Futbolchilarda tеzkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi xususiyatlar


Download 339 Kb.
bet10/15
Sana05.10.2023
Hajmi339 Kb.
#1692786
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Туланбоев Ф БМИ

2.5. Matematik statistik usullar
Oʻtkazilgan tajriba asosida yigʻib olingan maʻlumotlarni taxlili qilishda va umumlashtirishda umumqabul qilingan matematik statistik usullardan keng foydalanildi.


III BOB. FUTBOLCHILARDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH HOZIRGI ZAMON TALABLARI
3.1.Futbolchilarda harakat malakalarini rivojlantirishda jismoniy sifatlarning oʻrni.
Futbolchilarni yurish, sakrash, toʻxtash va burilish yordamida maydonda harakat qiladi. Futbolchilarning maydonda qilayotgan harakati har doim bajarayotgan ishiga qarab oʻzgarib turadi. Futbolchi qadamlab, yugurib, sakrab-sakrab, toʻgʻri, diagonal, ilon izi boʻylab harakat qiladi.
Yurish oʻyin davomida boshqa usullarga nisbatan kam qoʻllaniladi. Futbolchi maydonda tizzalari bir oz bukilgan holda harakat qiladi. Bu unga toʻsatdan bajariladigan tezlanishlarda katta yordam beradi.
Yugurish maydonda harakat qilishning asosiy usuli boʻlib hisoblanadi. Bu usul ogʻirlikni oyoqning butun kaftiga qoʻyib yoki uni tovondan oyoq uchiga oʻtkazib, oyoqlarni odatdagidan birmuncha koʻproq egib, yumshoq qadamlar bilan bajariladi. Tezlanishlarni va keskin yugurishlarni bajarish uchun qisqa qadamlar bilan oyoq uchida yuguriladi.
Sakrashlar. Futbolchilar sakrashlarni bir oyoq bilan depsinib bajaradilar. Oʻyin davomida sakrashlar koʻpincha oldindan tayyorgarlik koʻrilmasdan va qayta-qayta bajariladi. Harakat vaqtida bir oyoq bilan depsinishdan oldin oxirgi qadam uzaytiriladi, bir oz egilgan depsinish oyogʻi esa yerga tovondan qoʻyiladi. Tizzadan toʻgʻri burchakkacha bukilgan, silkinch oyogʻi oldinga-yuqoriga erkin chiqariladi. Ikki oyoqda depsinish ham yugurib kelib, ham bir joyda turgan holatda bajariladi. Bunday paytda yerga bir oz keng joylashtirilgan oyoqlarga yumshoqroq tushishga harakat qilish lozim.
Oʻyinchilarda sakrovchanlikni rivojlantirish uchun interval va musobaqa metodlaridan keng koʻlamda foydalaniladi.
Sakrovchanlikni rivojlantirish uchun taxminan quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin:

  • Qisqa masofadan (3-4 m) yugurib kelib, osib qoʻyilgan predmetga sakrab, barmoqlarni unga tegirish;

  • Bir va ikki oyoqda uzunlikka ketma-ket sakrash;

  • Bir oyoqning uchida turib, ikkinchi oyoqqa belga teng keladigan balandlikda tayanib, oyoqlar uchini harakatga tushirib yuqoriga sakrash;

  • chuqurlikka sakrab turib tezda yuqoriga sakrab, yuqori balandlikka osilgan predmetga qoʻl tekkizish.

Sakraganda toʻpni bosh bilan ilib olish toʻpni egallab olish oʻyin texnikasiga oid mashqlar ham sakrovchanlikni rivojlantirishga yoki uni yaxshi saqlab qolishga yordam beradi.

Download 339 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling