Futbolchilarda tеzkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi xususiyatlar


Download 339 Kb.
bet2/15
Sana05.10.2023
Hajmi339 Kb.
#1692786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Туланбоев Ф БМИ

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab jismoniy tarbiya va sportga katta eʻtibor koʻrsatila boshlandi. Shu boisdan ham jismoniy tarbiya va sportga oid Oʻzbyekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari shular jumlasidandir. Mazkur meʻyoriy xujjatlarning amalga oshirilishi oʻsib kelayotgan avlod salomatligini mustahkamlashda dasturi amal boʻlib xizmat qiladi. Ushbu oʻquv muassasalarining moddiy-tyexnik baʻzasini muntazam yangilab borish, tizimli asosda zamonaviy kompyutyer tyexnikasi, oʻquv-laboratoriya uskunalari, myebyel va oʻquv anjomlari bilan qayta jihozlash, ularni talab darajasida saqlash hamda yaratilgan bu ulkan salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida mutlaqo yangi bir tuzilma-moliya vazirligi huzurida maxsus jamgʻarma tashkil etildi.
Oʻtgan oxirgi 10 yil davomida bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1113 ta bolalar sporti obʻyekti, jumladan, 252 ta yangi sport kompleksi, 861 sport zali barpo etilgani, bularning 84 foizi qishloq joylarida qurilganini taʻkidlash lozim.
Bundan tashqari, faoliyat koʻrsatayotgan 262 ta sport inshooti rekonstruktsiya qilindi va kapital taʻmirlandi. Bu maqsadlar uchun 570 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirildi. Birgina oʻtgan yilda 92 ta bolalar sporti obʻyekti va 16 ta suzish havzasi qurildi va rekonstruktsiya qilindi.
Bugungi kunda umumtaʻlim maktablarining soni 9600 tani tashkil etadigan boʻlsa, ularning 81 foizi yangidan qurilgan va rekonstruktsiya qilingan sport zallariga ega.
1549 ta kollej va litseylar zamonaviy jihozlangan sport zallari bilan 100 foiz taʻminlangan.
Ayni vaqtda sport obʻyektlaridan toʻla va samarali foydalanish unib-oʻsib kelayotgan farzandlarimiz, ayniqsa, qizlarimizning sportga boʻlgan qiziqish va intilishini orttirish yoʻlida muhim oʻrin tutadi.
Hozirgi paytda yangidan bunyod etilgan bolalar sporti obʻyektlarida faoliyat koʻrsatayotgan 57,5 mingdan ortiq sport soniyatsiyalarida 1 million 800 ming nafardan ziyod bola sport bilan shugʻullanayotgani va buning natijasida har qaysi sport inshootining kundalik oʻrtacha bandlik darajasi 9,2 soatga yetgani, hech shubhasiz, faoliyatimizning eng muhim samarasi, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.
Oʻtgan besh yilda mamlakatimizning barcha viloyatlarida namunaviy loyihalar asosida hajmi 25 metrga 12 metr boʻlgan 14 ta yangi, zamonaviy yopiq suzish havzasi barpo etildi, 13 ta suzish havzasi qaytadan qurildi, 83 tasi kapital taʻmirlandi. Shu davrda 110 ta suzish havzasi foydalanishga topshirildi, ularning umumiy soni bugungi kunda yurtimiz boʻyicha 203 taga yetdi.
Hozirgi vaqtda 13 ming nafardan ortiq oʻgʻil-qizlarimiz mamlakatimizda ayni shu sport turlari bilan muntazam ravishda shugʻullanayotgani alohida eʻtiborga sazovor.
Mamlakatimiz katta tennis va stol tennisi, badiiy va sport gimnastikasi, suzish, yengil atletika, futbol, gandbol, voleybol, futbol, dzyu-do, kurash va dunyo boʻylab keng tarqalgan boshqa sport turlari jadal rivojlanib, tobora ommaviylashib bormoqda.
Ayni paytda, yuqorida aytilganidek, yurtimizda 1 million 800 ming nafardan ortiq bola 30 dan ziyod sport turi bilan muntazam shugʻullanmoqda. Bu raqam, 2003-yilga nisbatan olganda, 1,4 barobar koʻpdir. Shu davrda maktab oʻquvchilarini jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlariga jalb etish 20,4 foizdan 40,5 foizga, jumladan, qizlar oʻrtasida 16,4 foizdan 32,5 foizga oʻsgani, albatta, hammamizni quvontiradi.
Shuni alohida taʻkidlash lozimki, oʻtgan yillar davomida qishloq joylarda bolalar sportini rivojlantirish bilan bogʻliq ishlar tubdan yaxshilandi.
Agarki raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, soʻnggi oʻn yilda qishloq joylarida bolalarning sport bilan Shugʻullanishi 14,5 foizdan 39 foizga oʻsganini koʻrish mumkin. Bugungi kunda qishloqlarda sport bilan muntazam ravishda Shugʻullanadigan bolalarimiz soni 2003-yilga nisbatan ikki barobar koʻpdir.
Hozirgi kunda xalharo sport olamida natijalar keskin oʻsib bormoqda. Sport mashgʻulotlari mobaynida shugʻullanuvchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda yoshlarimizni tarbiyalash Respublikamizdagi umumiy
oʻrta taʻlim maktablari oldida turgan asosiy vazifalardir. Shu boisdan
ham umumiy oʻrta taʻlim maktablarida oʻquvchilarni har tomonlama
garmonik rivojlanishi asosiy muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Biz
tomonimizdan tanlangan "Futbolchilarda kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish xususiyati" bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri boʻlib hisoblanadi.

Download 339 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling