G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni


Download 28.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/101
Sana26.10.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1724758
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101
Bog'liq
2021-2-сон

Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
http://interscience.uz 
155
“Art–pedagogikasi” tushunchasiga turli pedagog olimlar, psixolog 
olimlar turlicha ta’rif berganlar. Lekin ularning barchasi ham uning mazmun-
mohiyatini to‘g‘ri ta’riflaganlar. Adabiyotlar tahlilidan shu narsa ma’lumki 
art – pedagogikasi – pedagogika va san’atning
uyg‘unlashuviga asoslangan va san’at orqali shaxsning ta’lim va 
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan pedagogika fanining bir tarmog‘idir. 
Art – pedagogikasi badiiy rivojlanish jarayoni nazariyasi va amaliyotini 
rivojlantirishni ta’minlaydi, badiiy va ijodiy faoliyat orqali yoshlar 
umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishning asosini tashkil qiladi. 
Art – pedagogikasining mohiyati san’at vositasida talaba yoshlarni 
tarbiyalash, rivojlantirish, badiiy madaniyatning asoslarini, shuningdek, 
badiiy faoliyatning har xil turlarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda 
muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. 
Tarixiylik tamoyiliga asoslanib aytishimiz mumkinki, san’at terapiyasi 
qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan va XX asr o‘rtalarida Jan Jak Russo 
birinchilardan bo‘lib, bolani tushunish uchun uning o‘yin faoliyatini 
tomosha qilish kerakligini aytadi. Biroq o‘yin terapiya usuli 1920 yildan 
ta’lim jarayoniga qo‘llanila boshlangan. Psixoanalitiklar bolalarning 
o‘yinlarini kuzatar ekan, o‘yin davomida bola o‘z tajribalarini takrorlashi va 
muammolarini “hal qilish” uchun namuna yaratishini isbotladilar. 
Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, art – pedagogikasida rasm, 
fotosuratlar, didaktik o‘yinlar, musiqa va raqslar faol qo‘llaniladi. 
Aytish o‘rinliki, O’rta asr madaniyatining buyuk mutaffakkirlari 
Muhammad Muso al- Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu 
Rayhon Beruniy, Ulug‘bek, Alisher Navoiylarning merosi jahon ma’naviy 
rivoji ravnaqiga qo‘shilgan muhim hissadir. 
O’zbek xalqi o‘z tafakkuri, qobiliyati, iste’dodi, O’rta Osiyo ilm – 
fani, adabiyoti, san’ati, axloq – odobi bilan jamiyat madaniyatini yanada 
rivojlantiradi. Musiqa san’ati ham o‘zbek xalqining turmushiga singib 
ketgan, uning his – tuyg‘ulari, fikrlari, o‘y – xayollarini o‘ziga xos tarzda 
ifodalaydigan madaniyat sohasidir. U insonni ruhan tetik, bardam bo‘lishiga, 
ona Vatanni sevishga, vafo va sadoqatga yo‘llashida tengsiz bir qadriyatdir. 
Tarix esa madaniyatning yorqin ko‘zgusi bo‘lib, unda xalq yaratgan 
ma’naviy meros, xalq bunyod etgan obidalar, osari atiqalar o‘z aksini topgan. 
O’zbek xalqining buyuk allomalari, jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlari, 
tarixshunoslari, tarixni, madaniyatni rivojlantirgan va hozir ham rivojlantirib 
kelmoqda. 
Art – pedagogikasi tushunchasining barcha tarkibiy qismlari va ijtimoiy 
vazifalaridan kelib chiqqan holda uning pedagogik jihatlari quyidagilardan 
iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi: 
1. Bilishga doir. Insonning o‘z faoliyati jarayonida san’at vositasida


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
156 
Education and innovative research 2021 y. №2
badiiy madaniyatning asoslarini, narsa va hodisalarni bilish va o‘zlashtirish 
jarayonida to‘plangan tajribalari. 
2. Axborot uzatish, ya’ni bir avloddan ikkinchi avlodga ijtimoiy tajribani
yetkazish. 
3. Muloqotga doir vazifasi. Moddiy va ma’naviy ma’lumotlarni qabul
qilish bilan o‘tmish avlodlarning turmushi, didi, madaniy darajasi bilan 
muloqotda bo‘lib, ulardan xabardor bo‘lish. 
4. Insonning axloq-odobi, xatti-harakatini baholash va tartibga keltirish.
5. Insonning fazilatlarini shakllantiradigan gumanistik (insonparvarlik)
vazifalari. 
Yuqoridagi vazifalarning barchasi ularning pedagogik jihatdan 
muhimligini qayd etadi. 
Artpedagogikaning afzalliklari: 
- bu barcha yosh guruhlarida (teng darajada samarali bo‘lib, bu uning
ta’sir doirasini akmeologiya sohasigacha kengaytiradi; 
- ko‘nikma va qobiliyatlarni egallashga, hissiy, sensomotorli,
hissiyintellektual sohalardagi kamchiliklarni qoplashga yordamberadi; - 
noverbal muloqot vositasi sanalib, bu uni yetarlicha yaxshi gapira olmaydigan, 
o‘z tajribalarini og‘zaki tavsiflashda qiynaladiganlar uchun yoki, aksincha, 
og‘zaki muloqot bilan haddan tashqari bog‘liq bo‘lganlar uchun juda qadrli 
sanaladi; 
- o‘z-o‘zini erkin ifoda etishni anglatadi, ishonch, yuqori bag‘rikenglik
va insonning ichki dunyosiga e’tibor beradi. 
“Artterapiya” atamasi nimani anglatadi? Psixologlarning asarlarida 
berilgan ta’riflarga ko‘ra, artterapiya (art therapy – san’at orqali davolanish) 
– bu bemorlarning ijodi orqali psixokorretsiya (bu holda odam ijodiy jarayon
davomida hissiy holatini ifoda eta olishi juda muhimdir)si, ya’ni psixik
jihatdan qayta davolash tushuniladi. “Artterapiya” tushunchasi (san’at
terapiyasi)
3.Freyd va K.Yung g‘oyalari kontekstida paydo bo‘lgan va psixoterapevtik
amaliyotda terapevtik ta’sir usullaridan biri sifatida ko‘rib chiqilgan, bu 
badiiy (tasviriy) ijod orqali ruhiy kasallarga rasmlarda va yashirin psixologik 
travmatik tajribalarini ifodalashda yordam bergan, shu tariqa ularning 
ko‘pchiligi ruhiy kasalligidan ozod bo‘lishgan. Keyinchalik bu tushuncha 
yanada kengroq konseptual asosni, shu jumladan shaxsni rivojlantirishning 
garmonik modellarini qamrab oladi (C.Rojers, A.Maslou). 
Psixologik-pedagogik yordamning mustaqil sohasi sifatida rivojlanib, 
artterapiya psixologiya, pedagogika va san’atshunoslikdan ilg‘or fundamental 
nazariyalar va amaliy ma’lumotlarni o‘zlashtirib oladi [1]. Hozirgi vaqtda 
fanda artterapiya tibbiyot, pedagogika, madaniyatshunoslik, psixologiya va 
boshqa ilmiy fanlarni birlashtirgan fanlararo bilim sohasi sifatida tushuniladi. 



Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling