G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni
Download 28.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2021-2-сон
Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E) http://interscience.uz 159 bolalarning ichki dunyosi va ma’naviy - axloqiy holatini uyg‘unlashtirish va ularni ijtimoiylashtirish, milliy va jahon san’ati bilan tanishish jarayonida talaba shaxsini o‘ziga xosligini aniqlash, san’at va madaniyatning qimmatli ma’nolariga bo‘lgan muhabbatni rivojlantirish, mahalliy ma’naviyat, haykaltaroshlik, musiqa, adabiyot, teatr asarlarida to‘plangan ma’naviy va axloqiy xalq an’analari, raqs, moddiy madaniyat va xalq san’ati boshqa san’at turlarida namoyon bo‘ladi. [5;] Bo‘lajak o‘qituvchilarni art – pedagogikasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashda tasviriy san’at va musiqa, badiiy asarlarga ham to‘xtalib o‘tish lozim. Talabalarda his-tuyg‘u madaniyatini, obrazli va abstrakt tafakkurni, tasavvurni o‘stirishda tasviriy san’atning ahamiyati beqiyosdir. Tasviriy san’at asarlari inson hayotini va tabiatni bilishda yordam beradi. U nafaqat ko‘rinadigan narsalarni idrok qilishda, balki ijodkorlikni rivojlantirishda ham alohida qimmatga ega. Rasm va haykallarda voqealar zanjirining bir oni, bir bo‘lagi tasvirlangan bo‘lsa-da, talaba ularda aks ettirilgan voqealar, xarakterlar va obrazlarni harakatda ko‘ra oladi. Musiqa – tovushlarda ochiladigan his-tuyg‘ular majmui sifatida talabalarning g‘oyaviy-estetik qarashlariga ta’sir etish kuchiga ko‘ra yetakchi o‘rinni egallaydi. Adabiyot - ifoda vositasi sifatida yanada qudratli g‘oyaviy-estetik ta’sir – so‘z kuchiga ega. Badiiy asarlarda ifodalangan obrazlar talabalarning ma’naviy nafosatini, bunyodkor g‘oyalar go‘zalligini anglashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bir narsani to‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, yuqorida qayd etib o‘tilgan madaniyat va san’atning barcha funksiyalari, talabalarga terapevtik ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramay, san’atning har bir turi har bir talaba uchun turlicha ta’sir qilishi, uning rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqligini hisobga olish kerak. Bugungi kunda art - pedagogikasi turli yoshdagi turli xil rivojlanishdagi qiziqish va qobiliyatlari turlicha bo‘lgan talabalarga ijobiy ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Art terapiya rivojlanishining hozirgi bosqichida tadqiqotchilar va o‘qituvchilarning diqqat e’tiborlari turli xil rivojlanishdagi talabalarning qiziqishlari va san’at turidan kelib chiqib innovatsion o‘yinlar orqali ta’lim jarayonini tashkil etish va uning pedagogik ta’sirini kuzatishga qaratilgan. Masalan, amaliy san’at pedagogikasi bu talabalarning hissiy dunyosidagi uyg‘unlikni tiklash usuli, u tafakkur va o‘zini o‘zi anglashni rivojlantirish vositasidir, atrofdagi voqelikni ijodiy idrok etishning go‘zalligi va uyg‘unligini his qilishga yordam beradi [6;] Demak, art pedagogikasi san’at va pedagogikaning integratsiyalashuvchi asosida olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdan iboratdir. Shu ma’noda art pedagogikasi har qanday ijtimoiy- tarixiy mohiyat kasb etib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnat jarayonida vujudga keladi. Shu asnoda talabalarning badiiy, estetik Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2) ISSN 2181-1709 (P) 160 Education and innovative research 2021 y. №2 turmush tarzi, hayoti, xulqi, odobi, madaniyatini o‘zida mujassamlashtirgan tasavvur va bilimlar yig‘indisi shakllanadi. Shunday ekan, inson ongining tabiat va jamiyatga munosabati natijasida qarashlari, e’tiqodi, ideali asosida paydo bo‘lgan ijtimoiy- siyosiy, axloqiy- estetik va xulqini ifodalovchi bilimlar tizimi talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalashda ta’lim berish, kommunikativ, ijtimoiylashtirish, o‘z-o‘zini namoyon qilish, rivojlantirish, qiziqtirish, tarbiyalash kabi funksional imkoniyatlarga ega. Tajriba va kuzatishlarimiz tahlili asosida aytishimiz mumkinki, bo‘lajak o‘qituvchilarni art – pedagogikasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashda kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’siri kuchli. Uning shakllanishida his-tuyg‘u, aql- idrok va tafakkur muhim o‘rin tutadi. Art – pedagogikasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog‘liq bo‘lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va boshqalar aks etadi. Art – pedagogikasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash murakkab tuzilmaga ega. Olimlar uni muayyan bilimlar, g‘oya va maqsadlar, fan yutuqlariga, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch va e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlarga ajratadilar. Globallashuv sharoitida artpedagogikaning yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, g‘oyaviy-estetik immunitetni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarning “Pop-art”, “Pop-musiqa”, “Kitch”, “Starizm” kabi deviantlik holatlarni oldini olishdagi ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa shaxsni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, mafkuraviy sog‘lomlashtirish, madaniy turmush tarzini muqobillashtirishga xizmat qilmoqda. [4;] Sh.Mustafoyev fikrlariga tayangan holda aytishimiz mumkinki, art pedagogikasi zamirida san’at yotar ekan, san’at asarlarini qalban his qilish insonning hissiyot emotsional – ruhiy holatiga ham bog‘liqdir. Pedagogik adabiyotlar tahliliga asoslanib aytishimiz mumkinki, hissiyot quvonch, shodlik, zavqlanish, hayotdan va kasb-koridan mamnunlik, hayratlanish yoki norozilik, xavotirlanish, asabiylashish, yolg‘izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g‘am-g‘ussa, nadomat, Vatani va eng yaqin odamlari taqdiridan befarq bo‘lmaslik kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. Bularning barchasi badiiy asarlarni va san’atni his etish muayyan insoniylik fazilatlarni shakllanishiga zamin yaratadi. Xulosa qilib aytganda, talaba yoshlarni bugungi kunda dunyoda kechayotgan murakkab siyosiy, mafkuraviy kurashlardan muntazam xabardor qilish, jahonda va yon-atrofimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish, ularda milliy manfaatlarimizni chuqur anglash va himoya qilish, shu aziz Vatan uchun, uning buguni va Образование и инновационные исследования (2021 год №2) ISSN 2181-1717 (E) http://interscience.uz 161 ertasi uchun daxldorlik va mas’ullik tuyg‘usini yanada kuchaytirish oliy ta’lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biridir. Фойдаланилган адабиётлар: 1. Верховодова Р. А., Галустов Р. А. Зарубежный опыт арт-педагогики как система интегративного применения элементов искусства в образовательном процессе// Вестник Адыгейского государственного университета. Серия 3: Педагогика и психология. 2011. – №1. – С.15-18. 2. Прокофьева В.Л. «Арт-ориентированная концепция обучения иноязычной коммуникации» в науке об обучении и воспитании//Вестник ВГГУ, № 2 (2010). – С. 110 – 114. 3. Копытин Е.А. Арт-терапия / Е.А.Копытин. –М.: Новые горизонты, 2006. -336 с. 4. Артпедагогика и арттерапия в специальном образовании: Учебник для вузов / Е.А. Медведева, И.Ю. Левченко, Л.Н. Комиссарова, Т.А. Добровольская. - М.: Академия, 2001. – 248 с. 5. Диагностика в арттерапии. /Под ред. А.И.Копытина. - СПб.: Речь, 2005. 88 с. Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2) ISSN 2181-1709 (P) Download 28.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling