Futbolchilarda tеzkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi xususiyatlar


Download 339 Kb.
bet3/15
Sana05.10.2023
Hajmi339 Kb.
#1692786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Туланбоев Ф БМИ

Mavzuni oʻrganganlik darajasi. Ushbu muammo yuzasidan Akramov R. (1989), Nurimov R. (2005), Iseev SH.T. (2003), Koshbaxtiyev I. (2001), Shiyan B.M (1989), Ashmarin B.A (1990), Matveev A.P. (1991), Suxaryov A.G. (1991), Abdullayev A., Xonkeldiyev SH.X. (2005 ), Tolibjonov A. (1994), Godik M. (1980) va boshqalar yillarda ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Futbolchilarda kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish oʻquv trenirovka jarayonida amalga oshiriladi.
Tadqiqot maqsadi: futbolchilarda kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning xususiyatli tomonlarini oʻrganib chiqish.
Tadqiqotning vazifalari:
1.Futbolchilarda kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishni metod va usullarini oʻrganish, tahlil qilish.
2.Oʻquv trenirovka jarayonida kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish jarayonini ilmiy tadqiq etish.
Tadqiqot metodlari: nazariy tahlil va umumlashtirish, jismoniy tayyorgarlik natijalarini aniqlash, olingan materiallarni matematik usulda tahlil qilish.
Tadqiqotning ilmiy farazi: Futbolchilarda kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish jarayonida agarda:
-jismoniy sifatlarni rivojlantirishga toʻgʻri yondoshilsa;
-metod va usullar toʻgʻri tanlansa;
-kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish jarayoniga murabbiylar tomonidan toʻgʻri yondoshilsa ushbu jarayon ishlari samarali boʻladi.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
-futbolchilarda kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish xususiyatli tomonlari;
-kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishdagi metod va usullar.
Ishning ilmiy yangiligi:
-kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish natijalari aniqlandi;
-kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlar majmuasi berildi;
Tadqiqot obʻyekti: Sport maktablarida oʻquv-trenirovka jarayonida futbolchilarni jismoniy tayyorgarligini oʻrganish
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Jismoniy sifatlarini rivojlantirish boʻyicha fikr va xulosalar berildi.
Bitiruv malakaviy ishning xulosalari va tavsiyalaridan, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridagi talabalarga maʻruzalar oʻqishda, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yoʻnalishiga oid oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda, jismoniy tarbiya dasturini takomillashtirishda foydalanish mumkin.

Download 339 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling