Futbolchilarda tеzkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi xususiyatlar


Chidamlilikni rivojlantirish metodikasi


Download 339 Kb.
bet11/15
Sana05.10.2023
Hajmi339 Kb.
#1692786
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Туланбоев Ф БМИ

Chidamlilikni rivojlantirish metodikasi. Muskul ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish davomida charchoqqa qarshilik koʻrsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi.
Bolalar va oʻsmirlar chidamliligini rivojlantiruvchi fiziologik jihatdan asoslangan vositalar sirasiga organizmning aerob unumdorligini oshiruvchi tsiklik mashqlarning har xil turlari kiradi. Bu jihatdan davomiyligi asta-soniyain oshirib boriladigan moʻtadil quvvatli (maksimalning taxminan 60% i chegarasida) bir meʻyorli yugurishning boshqa mashqlarga nisbatan afzal ekanligi maʻlum boʻldi. Shu maqsadda mashgʻulotlarga oʻyin mashqlarini kiritish tavsiya etiladi.
Maksimalning 75% darajasidagi tezlik bilan yurish davomiyligi boʻyicha testlar oʻtkazilganda, oʻgʻil bolalarda 13-14 yoshda, qizlarda esa 10-13 yoshda chidamlilikning eng katta oʻsishi kuzati-ladi. Oʻsmirlik davrida past shiddatli Yugurish bilan bir qatorda tezligi oʻzgaruvchan yugurish, 400-500m ga (oʻgʻil bolalar uchun) va 200-300m ga (qiz bolalar uchun ) tez surʻatli yugurish qoʻllaniladi. yugurishning haftalik hajmi 35-45 km gacha oshiriladi.
Bolalik va oʻsmirlik yoshlarida umumiy chidamlilikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan jismoniy mashqlarga qoʻyiladigan asosiy talab – yuqori hissiy koʻtarinkilik zaminida mashgʻulotlarning yumshoq, ehtiyotlovchi rejimini yaratishdir. Bu talabning bajarilishi yosh sportchilarda mashgʻulotlarga boʻlgan qiziqishni qoʻllab-quvvatlash hamda keyingi ixtisoslaShuv uchun sharoitni yuzaga keltirishning zarur sharti hisoblanadi. Oʻsmirlik davrigacha maktab sport toʻgaraklari sharoitida maxsus chidamlilikni tarbiyalash uchun fiziologik poydevor paydo boʻladi.
Chidamlilikni oʻstirishga qaratilgan jismoniy yuklamalarga oʻrtacha jismoniy rivojlanish darajasiga ega boʻlgan bolalar va oʻsmirlar tezroq moslashadilar. Jismoniy rivojlanish darajasi yuqori boʻlgan maktab oʻquvchilarida tezlik va tezkorlik – kuch mashqlarini bajarish chogʻidagi ishchanlik ularning jismoniy rivojlanish darajasi oʻrtacha yoki past boʻlgan tengdoshlaridagiga nisbatan yuqoriroq boʻladi. Jismoniy rivojlanish koʻrsatkichlari past boʻlgan bolalar va oʻsmirlar umumiy chidamlilikda boʻlganidek, maxsus chidamlilik jihatidan ham tengdoshlaridan ancha orqada boʻladilar. Jismoniy ishchanlik qobiliyatining eng maqbul koʻrsatkichlari nuqtayi nazaridan jismoniy rivoji oʻrtacha boʻlgan bolalar ajralib turadilar. Jismoniy rivojlanish koʻrsatkichlari past yoki oʻta Yuqori boʻlganlarda yurak – qon tomir tizimi, tayanch-harakat apparatiga xos funktsional nosozliklar koʻproq uchraydi. Sport bilan muntazam shugʻullanishning alohida jismoniy rivojlanish koʻrsatkichlariga taʻsiri doim ham bir xil emas. Lekin, shubhasiz, jismoniy mashqlar organizmning shakllari va faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi.
Jismoniy mehnat (sport faoliyati) ni bajarayotgan kishi soniyain asta oʻz faoliyatni davom ettirishi qiiynlashayotganligini sezadi. Ter quyuilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi, rangi oʻzgaradi, muskullarida xorgʻinilik sezadi,harakat koordinatsiyasi,harakat texnikasi tarkibidagi elementlarning bajarish ketma-ketligi buziladi, nafas olishi ritmi chuqurligi oʻzgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida qoʻshimcha keraksiz harakatlar paydo boʻladi, qoʻshilib qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va biomexanik oʻzgarishlar sabab boʻladi. Faoliyatni davom ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni konpensatsiyali charchoq fazasi deyiladi.
Chidamlilik vositalar va vositalarsiz oʻlchanadi. Chidamlilikni vositali oʻlchash uchun maʻlum tezlik bilan yugurish tavsiya qilinadi, hamda oʻsha intensivlikni boʻshashtirmay ushlay olish vaqti (tezlikni susayishi boshlangunga qadar)hisoblanadi. Shuning uchun toʻgʻridan-toʻgʻri chidamlilikni oʻlchash juda noqulay. Koʻproq vositasiz ulchashdan foydalaniladi. Sport amaliyotida, uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun sarflangan vaqtiga qarab chidamlilikga baho beriladi.
Kishining harakat faoliyati turlichadir. Charchoqning xarakteri va mexanizmiga qarab maxsus va umumiy chidamlilik farqlanadi. Tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki mehnat faoliyati uchun talab qilinadigan chidamlilikni maxsus chidamlilik, boshqa hayotiy sharoitdagi faoliyat uchun lozim boʻlgan chidamlilikni umumiy chidamlilik deyiladi. Bokschining maxsus chidamliligi, futbolchining umumiy chidamliligi degan iboralar dan amaliyotda foydalanilmoqda.
Yugurish, suzish, changʻida yurish, qayiq xaydash kabi sport turlarida deyarli barcha muskullar harakat faoliyatida ishtirok etadi. Shuning uchun charchoq ayrim muskullar guruhida hamda organizmning barcha muskullarida boʻlishi chidamlilikni maxsus va umumiyligini keltirib chiqaradi va shakl jihatdan bir xil boʻlgan mashqlarni turli intensivlikda bajarish imkonini yaratadi. Bunda chidamlilik ham turlicha namoyon boʻladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni bajarishda organizmning charchoqqa nisbatan talabi turlicha boʻladi.
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda insonning funktsional imkoniyatlari, bir tomondan, lozim boʻlgan harakat malakalari va texnikani egallanganligi darajasiga bogʻliq boʻlsa, boshqa tomondan, organizmning aerob va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imkoniyatlariga bogʻliq. Nafas imoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori emas, ular harakatni tashqi formasiga ham aytarli bogʻliq boʻlmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi yordamida oʻzini aerob imkoniyatlarining darajasini oshirgan shugʻullanuvchi boshqa harakatlarni, masalan, eshkak eshish, yurish, velosipedda yurish mashqlarni bajarishda ham oʻzining chidamliligidan ijobiy naf oladi. Misol, yurish va yugurishdagi harakatlarning koordina-tsiyaviy tuzulishi va tezlik, kuch xarakteristikasi koʻp hollarda turlicha. Trenirovka orqali yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi Yurushni maksimal tezligiga ijobiy yoki salbiy taʻsir koʻrsata olmaydi. Yaʻni “koʻchish” yoʻq. Yugurish tezligi yurish tezligini oʻzgarishiga taʻsir koʻrsatmagan. Lekin uzun masofadagi Shugʻullanganlik bir vaqtni oʻzida yurish bilan yugurishda biri-biriga “koʻchishi” mumkinligi ilmiy-amaliy isbotlangan (V.M.Zatsiorskiy va boshqalar). Demak, koordinatsiyaviy biri-biriga yaqin boʻlgan harakatlarni bajarishda sportchi organizmining vegetativ tizimini funktsional imkoniyatini eʻtiborga olsak umumlashtirilgan holat, shartli aytilganda, “vegetativ” shugʻulaganlik chidamlilikning “koʻchishi” (oʻtish)ga qulay imkoniyat ochiladi. Lekin har bir holatda koʻchish roʻy bermasligi organizmning energiyasi imkoniyat-lariga, harakatlarning barcha sifat xususiyatlariga talab qoʻymay, harakat malakalarining oʻzaro muvofiqlashuvi xarakteriga ham bogʻliq boʻladi.
Umumiy va maxsus chidamlilikning aniq vazifalarini hal qilish ogʻir, koʻngilga tegadigan darajadagi bir xil va eng kata hajmdagi ogʻir ishni bajarishni taqazo qiladi. Charchash toliqishga aylana boshlanganda ham mashqni toʻxtatmaslik talab qilinadi. Bu esa ruhiy tayyorgarlikning namoyon boʻlishi uchun yuqori darajada katta talabni qoʻyadi.
Chidamlilikni rivojlantirish mehnatsevarlikni, katta nagruzkalarga, shuningdek, nihoyatda horgʻinlik hissiga bardosh berishga tayyor turishni tarbiyalash bilan olib boriladi. Sportchilar mashgʻulotda ozmi-koʻpmi charchoqni his qilsalargina, ularda chidamlilik ortib boradi. Bu esa tashqi tomondan chidamlilikning ortib borishida namoyon boʻladi. Moslashuv oʻzgarishlarning miqdori va qay maqsadga qaratilganligi, trenirovka nagruzkalari natijasida organizmdagi javob reaktsiyasi xarakteri darajasi bilan belgilanadi.
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamini kriteriyasi va komponentlari muhim ahamiyat kasb etadi. Chidamlilik mashgʻulotlar davomida sportchini bir oz boʻlsada charchashni his qilishi orqali rivojlanishiga eʻtibor bersak yuklamadan soʻng tiklanish juda oz vaqt ichida sodir boʻlsa chidamlilikni rivojlanmasligi maʻlum boʻladi. Ish hajmi katta boʻlib charchoq his qilish bilan bajarilsa organizm yuklamaga moslasha boshlaydi va qator mashgʻulotlardan soʻng chidamlilikni ortib borayotganligi koʻzga tashlanadi. Moslashuv organizmdagi oʻzgarishlar darajasi, yuklamaga javob reaktsiyasi xarakteri, uni koʻlami yoʻnalishi orqali sodir boʻladi.har xil tipdagi nagruzkada charchoq bir xil boʻlmaydi.
Tsiklik mashqlarni bajarishda chidamlilik uchun yuklamaning toʻla tavsifini quyidagi besh komponentda koʻrishimiz mumkin;
1) mashqni absolyut intensivligi (harakatlanish tezligi);
2) mashqni davomiyligi (uzunligi);
3) dam olish intervalining katta kichikligi;
4) dam olishning xarakteri (aktiv yoki passiv);
5) mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni;
Bu komponentlarni bir-biri bilan oʻzaro uzviy olib borish orqali berilgan yuklama organizmning faqat javob reaktsiyasi koʻlamigagina emas, hatto uning sifati xususiyatini ham turlicha boʻlishiga olib kelishi amaliyotda isbotlandi. yuqorida qayd qilingan komponentlarni taʻsirini tsiklik mashqlar misolida koʻrib chiqamiz:
Chidamlilik namoyon qilishda nafas muhim ahamiyatga egaligi maʻlum boʻldi. Shunga koʻra tinch, bir xil maromdagi ishlarda asosan burun orqali chuqur nafas olish bilan mashq, ish bajarish toʻgʻriligi amaliyotda isbotlangan. Maʻlumki nafas, koʻkrak, qorin, (bryushnoy press) va aralash muskullar – diafragma aralaShuvi orqali olinadi. Kuchli zoʻriqish bilan bajariladigan faoliyatda maksimal darajada oʻpka ventilyatsiyasini yoʻlga qoʻyish uchun (N.G. Ozolin, V.V. Mixaylov) ogʻiz orqali chuqur nafas tavsiya qilinadi. Asosiy eotibor nafas chiqarishga qaratilishi, chunki oʻpkadagi kislorodi kam boʻlgan havo yangi havo bilan aralashib ketmasligi keskin va chuqur nafas chiqarish tavsiya qilinadi.
Yuqori malakali sportchilarda chidamlilikni tarbiyalashda hozirgi zamon metodikasi biror mashgʻulotni oʻzidagina emas, tryenirovka mashgʻulotlarining yillik tsiklida ham juda kata hajmda ish bajarishni tavsiya qilmoqda.
Chidamlilikni tarbiyalashda faqat masofa uzunligini hisobga olish notoʻgʻri natijaga olib kelishini unutmasligimiz lozim. Chunki jismoniy tayyorgarligi Yuqori boʻlgan sportchi uchun 800 m ga yugurishga 1.45.0 dan tez vaqt sarflasa bu yuguruvchiga qayd qilingan masofa sprint masofasi boʻlib xizmat qiladi. Yangi oʻrganuvchi uchun esa 3-3,5 min li muddat uzoq masofa rolini oʻynashi mumkin.
Alohida eʻtibor qaratish muhimki, bolalar sportini samarali tashkil qilish, koʻp yillik sport mashgʻuloti jarayonida shugʻullanuvchilar sogʻligʻi va ularning sport mahoratini shakllantira borish ustivor jihatdan jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlariga bogʻliqdir.
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik kabi sifatlar ilmiy obʻyekt sifatida azaldan koʻpdan-koʻp tadqiqotchi olimlar diqqatini jalb qilib kelgan. (L.P.Matveev, 1999; J.K.Xolodov, V.S.Kuznetsov, 2000; M.A.godik, 2006).
Ularning tadqiqotlarida jismoniy sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni jismoniy tarbiya va sport hamda boshqa jarayonlaridagi ahamiyati va rivojlantirish muammolari atroflicha yoritilgan.
Ushbu muammolarni turli yoshdagi oʻquvchi yoshlar va bolalar sporti misolida oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari ham talaygina ilmiy nashrlarda oʻz ifodasini topgan. (L.V.Volkov, 2002).
Bolalar sporti doirasida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar davomida jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish masalalari har bir sport turi xususiyatiga mos mashqlarni tanlash va ularni oʻziga xos texnologiyalar asosida qoʻllash zarurligiga eʻtibor qaratadi.
Yuqorida qayd etilganidek har bir sport turida muayyan harakat sifatlari (kuch, tezkorlik yoki tezkor-kuch chidamlilik, egiluvchanlik, koordinatsion qobiliyatlar va h) ning ustunligi koʻzga tashlanadi.
Sport oʻyinlarida texnik-taktik malakalarni aniq, tez va samarali ijro etish, texnik-taktik malakalarni vaziyatga mos moʻljallangan maqsad sari amalga oshirish har bir sport turining oʻziga xos xususiyatiga mos jismoniy sifatlari bilan chambarchas bogʻliqligi ilmiy asoslab berilgan. (L.R.Ayrapetʻyants, M.A.Godik, 1991). Mazkur mualliflar ayrim sport oʻyinlari (futbol, voleybol, gandbol) xususiyatiga xos jismoniy sifatlarni rivojlantirishga moʻljallangan koʻpgina mashqlar majmualarini alohida-alohida guruxlashtirib qoʻllashni tavsiya etishgan.
Darhaqiqat, jismoniy tayyorgarlik malakali sportchilarni tayyorlashda eng muhim poydevor sifatida sport mahoratini samarali shakllanishida beqiyos omil boʻlib hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda ilmiy maʻlumotlarning tahliliga koʻra har qanday jismoniy tayyorgarlik jarayoni ham jismoniy sifatlarni samarali rivojlanishiga olib kelavermaydi va texnik-taktik mahoratni shakllanishiga ijobiy taʻsir eta olmasligi mumkin. Aksincha, aksariyat holatda sport mahoratiga salbiy taʻsir etishi ham ehtimoldan holi emas.

Download 339 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling