Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

2-savol (20%) 
Mazkur vaziyatdan kelib chiqib apellatsiya shikoyati keltirish huquqi va 
tartibini tahlil qiling. 
200-modda. Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi 
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo 
huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi 
instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati 
berishga, prokuror esa apellatsiya protesti keltirishga haqli. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy 
kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan 
tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno. 
(200-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) 


Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) 
mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
201-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘ruvchi sud 
Apellatsiya shikoyati (protesti): 
tumanlararo ma’muriy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan; 
hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi 
Harbiy sudi tomonidan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy 
sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan 
berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov 
hay’ati tomonidan ko‘riladi. 
(201-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 
03/21/662/0012-son) 
202-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi 
Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv 
qarorini qabul qilgan sudga beriladi. 
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh 
kunlik muddatda uni apellatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
200-201-moddalari



203-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) hal 
qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin. 
(203-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi 
O‘RQ-662-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat 
(protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi 
tomonidan, apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining 
sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin. 
(203-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi 
O‘RQ-662-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) 
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida 
apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda 
ko‘rsatiladi. 
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellatsiya 
shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
200

202-moddalari

204-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni 
Apellatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyatni (protestni) 
bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. 


Apellatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 
1) apellatsiya shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi; 
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi
ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) bergan 
shaxsning qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga va dalillarga havola 
qilgan holda hal qiluv qarorini noto‘g‘ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslari; 
(204-modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. 
Apellatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks 
raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
200 — 203

206-moddalari

205-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxalarini yuborish 
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa 
shaxslarga apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini va unga ilova 
qilingan, bu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarni yuborishi yoki tilxat bilan shaxsan 
topshirishi kerak. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
200 — 204

206-moddalari



206-modda. Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar 
Apellatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
1) davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat; 
(206-moddaning birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-
oktabrdagi O‘RQ-496-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son) 
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, 
ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini 
yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; 
3) apellatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga 
doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat. 
Apellatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protestning va unga ilova 
qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari 
yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. 
Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi 
ajrim ustidan berilgan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va 
uni sudga berish chog‘ida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling