Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

20-kazus 
Fuqaro D.Sotiboldievga Urgut tuman, "Ko'kcha" MFY, Beruniy ko'chasida 0,6 
gektar yer uchastkasi ajratish to'g'risida Urgut tuman hokimining 2020-yil 5-dekabrdagi 
qarori qabul qilingan. D.Sotiboldiev mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini 
tayyorlab berishni so'rab, ariza bilan yer resurslari va davlat kadastri Urgut tuman 
filialiga murojaat qilgan. Yer resurslari va davlat kadastri Urgut tuman filiali xodimlari 
arizaga asosan yer uchastkasi chizmasini chizish va kadastr hujjatlarini tayyorlash va 
boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun yer uchastkasiga kelganlarida fuqaro 
D.Sotiboldievning opasi L.Sotiboldieva ularga qarshilik ko'rsatganligi, tuman 
hokimligi qarorida qayd etilgan hududdagi yer maydonining ma'lum bir qismidan 
L.Sotiboldieva foydalanib kelgayotganligi va yer maydonining ushbu qismlari devor 
bilan o'ralganligi aniqlangan. Yer resurslari va davlat kadastri Urgut tuman filiali 
xodimlari yer uchastkasi nizoli bo'lganligi uchun D.Sotiboldievning arizasini 


qanoatlantirishni rad etgan. Shu sababli, arizachi D.Sotiboldiev sudga ariza bilan 
murojaat qilib, javobgar yer resurslari va davlat kadastri Urgut tuman filiali mansabdor 
shaxslari xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so'ragan. Samarqand 
tumanlararo ma'muriy sudining 2021-yil 20-martdagi hal qiluv qarori bilan 
arizachining arizasi qanoatlantirilgan. 
Bundan norozi bo'lgan yer resurslari va davlat kadastri Urgut tuman filiali 
boshlig'i o'rinbosari apellatsiya shikoyati kiritgan. 
1-savol (20%) 
Sudlovga taalluqlilik masalasini tahlil qiling. 
6-modda. Sudga taalluqli ishlar 
Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va 
boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, 
iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. 
Qonun bilan ma’muriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi 
mumkin. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy sud o‘ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va 
ma’muriy organlar, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga 
oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi.
 
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga yoki 
fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
 



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling