligi uchun arizasini qaytarish to’g’risidagi ajrim chiqarishi kerak edi.
3-savol (20%)
Mazkur vaziyatdan kelib chiqib sudga murojaat qilish muddatlarini tahlil qiling.
Biroq, bizni holatda sud xatolikka yo’l qo’yib, ariza bilan
shikoyat qilish muddati
o'tganligi sababli arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etdi. Ariza 2022-yil 15-mart
kuni
berilyapti, 2017-yil 8-fevraldagi idoraviy normativ huquqiy hujjat ustidan.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi
kodeksning 118-moddasiga ko’ra,
protsessual muddatlarni o‘tkazib yuborish oqibatlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa
qonunlarda belgilangan
protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat o‘tishi bilan protsessual
harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi. Bu holatda protsessual muddatlarning
o‘tishi ko‘rsatilgan shaxslarni o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan
ozod qilmaydi.
Protsessual muddatlar o‘tgandan
keyin berilgan arizalar,
shikoyatlar va boshqa
hujjatlar, agar o‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud
bo‘lmasa yoxud uni qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, ularni taqdim etgan shaxslarga
qaytariladi.
Ammo, idoraviy-normativ huquqiy hujjat ustidan ariza berish muddatlari qat’iyan
belgilanib qo’yilmagan. Shuning uchun bu borada sud noto’g’ri yo’l tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: