Futbolchilarda tеzkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi xususiyatlar


-12 yoshda bolalarda kuch va chidamlilikni rivojlanishi


Download 339 Kb.
bet8/15
Sana05.10.2023
Hajmi339 Kb.
#1692786
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Туланбоев Ф БМИ

1.3. 10-12 yoshda bolalarda kuch va chidamlilikni rivojlanishi. Kuch koʻpaymasa sport mahoratiga yetishib boʻlmaydi. Harakat tezligi hamda chidamlilik va chaqqonlik koʻp jihatdan muskullar kuchiga bogʻliq. Muskullar kuchi bosh miya qobigʻi faoliyatiga mos keladigan markaziy nerv tizimining ahvoliga, muskullarning fiziologik koʻndalang kesimiga, muskullarda boʻladigan bioximik jarayonlarga, muskullar qoʻzgʻoluvchanligining oʻzgarishiga, ularning charchoqlik darajasiga va boshqa sabablarga bogʻliq boʻladi, bosh miya qobigʻidagi xarakatlantiruvchi zonaning nerv toʻqimalaridan chiqadigan nerv impulʻslari kelgandagina muskul kuchi sodir boʻladi. Bu, nerv tizimi funktsional imkoniyatlarining hal qiluvchi ahamiyati bor ekanini koʻrsatadi.
Ayniqsa yangi, 12-13 yoshli oʻquvchilarda muskul kuchini rivojlantirish birinchi navbatda oʻz muskullarini boshqara bilish, ularni qisqartira olish va koʻproq kuch berib kuchlantira olish (nerv ­ muskul koordinatsiyasini yaxshilash) hisobiga boʻladi.
Shu bilan bir vaqtda, katta iroda kuchi koʻrsata bilishni oʻrgata borilgani ham muhimdir. Bundan tashqari, muskul kuchini namoyon qila olish nerv toʻqimlaraning funktsional imkoniyatini oshirish yoʻli bilan ham rivojlantiriladi. Muskul kuchi uning fiziologik koʻndalang kesimiga toʻgʻri proportsional boʻlgani uchun, jismoniy mashqlar taʻsirida muskul massasi ortgan sari muskul kuchi ham koʻpaya boradi, shu bilan birga, muskullarda aylanish kuchayadi, modda almashinish yaxshilanadi, energiya beradigan moddalar koʻpayadi.
Muskul kuchining bu asosiy tomonlari oʻzaro uzviy bogʻliqdir. Biroq mashq va metodlarni, muskul massasini koʻproq oshiradigan yoki nerv toʻqimalarining tegishli funktsional imkoniyatlari darajasini oshirib, kuchni namoyon qila olishni yaxshilaydigan qilib tanlash mumkin.
Oʻquvchilar tanasidagi hamma muskullar kuchli, garmonik rivojlangan boʻlishi kerak. Lekin tana muskulaturasining rivojlanish darajasiga boʻlgan talab yengilatletikaning turiga bogʻliqdir.
Uloqtiruvchilarga kuchni hammadan koʻp rivojlantirish kerak boʻlsa, marafonchilarga hammadan kam kuch kerak.
Har qanday oʻquvchi jismoniy mashgʻulotda albatta kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ishlatiladi. Anchagina koʻp muskul kuchi namoyon qila olishni yaxshilash uchun, katta va maksimal kuchlanish metodlari qoʻllaniladi. Bu maxsus tanlab olingan mashqlarni katta va maksimal kuch bilan (maksimaldan 75-100%) takror­takror bajarish demakdir. Bunday mashqlarda sportning qaysi turida mumkin qadar koʻp kuch sarflashni oʻrgatib olish maqsad boʻlsa, Shu turning yoki shu tur elementning koordinatsion struktura yaxlitligi saqlab qolinadi. Mashqni qiyinlashtira borish (shtanga va snaryadlar ogʻirligini, sakrash balandligini, yugurish tezligini oshira borish) ham bu mashqlarga xos xususiyatdir.
Muskullar massasini oshirish uchun, mashqlar to harakat toʻgʻriligi buziladigan darajada muskullar charchaguncha toʻxtovsiz bajariladi (“Nihoyagacha” metodi). Bunday mashqlar struktura jihatdan, odatda sportchi ixtisos olayotgan yengil atletik turning elementlariga oʻxshaydi. Bunda kuch kelish oʻrtacha yoki katta (maksimaldan 50­70%) boʻlishi kerak.
Kuchni rivojlantirish uchun elementlar mashqlardan tortib, to yaxlit yengil atletitka turiga (sakrash, uloqtirish, startdantashlanish) qadar har xil dinamik mashqlardan foydalaniladi. Kuchni rivojlantirishda yuk koʻtarish mashqlari, oʻz vaznidan foydalanib yoki sherigi qarshiligini yengib bajariladigan mashqlar eng koʻp qoʻl keladi.
Bundan tashqari, kuchni statik namoyon qilish qoʻllanadi. Ogʻirligi 2,5 kg dan ortiq gantellar, 10­15 kg gacha qum bilan toʻldirilgan xaltalar, 2­5 kg lik toʻldirma toʻplar, 16 va 32 kg lik toshlar va shtangalar yuk tariqasiida xizmat qiladi.
Ogʻir yuk bilan, masalan, shtanga bilan bajariladigan mashqlar tananing hamma muskullariga, ayniqsa yirik va baquvvat muskul gruppalariga, yengil yuk (masalan, toʻldirma tuplar, gantellar) bilan bajariladigan mashqlar esa ayrim muskul gruppalarga taʻsir qiladi.
Atlet ancha ogʻir yuk koʻtarib mashq bajarayotganda, baʻzan nafas ritmini buzadi yoki butunlay nafas olmay qoladi. Toʻgʻri nafas olishga juda katta eʻtibor berish, maksimal ogʻirlik bilan qilinadigan mashqlarni bir martagina bajarib, keyingisini boshlash oldidan 2­5 minut vaqt oʻtkazmoq kerak.
Yengil Yuk bilan bajariladigan mashqni qatorasiga 2­3-marta takrorlash (ayrim vaqtda ozroq) kerak. Ogʻirlik qancha oz boʻlsa, mashqni Shuncha koʻp toʻxtovsiz bajarish mumkin. Muskul hajmini oshirish uchun bajarilayotgan mashqlarni har doim muskullarda charchoq sezilgunga qadar takrorlash kerak.
Yuk koʻtarib qilinadigan mashqlarni birinchi vaqtlarda soniyain ­ asta, keyinchalik ogʻirlik imkon berganicha tez bajarish tavsiya etiladi.
Oʻz ogʻirligini koʻtarish hamda sherigi qarshiligini yengish mashqlari yuk koʻtarish mashqlariga yaqin. Bulardan tipikrogʻi ­ oʻz gavda ogʻirligidan foydalanib bajaradigan oʻtirib ­ turish (asosan bir oyoqda), sakrash jumladan, pastga sakrab tushib, shu zahoti depsinish, osilgan holatda tortilish, tayanib yotgan holatda qoʻllarini bukib ­ toʻgʻrilash kabi mashqlardir.
Yuk koʻtarish mashqlaridagi singari bu mashqlarda ham qanchalik kichik muskul gruppasi ishlaydigan boʻlsa, tananing borib kelish yoʻli qancha boʻlsa, mashq koʻp takrorlanadi. Bora ­ bora soniyainroq harakatlardan tezroq harakatlarga, yengilroqlaridan qiyinroqlariga oʻtish kerak. Keyinchalik esa, maksimal tezlik bilan, bajariladigan mashqlarga koʻproq oʻrin beriladi.
Sherigi bilan koʻtarishib, qarshiligini yengib, tortishib va turtishib bajariladigan mashqlar muskullarga umumiy va tanlangan taʻsir koʻrsatish imkonini beradi. Bu yerda kuchlilikda va bu kuchdan foydalana olishda musobaqalashayotgan atletlarning irodalari kuchini koʻrsata olishlarining katta ahamiyati bor.
Trenirovkada ogʻirlik qoʻshib bajariladigan yengil atletik mashqlardan ham ­ ogʻirroq asboblarni uloqtirish, yelkaga qum toʻldirilgan (6 ­ 12 kg) xalta olib sakrash mashqlari, ogʻi (5 ­ 6 kg) belbogʻ bilan yuqoriga sakrash kabi mashqlardan ham foydalaniladi. Bunuqa mashqlarda harakatning strukturasi deyarli oʻzgarmaydi, lekin atlet uchun odatdagidan koʻproq kuch sarflashi kerak boʻladi. Kuch atlet uchun zarur sharoitga yaqin sharoitda taraqqiy etadi.
Bu metodni ogʻirlashtirilgan asboblar bilan shugʻullanadigan uloqtiruvchilar koʻproq qoʻllaydilar. Lekin ogʻirlik qoʻshib bajariladigan mashqlarni boshqa yengil atletikachilar ham muvaffaqiyat bilan qoʻllashlari mumkin. Masalan, ilmiy tekshirishlar sakrash mashqlarida ogʻirliklardan foydalanganlarning sakrovchanligi, undan foydalanmaganlarga nisbatan koʻproq ortganini koʻrsatdi.
Mashgʻulot davomida oʻquvchilar ogʻir poyabzal kiyib yoki 5 ­ 6 kg li belbogʻ (qoʻrgʻoshin boʻlakchalari yoki pitra solingan brezent belbogʻ) bogʻlab, maxsus mashqlar bajarishlari mumkin.
Ogʻirliklar bilan bajariladigan yengil atletika mashqlari yordamida maʻlum muskul gruppalari massasini oshirishgina emas, balki juda katta iroda kuchi namoyish qila bilish qobiliyatini ham tarbiyalash mumkin. Bunday mashqlarni mumkin qadar maksimal tezlikda bajarish kerak.
Ogʻirliklar bilan bajariladigan mashqlarini xuddi shu mashqlarning ogʻirliksiz bajarilishi bilan almashtirib turish kerak. Odatda mashq oldin ogʻirliksiz. Keyin ogʻirlik bilan bajariladi.
Oʻquvchilar jismoniy tayyorgarligida statik kuchlanish mashqlaridan ham (“izometrik” metod) foydalaniladi. Sportchi, masalan, yelkasi bilan past turnikka turanib yoki juda ham ogʻir shtangani yerdan uzish uchun, yarim bukik oyoqlarini toʻgʻrilashga harakat qilib, mumkin qadar maksimal kuchlanish sarflaydi. Bunday nihoyaga yetib turgan statik kuchlanishda, bosh miyaning kuch kelayotgan muskul gruppalariga oid nerv toʻqimalariga ayniqsa katta talab qoʻyiladi.
Tabiiyki, bunday kuchlanishga javoban nerv toʻqimalarining funktsional imkoniyatlari ortadi­da, sportchi yana ham koʻproq kuch bera oladi. Nerv toʻqimalarining funktsional imkoniyatlari oshganligi dinamik harakatlarda ham koʻproq kuchlanish sarflash imkoniyatini beradi.
Katta va maksimal statik kuchlanishli har qaysi mashq bir mashgʻulot mobaynida 5 ­ 6 soniyaunddan 2 ­ 4-marta takrorlanadi. Bu metod faqat kattalarga tavsiya qilinadi.
Oʻquvchilar gavdasidagi hamma muskullarini rivojlantirish uchun, koʻproq kuch keladigan xilma ­ xil jismoniy mashqlar qilishlari kerak. Tayyorlangan yaxshi sportchilar tanlab olgan turlarida muvaffaqiyatga erishish qaysi muskul gruppalari kuchli boʻlishini talab qilsa, oʻsha muskul gruppalarini rivojlantirishlari kerak.
Albatta, ular kuchni rivojlantiruvchi mashqlar bilan oʻzlarining umumiy jismoniy tayyorlik darajalarini saqlab borishlari kerak.
Kuch koʻpaytiradigan mashqlar trenirovkaning tayyorlov davrida koʻproq, musobaqa davrida esa kamroq qoʻllanadi. Lekin musobaqa davrida ham kuch talab (koʻpincha maksimal kuchlanish talab qiladigan) maxsus mashqlar yetarli darajada qoldiriladi. Bu kuch taraqqiyotida erishishlgan darajani saqlab qolish uchungina emas, balki uni yanada oshirish uchun ham kerak boʻladi.
10-12 yoshli oʻquvchilarda chidamlilikni rivojlantirish. Chidamli boʻlish oʻquvchilarda faqat musobaqalarda qatnashish vaqtida emas, balki katta hajmdagi trenirovka ishini bajarish uchun emas, balki katta hajmdagi trenirovka ishini bajarish uchun ham kerak. U organ va tizimlarning (ayniqsa markaziy nerv tizimsi, yurak­qon tomir, nafas olish tizimlari va muskul apparatining) tayyorlik darajasiga, sport texnikasiining takomil darajasiga va harakatlarini tejamli bajara bilishga bogʻliqdir.
Chidamlilik umumiy va maxsus boʻladi. Umumiy chidamlilik ­ har qanday sportchining umumiy jismoniy rivojlanishining tarkibiy qismi boʻlib, avvalo markaziy nerv tizimsidagi, yurak ­ qontomir, nafas olish va boshqa tizimlardagi jiddiy ijobiy oʻzgarishlarning natijasidir. Yengil atletika ayrim turlarining xususiyatiga qarab sportchiga maxsus chidamlilik kerak.
Maʻlumki, qisqa masofaga yuguruvchi marafoncha yugurishda, marafonchi esa 400 m tez yugurishda chidamsizdir. Koʻp soatli musobaqaga bardosh bera oladigan langarchoʻp bilan sakrovchi, 1500 m ga yugurishda chidamsiz boʻlib chiqishi mumkin. Sportning har bir turidagi maxsus chidamlilikning oʻziga xosligi shu qadar zoʻrki, uning har biri uchun oʻz metodikasi boʻlishi kerak.
Umumiy chidamlilik yillik trenirovkaga kiritilgan jismoniy mashqlarning deyarli hammasi vositasida hosil qilinadi.
Tayyorgarlik darajasi yuqori boʻlgan yuguruvchilar va tez yuruvchilarning umumiy chidamlilikni oshirish uchun yugurish masofalari 20 ­ 30 km gacha yetishi mumkin. Bunda tezlik katta boʻlmasligi kerak. Bunda yugurishlari bor mashgʻulotlar haftada 3-marta, eng kuchli stayerlarda esa tayyorlov davrining 3 ­ 5 oyi davomida haftada 6­7-marta oʻtkaziladi. Umumiy chidamlilik asosan tayyorlov davrida rivojlantiriladi, musobaqa davrida esa faqat saqlab boriladi.
Umumiy chidamlilik, sportchining umumiy ish qobiliyati va ularning sogʻliq darajasini belgilash bilan birga, maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. U qancha yuqori boʻlsa, shu asosida maxsus chidamlilik ham shuncha yaxshi rivojlanadi.
Chidamlilikni maʻlum bir tartibda rivojlantirish kerak. Oldin (tayyorlov davrida) umumiy chidamlilikni rivojlantirishga, keyin (musobaqa davrida) maxsus chidamlilikni rivojlantirishga koʻproq eʻtibor beriladi. Bu bilan birga tayyorlov davrida ham maxsus chidamlilik rivojlanaveradi, musobaqa davrida esa umumiy chidamlilik saqlab boriladi.
Sakrovchilar va uloqtiruvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirishning asosiy yoʻli­tanlab olingan yengil atletika turini, qisman esa maxsus mashqlarni koʻp martalab bajarishdir.
Koʻp kurashchining maxsus chidamliligi aʻlo darajadagi umumiy chidamlilikka, qisqa masofaga yugurishdagi maxsus chidamlilikka, shuningdek, koʻp kurashga kirgan hamma mashqlar texnikasining mukammalligiga asoslanadi.
Maxsus chidamlilik sportning hamma turida sportchi organ va tizimlarining maxsus tayyorgarlik qanchalik yuqori ekanligi bilan aniqlanadi.
Turli masofalarga yuguruvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirish metodikasida farq bor. U avvalo organlardagi, tizimlardagi va butun organizmdagi yugurish jadalligi va yugurish qancha davom etishiga bogʻliq fiziologik xususiyatlar bilan belgilanadi. Bunda kislorodga boʻlgan talabning uni isteʻmol qilinishga nisbatini hisobga olish ayinqsa muhimdir. Maʻlumki, organizmning va ayniqsa bosh miya nerv toʻqimalarining ish qobiliyati kislorod bilan taʻminlashga bogʻliq. Kislorod yetishmasa (ayniqsa uzoq davom etadigan ish paytida), ish qobiliyati kamayib ketadi.
Shuning uchun ham organizmni kislorod bilan taʻminlaydigan nafas olish va yurak ­ qon tomir tizimlarining ahamiyati juda katta. Trenirovka metodikasi koʻp jihatdan mana Shu tizimlarni takomillashtirishga qaratilgandir.
Fiziologlarning fikricha, tez yuruvchilar bilan uzoq va oʻta uzoq masofalarga yuguruvchilarning maxsus chidamliligi koʻp jihatdan organizmning uzoq vaqtgacha kislorodga boʻlgan talab va uni isteʻmol qilishda muvozanat saqlay olish imkoniyati (“turgʻunlik holati”) bilan belgilanadi. Bu yurish, uzoq va oʻta uzoq masofalarga yugurish vaqtida kislorod isteʻmol qilish, tomir urish tezligi, qonning minutlik hajmi uzoq vaqt davomida bir xil darajada saqlanishida ham koʻrinadi.
Mana shunday “Turgʻunlik holati”ga qaramasdan, charchoq asta soniyain ortib borib, sportchi masofani qattiq charchoq alomatlari bilan tugallaydi. Buning sabablari koʻp, lekin asosiy sabab bosh miyadagi yurish va yugurishni belgilab beradigan nerv toʻqimalari faoliyatining vaqtincha susayishidir.
Tabiiyki, sportchi yugurishni oʻz imkoniyatidan ortiq tezlik bilan boshlasa, charchash tez sodir boʻlib, u tezlikni kamaytirishga yoki yugurishni toʻxtatishga majbur boʻladi.
Bunda kislorodga boʻlgan talab isteʻmol qilinayotganidan ortib ketadi­da, muskullargina emas, balki bosh miyaning nerv toʻqimalari ham kislorod bilan yetarli taʻminlanmaydi. Bu esa sporchining ish qobiliyatini kamaytirmay qoʻymaydi.
Uzoq yoki oʻta uzoq masofalarni yaxshi natijalar bilan oʻtish uchun sportchini, nafas olish va yurak­qon tomir tizimlarining funktsional imkoniyatini oshirish kerak. Buning uchun trenirovka paytida organizmga koʻproq talab qoʻyish va harakat tezligini oshirish natijasida kislorodga boʻlgan talab ortiqroq boʻlganda nisbatan “turgʻunlik holati” saqlab qolishga erishish zarur.
Bunday trenirovkaga avvalo sportchi ayni vaqtda butun masofa oxirigacha hech kamaytirmay yeta oladigan tezlikka nisbatan 3 ­ 4 % ortiqroq tezlikda Yugurishni kiritish kerak
Oʻrtacha masofalarga yugurish dastlabki 1­2 min ichida kislorod isteʻmol qilinishi keskin ortishi bilan harakterlanadi. Koʻp oʻtmay bu eng Yuqori darajaga yetib, ozroqqina vaqt davomida oʻzgarmay turadi. Lekin kislorod isteʻmol qilinish miqdorining bunday “turgʻunlik holati” organizm kislorod isteʻmol qilinishi nihoyasiga taqalib, bunday ortiq isteʻmol qilinishning iloji boʻlmaganini natijasidir.
Shunday qilib, oʻrtacha masofaga yugurish kislorodga boʻlgan talab uni isteʻmol qilish darajasidan ortadi (fiziologik nihoyaga yetgan boʻlsa ham), yaʻni kislorod qarz hosil qiladi. Yugurish tezligi qancha yuqori boʻlsa, qarz shuncha koʻpayib, charchoq tezroq boshlanadi. Kislorod yetishmasligi bunga nisbatan eng sezgir boʻlgani uchun, birinchi galda markaziy nerv tizimsiga salbiy taʻsir qiladi.
Oʻrtacha masofalarga yuguruvchilarning asosiy vazifasi ­ maxsus chidamlilikni yaxshilash, shunga moslab organ va tizimlarni rivojlantirib, ular funktsiyalarini takomillashtirishdan, shuningdek, organizmni kisloroddan tejamli va samarali foydalanishga oʻrgatishdir. Bunga esa kamaytirilgan masofaga musobaqada koʻrsatilmoqchi boʻlgan tezlikdan ortiq tezlikda yugurishni takrorlash bilan erishiladi.
Bunday takror yugurishlarda ancha koʻp “kislorod qarzi” hosil boʻladi, organ va tizimlarga talab ortadi. Yetarli darajada uzoq vaqt trenirovka qilib Yurgandan keyin, yugurish tezligi yuqori boʻlishi natijasida paydo boʻladigan keskin charchay boshlashga qarshi kurash qobiliyatini oʻstirgan yuguruvchi, trenirovkadagidan uzoqroq davom etsa ham, jadalligi kamroq ishni osonroq bajaradi.
Tajribada koʻrilishicha agar yugurish tezligi musobaqadagidan yuqori boʻlsa, oʻzgaruvchan yugurish 800 ­ 1500 m ga yugurish trenirovkasida ham foydali ekan. Lekin oʻrtacha masofada Yugurishda maxsus chidamlilikni oshirish uchun takroriy usul (masalan, 800 m ga yuguruvchilar odatda 400 ­ 600 m ga yugurishni, 1500 m ga yuguruvchilar esa 800 ­ 1000 m ga yugurishni takrorlaydilar) qoʻllaydilar. Takror yugurishlar oʻrtasida 15 ­ 20 minut dam olgan maʻqul, bu keyingi takror yugurishlarni ham yuqori tezlikda bajarish uchun kerak boʻladi.
100 va 200 m ga yugurganda charchoq tez oʻsib borishning eng muhim sababi bosh miya nerv toʻqimalaridagi oʻzgarishlardir. Maksimal zoʻr berishlar paytida, ayniqsa gipoksemiya sharoitida, asabga juda qattiq zoʻr keladi. Ish qobiliyati tezda pasayib ketishi ham shundan. Agar yuguruvchi juda katta zoʻr berayotganiga qaramay, haddan tashqari qattiq kuchanmasdan bemalol yengil Yugursa 100 va 200 m ga yugurishda ham charchoq soniyainroq koʻpayadi.
Charchashni kamaytirish uchun tegishli qobiq jarayonlarini va nerv ­ muskul apparatini takomillashtirish, muskullardagi bioximik jarayonlar foydasini oshirish, qondagi kisloroddan yaxshiroq foydalanish kerak.
Katta tezlikdagi yugurish paytida energetik moddalar juda tez parchalanib, muskullardagi hamma bioximik jarayonlar qariyb kislorodsiz sharoitda oʻtadiganligi uchun, 100 ­ 200 m ga Yugurishdagi chidamlilikni oshiradigan organ va tizimlarni faqat Shu sharoitning oʻzidagina rivojlantirish mumkin. Demak, sprintda zarur boʻlgan chidamlilikni kichik tezlikda Yugurish bilan toʻliq tarakqiy ettirish mumkin emas.

Download 339 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling