Futbolchilarda tеzkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi xususiyatlar
Bir-biriga yaqin mashgʻulotlar tizimidagi kuch mashqlari
Download 339 Kb.
|
Туланбоев Ф БМИ
Bir-biriga yaqin mashgʻulotlar tizimidagi kuch mashqlari. Yuqorida aytib oʻtilganidek, maʻlum vaqt davomida mashqlarning turlari va qoʻshib bajarish tartibi oʻzgartirmay kelinsa, koʻnikish (adaptatsiya) Shunchalik tez boʻladi. Shu nuqtayi nazardan kuch mashqlarining doimiy bir xil kompleksini faqat ogʻirlik miqdorini va uni necha marcha koʻtarishni oʻzgartira borib takrorlash maqsadga muvofiqdir. Biroq bir xil kompleksdan uzoq vaqt davomida foydalanish Shunga olib keladiki, kishi uni bajarishga odatlanib qoladi va u kishida juda kam adaptatsion oʻzgarishlar hosil qiladi. Bunda kuch asosan ish hajdaqi oshirish hisobiga ortadi, bunga esa har doim erishib boʻlmaydi va bu maqsadga muvofiq ham emas. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bir xildagi mashqlarni oʻzgartirmay bajarish kishini psixologik jihatdan juda charchatib qoʻyadi. Shuning uchun bir necha qoʻshni mashgʻulotlar tizimida kuch mashqlarining biror bir kompleksidan foydalanilar ekan, vaqt-vaqti bilan bu komplekslarni oʻzgartirib turish kerak. Turli sharoitlarda mashq komplekslarini almashtirib turish muddati turlichadir-taxdaqan 2-6 haftada bir marta.
Har xil sport turlaridagi trenirovka mikrotsikllarida kuch mashqlari turli kunlarda oʻtkaziladi. Sportning tezkor-kuchlilik turlarida kuch mashqlarini siklning dam olish kunidan keyingi birinchi kunidayoq oʻtkazish tavsiya qilinadi (K.M.Mahkamjonov). Shunda mazkur mashqlar markaziy nerv tizimi optimal holatda boʻlganida, oldingi mashgʻulotlardan charchash sezilmagan vaqtlarda bajariladi, Shuning uchun mashqlarning bu vaqtda oʻtkazilishi eng koʻp samara beradi. Bundan tashqari, mikrotsikl bunday tuzilishining afzalligi oqibat holat deyiladigan hodisadan foydalanishdadir. Kuch mashqlari bajarish mashgʻulotlari chastotasi qator faktorlarga, jumladan, Shugʻullanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga bogʻliqdir. Tajribalar yangi Shugʻullanuvchilar bilan haftada 3 mashgʻulot oʻtkazish samarali boʻlishini, lekin haftada 1, 2 yoki 5 mashgʻulot oʻtkazish esa foydaliroq boʻlishini koʻrsatadi. Malakali sportchilarda mashgʻulotlar chastotasi ortiqroq boʻlishi mumkin. Bu tavsiyalar barcha muskullarga taʻsir etadigan kuch mashqlariga taalluqlidir, chunki eng yirik muskul gruppalaridagi ishchanlik qobiliyati nisbatan soniyain tiklanadi. Mayda muskul gruppalari kuchining tiklanishi esa tezroq boʻladi, Shuning uchun maʻlum bir joyga taʻsir qiladigan kuch mashqlarini tezroq bajarib turish mumkin (K.M.Mahkamjonov). Yirik muskul gruppalarida ishchanlik qobiliyatining ancha soniyain tiklanishini musobaqalarga tayyorlanish vaqtida ham hisobga olish kerak. Shuning uchun koʻpchilik sportchilar yirik musobaqalardan oldin (koʻpincha musobaqaga 7-10 kun qolganda) chegara ogʻirlikdagi shtanga bilan oʻtirib turish mashqlarini trenirovkadan chiqarib tashlaydilar. Download 339 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling