Futbolchilarda tеzkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi xususiyatlar


Kuchni tarbiyalash kuch jismoniy fazilat ekani


Download 339 Kb.
bet6/15
Sana05.10.2023
Hajmi339 Kb.
#1692786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Туланбоев Ф БМИ

Kuchni tarbiyalash kuch jismoniy fazilat ekani. Tushunchaning taʻrifi. Kuchning namoyon boʻlish formalari. Kuch deganda kishidagi harakatlarning tezlik xarakteristikasini, Shuningdek, harakat reaktsiyasining vaqtini bevosita va asosan belgilovchi funktsional xususiyatlar kompleksi tuShuniladi. Kuch namoyon boʻlishining uchta asosiy (yoki elementar) formalari mavjuddir:
1) harakat reaktsiyasining latent (yashirin) vaqti;
2) ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik boʻlganda);
3) harakatlar chastotasi.
Kuch namoyon boʻlishining elementar formalari bir-biriga nisbatan bogʻliq emas. Bu ayniqsa harakat reaktsiyasining harakat tezligi koʻrsatgichlariga koʻpincha aloqador boʻlmaydigan vaqt koʻrsatgichlariga taalluqlidir.
Koʻrsatib oʻtilgan uchta formaning birgalikda kelishi kuch namoyon boʻlishining barcha hollarini belgilaidi. Masalan, sprinter yugurishdagi natija start olishdagi reaktsiya vaqtiga, ayrim harakatlarninr (depsinish, sonni oldinga oʻtkazish va boshq.) tezligiga va qadamlar surʻatiga bogʻliq. Amalda esa kuch namoyon boʻlishining aytib oʻtilgan elementar formalari emas, balki yaxlit harakatlarning (Yugurish, suzish va hokazolarning) tezligi katta ahamiyatga ega, albatta. Biroq murakkab-koordinatsion yaxlit harakatlardagi tezlik faqat kuch darajasiga emas, balki boshqa sabablarga ham bogʻliq. Masalan, Yugurishda ilgarilab ketish tezligi qadam uzunligiga bogʻliqdir, qadam uzunligi esa, oʻz navbatida, oyoqning uzunligi va depsinish kuchiga bogʻliq. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi kishining tezkorligini faqat bilvosita xarakterlaydi, mufassal tahlil qilishda esa faqat kuch namoyon boʻlishining elementar formalarigina ahamiyatliroqdir.
Maksimal tezlikda bajariladigan koʻp harakatlarda ikki fazani bir-biridan farq qiladilar: 1) tezlikning brtib borish fazasi (tezlashib ketish fazasi) va 2) tezlikning nisbatan stabillashish fazasi. Start tezlanishi birinchi fazaning, masofadagi tezlik esa ikkinchi fazaning xarakteristikasidir. Tezlikni tez oshira borish qobiliyati va masofani katta tezlikda oʻtish qobiliyati-nisbatan bir-biriga bogʻliq emas. Start tezlanishi yaxshi boʻlgani holda masofadagi tezlik kam boʻlishi yoki, aksincha, koʻp boʻlishi mumkin.
Kishining tezlik qobiliyatlari umuman ancha spetsifik boʻladi. Faqat bir-biriga oʻxshash harakatlardagina kuch toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bevosita bir-biriga koʻchishi mumkin. Jumladan, turgan joydan sakrash natijalarining anchagina yaxshilanishi oyoqni rostlashning ahamiyati katta boʻlgan sprintcha yugurish, yadro turtish va boshqa mashqlardagi koʻrsatgichlarga darhol ijobiy taʻsir etadi; ayni vaqtda suzish, boksda zarb berish, mashinkada yozish tezligiga bularning taʻsiri sezilmaydi. Asosan jismoniy jihatdan boʻshroq tayyorlangan kishilarda kuch koʻproq koʻchib oʻtadigan boʻladi.
Harakatlantiruvchi reaktsiya tezkorligini tarbiyalash metodikasi. Oddiy reaktsiya tezkorligini tarbiyalash. Harakatlantiruvchi reaktsiya tezligi taʻsirga javob berishning latent vaqti bilan belgilanadi. Reaktsiyalar oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy reaktsiya oldindan maʻlum boʻlgan (toʻsatdan paydo boʻladigan) signalga ilgaridan maʻlum boʻlgan harakat bilan javob berishdir. Bunga Yugurishda start olish, pistoletdan siluyetlarga qarab tezkor otish va boshqaar misol boʻla oladi. Reaktsiyalarning qolgan barcha tiplari murakkab reaktsiyalardir.
Harakatlantiruvchi reaktsiyaning tezkorligi katta amaliy ahamiyatga ega. Hayotda biror bir signalga daqimal vaqt ichida javob berish talab qilinadigan hodisalar tez-tez uchrab turadi. Masalan, hozirgi zamon texnikasi koʻpchilik hollarda tez reaktsiya boʻlishiga yuqori talablar qoʻyadi.
Kuchning juda koʻp oʻtishi (boshqa biror harakatga oʻtishi) oddiy reaktsiyalar uchun xarakterlidir: ayrim vaziyatlarda tezda biror qarorga keluvchi kishilar boshqa sharoitlarda ham tezroq biror fikrga keladilar. Tez bajariladigan xilma-xil mashqlar bilan Shugʻullannsh oddiy reaktsiya tezkorligini yaxshilaydi. Biroq teskari yoʻnalishda koʻchish sodir boʻlmaydi: reaktsiya tezkorligiga doir mashqlar amalda harakatlarning tezligiga taʻsir etmaydi (R.I.Nurimov)
Kuchni tarbiyalash metodlari ichida takroriy mashq metodi keng qoʻllaniladi. Bundagi asosiy tendentsiya mashgʻulotda oʻz maksimal tezligini oshirib borishga intilishdir. Metodning barcha xususiyatlari (masofaning uzunligi, bajarish intensivligi, dam olish intervallari, takrorlash soni va boshqaar) Shunga boʻysundirilgan. Masofaning uzunligi (yoki mashqning qancha davom etishi) har galgi mashq bajarish oxirida siljish tezligi (ishning intensivlpigi) kamaymaydigan qilib tanlanadn. Harakatlar maksimal tezlikda bajariladi; Shugʻullanuvchilar har gal oʻzlari uchun eng yaxshi natija koʻrsatishga intiladilar. Mashqni bajarish gallari oʻrtasidagi dam olish intervallari kuchning nisbatan toʻla tiklanishini taʻdaqlaydigan darajada katta boʻlishi lozim. Harakatlarning tezligi takrorlashlar oʻrtasida sezilarli darajada kamaya bormasligi kerak.
Shunday qilib, dam olish intervallari, bir tomondan, markaziy nerv tizimining qoʻzgʻaluvchanligi unchalik pasayishga ulgurmaydigan darajada qisqa, ikkinchi tomondan vegetativ funktsiyalar koʻrsatgichi ozmi-koʻpmi toʻla tiklanadigan darajada uzoq muddatli boʻlishi kerak. Shunday boʻlishi mumkin ekan, chunki ishdan keyingi davrdagi tiklanish protsesslari bir tekisda boʻlmas ekan, chunki ish tugagan zahoti tiklanish juda tez boʻlib, keyin esa soniyainlashar ekan. Tiklanish davrining boshlangʻich uchdan bir qismiga tiklanishning 70%, ikkinchi uchdan bir qismiga-25%, uchinchisiga esa 5% toʻgʻri keladi, deb hisoblash mumkin. Shuning uchun, masalan, 100 m ga Yugurgandan keyin tiklanishga 1ʻ2 daq. ketsa, 8 daqutdan keyin sportchining ish qobiliyati 95% tiklangan boʻladi, bu esa 100 m ga keyingi yugurishni amalda tezlik pasaymasdan boshlashga imkon beradi. Takrorlash oʻrtasidagi intervallarda faol dam olishdan foydalanish kerak-bu markaziy nerv tizimining yetarlicha qoʻzhaluvchan holatda boʻlishiga imkon beradi. Faol dam olish uchun asosiy mashqda ishtirok etadigan muskul gruppalari ishlaydigan, lekin intensivligi kamroq mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Bu holda afferen impulsatsiyalarning doimiy oqimi mazkur harakatdagi asosiy yuklama toʻgʻri keladigan harakat nerv markazlarining yuqori darajada qoʻzgʻaluvchan boʻlib turishini taʻdaqlaydi. Masalan, yugurishda dam olishlar bamaylixotir yurish yoki bemalol soniyain yugurishdan, suzishda esa, suvdan chiqmay soniyain-asta harakatlar qilishdan iborat boʻlishi kerak.
Tez bajariladigan mashqlarning takrorlanishida toʻla tiklanish uchun dam olish intervallarining yetarli boʻlmaganligi sababli charchash nisbatan tez boshlanadi, tashqi tomondan bu tezlikning pasayganligida ifodalanadi. Tezlikning bu pasayishi mazkur mashgʻulotda kuchni tarbiyalashni toʻxtatish uchun birinchi signal boʻlib xizmat qiladi: bundan keyin mashqni takrorlash faqat chidamlilikning oʻsishiga yordam beradi, xolos.
Kuch yuksak daraja namoyon boʻlishning muhim sharti markaziy nerv tizimi qoʻzgʻaluvchanligining optimal holatidir. Bunga Shugʻullanuvchilar oldingi faoliyat davomida charchamagan boʻlsalargina erishishi mumkin. Shuning uchun tezkor mashqlar mashgʻulotning boshrogʻida bajariladi; mashgʻulotlar tizimida esa bu mashqlarni asosan dam olish kunidan keyingi birinchi yoki ikkinchi kunga rejalashtiradilar.
Kuchning namoyon boʻlishi uchun mashgʻulotlarda oʻyin va ayniqsa musobaqa metodidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Musobaqalar odatda koʻtarinki ruh paydo qiladi, kishini anchagina zoʻr berishga majbur etadi - bu esa koʻp hollarda sport natijalarining yaxshilanishiga olib keladi.
Tajriba koʻrsatadiki, maksimal kuchni sezilarli oshirish juda ham qiyin; kuch imkoniyatlarini oshirish esa birmuncha yengil hal qilinadi. Shuning uchun amalda tezlik darajasini oshirish uchun kuch oshiradigan mashqlardan keng foydalaniladi. Harakat vaqtida yengish lozim boʻlgan qarshilik qanchalik koʻp boʻlsa, bu mashqlarning samaradorligi shunchalik yuqori boʻladi.
Harakatlar tezligini oshirishga qaratilgan kuch oshirish tayyorgarligi protsessida ikki asosiy vazifa hal qilinadi:
-maksimal muskul kuch darajasini (kuch qobiliyatlarining oʻzini) oshirish;
-tez harakatlar sharoitida eng koʻp kuch namoyon qilish qobiliyatini (tezkor-kuchlilik qobiliyatlarini) tarbiyalash.
Tez harakatlar sharoitida eng koʻp kuch namoyon qilish qobiliyatini tarbiyalashda takroriy orta boruvchi mashq metodidan foydalaniladi.
Texnik tayyorgarlik. Tezlik harakatlarini bajarayotgan vaqtda holatlarni his etish va tuzatish ancha qiyinlashishi qayd qilingan edi. Shuning uchun harakatlarni katta tezlikda texnik jihatdan toʻgʻri bajarish juda murakkab masaladir. Amalda harakatlarni tez bajarish texnikasini harakatni soniyain bajarib oʻrganadilar (keyinchalik tezlik maksimal ravishda oshiriladi) yoki mashqni maksimal tezlikda bajarib, texnikani oʻzlashtirishga urinib koʻradilar. Bu har ikkala yoʻlning ham oʻz kamchiliklari bor. Birinchi holda harakatlarni soniyainroq bajarishga oʻrgangan oʻquvchi keyinchalik uni maksimalga yaqin tezlikda texnik jihatdan toʻgʻri bajara olmaydi. Bu shu tufayli sodir boʻladiki, soniyainroq va maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar, makon xususiyatiga koʻra oʻxshash boʻlsalar-da, tezkor-kuchlilik parametrlari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ikkinchi holda oʻquvchi oʻz diqqat-yeʻtiborini harakatlarni tezroq bajarish istagi bilan uni toʻgʻriroq bajarish istagi oʻrtasida taqsimlay olmaydi, buning ustiga vazifaning texnik jihatdan murakkabligi uni juda qiynab qoʻyadi. Natijada u toʻgʻri texnikani egallab ololmaydi.
Bundan qutilish uchun ikki shartga rioya qilish tavsiya qilinadi. Birinchidan, oʻrgatishni maksimal tezlikka yaqin boʻlgan tezlikda (buni “kuchning 9/10 qismicha” deyishadi) oʻtkazish kerak. Bunda harakatlarning tezkor-kuchlilik strukturasi maksimal tezlik holatdagidan farq qilmasligi, lekin, shu bilan birga, harakatlar texnikasini nazorat qilish imkoni boʻlishi kerak. Bunday tezlik “Nazorat qilinadigan” tezlik degan nom olgan. Ikkinchidan, harakatlarni nisbatan kichik tezlikdan maksimal darajagacha oʻzgartira borib, har xil tezlikda bajarish kerak.

Download 339 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling