Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati 
dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) 
yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
 
5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi; 
6) ushbu Kodeksning 
27
1
-moddasida
 ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha; 
7) ushbu Kodeksning 
27
2
-moddasida
 ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi;
 


8) ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar 
bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat 
ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi. 
Kazusimizda arizachi U.Sultonov Nurafshon shahar 2-son notarial idorasi notariusining 
xatti-harakatlaridan noroziligini uni qonunga xilof deb topishni so’ragan va arizachi 
kodeksning taaluqlilik qoidasini buzmaganligini ko’rib turibmiz. 
 
5.Mazkur vaziyatdan kelib chiqib apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilishi 
lozim bo’lgan sud hujjatini tahlil qiling. 
Bizga 
berilgan 
kazusda 
sud 
tomonidan 
apellatsiya 
instansiyasida 
arizani 
qanoatlantirishni rad etish to’grisida qaror qabul qiladi. Ushbu qarorni yozishdan oldin 
plenum qarori asosida qanoatlantirishni rad etish qay hollarda amalga oshirilishini ko’rib 
chiqish lozim. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING 
SUDLAR TOMONIDAN MA’MURIY ISHLARNI APELLATSIYA TARTIBIDA 
KO’RISH AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA QARORning 22-qismiga muvofiq
“Apellatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama 
va to‘liq aniqlab, qonuniy hamda asosli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, hal 
qiluv qarori, ajrim, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat (protest)ni esa qanoatlantirmasdan 
qoldiradi”. 
ANIQLADI: 
Arizachi U.Sulaymonov Nurafshon shahar 2-son notarial idorasi notariusining xatti-
harakatlarini qonunga xilof deb topishni so'ragan. Ammo javobgarning sudga 
kelmaganligi bois ish keyinga qoldiriladi. Arizachi U. Sulaymonov 2022-yil 20-
yanvarda apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, birinchi instansiya sudining 2022-yil 
16-yanvardagi sud muhokamasini keyinga qoldirish to'g'risidagi ajrimdan norozi bo'lib, 
uni bekor qilishni so'ragan. 


Nurafshon tumanlararo apellatsiya instantsiyasi sudining 2022-yil 1-fevral qarori bilan 
arizani qanoatlantirish rad etilgan. 
Sudning mazkur qaroriga nisbatan arizachi tomonidan apellatsiya shikoyati berilib, unda 
tumanlararo ma’muriy sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, arizani qanoatlantirish 
to’g’risida yangi qaror qabul qilish so’ralgan. 
Sudlov hayati ishni javobgar vakillarining ishtirokisiz ko’rishni lozim topmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 217-
moddasiga ko’ra, sud ishni apellatsiya instansiyasi ko’rish chog’ida birinchi instansiya 
sudi halm qiluv qarorining qonuniyligini tekshiradi. 
Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko’rish 
amaliyoti to’g’risida Oliy Sud plenumi qarorining 22-qismiga muvofiq “Apellatsiya 
instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va to‘liq 
aniqlab, qonuniy hamda asosli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, hal qiluv 
qarori, ajrim, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat (protest)ni esa qanoatlantirmasdan 
qoldiradi”. 
Oʻzbekiston Respublikasi MSIYutKning 67-moddasi talabiga koʻra, ishda ishtirok 
etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni 
isbotlashi kerak. 
Shu bois, apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini 
toʻldirgan holda oʻzgarishsiz, shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Apellatsiya instansiyasi sudi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida” gi 
Qonunining 6-moddasi bilan ilova tariqasida tasdiqlangan “Davlat
boji stavkalarining miqdorlari” ning 3-boʻlimi “d” bandiga koʻra, ma’muriy sudlarga 
beriladigan apellatsiya shikoyati boʻyicha davlat boji arizalar (shikoyatlar) berilganda 
toʻlanishi lozim boʻlgan stavkaning 50 foizi miqdorida toʻlanishi belgilanganini inobatga 
olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil
25-oktabrdagi “Ma’muriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida” gi 
20-sonli qarori tushuntirishlariga rioya etib, shikoyat boʻyicha pochta xarajatlari 


toʻlanganini, davlat boji qisman toʻlanganini hamda shikoyat qanoatlantirilmasdan 
qoldirilayotganini nazarda tutib, davlat bojining qolgan qismini arizachi
U. Sulaymonovdan undirishni lozim topadi.
Yuqorida bayon etilganlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi MSIYutKning 215, 219 
va 221-moddalariga qoʻllanib, apellyatsiya instansiyasi sudi 
QAROR QILADI: 
Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining 2022-yil 1-fevraldagi qarorini haqiqiy emas 
deb topish xususidagi arizasini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori 
o’zgarishsiz, apellatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin. 
Apellatsiya shikoyati bo’yicha arizachidan bir million ikki yuz ming so’m davlat boji 
undirilsin 
Apelatsiya shikoyati bo’yicha pochta harajatlari oldindan to’langani inobatga olinsin.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling