G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni
http://interscience.uz DEVELOPMENT OF HISTORICAL AND PHILOSOPHICAL
Download 28.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2021-2-сон
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotation.
109
http://interscience.uz DEVELOPMENT OF HISTORICAL AND PHILOSOPHICAL VIEWS ON THE FAMILY AND FAMILY EDUCATION D. S. Karimova, Navoi State Pedagogical Institute Lecturer at the Department of General Pedagogy and Psychology. Annotation. The article reveals the content of historical and philosophical views on the family and family education from a scientific and theoretical point of view. The article also discusses the development of a modern family on the basis of traditional family values, practical and innovative research, strengthening the family, the formation of spiritual, moral and ethical values in the younger generation, increasing the educational, cultural and scientific potential of the population. a family. Key words: family, family education, family values, pedagogical prevention, thinking, raising children, family regulations, historical heritage, legal and social protection, spiritual and moral, etiquette, potential. Jahonda dunyo bolalarining o‘sib-ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarini o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish, oilaviy ajrimlarni bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sirini bartaraf etishning pedagogik profilaktik masalalari bo‘yicha ilmiy- tadqiqotlarga e’tibor qaratilmoqda. YuNISYeF, YuNFPA, Konsorsium (KBK), EFSC, “Gumanitar – Huquqiy markaz” kabi tashkilotlar va tadqiqot markazlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bevosita mazkur muammo bilan bog‘langan. Olingan natijalar esa oilaviy ajrimlarni bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sirini bartaraf etish mazmuni, pedagogik imkoniyatlarini kuchaytirib borish, bu borada oila, ta’lim muassasalari hamkorlik samaradorligini oshirishda muhim hisoblanadi. Mamlakatimizda boy madaniy tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar asosida zamonaviy oilani rivojlantirish, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, oila institutini mustahkamlash, yosh avlodda ma’naviy – axloqiy, odob qadriyatlarini shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy ilmiy salohiyatini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ruhiy qo‘llab quvvatlash tizim va mexanizmlar samaradorligini rivojlantirish, [2;] farzand tarbiyasida oilaning javobgarligini oshirishga e’tibor kuchaytirildi. Insoniyat ijtimoiy taraqqiyoti uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo‘lib, unda kishilarning erishgan moddiy va madaniy merosi o‘z aksini topgan. Ilmiy adabiyotlar tahliliga ko‘ra, oilada bola tarbiyasi masalalari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2) ISSN 2181-1709 (P) 110 Education and innovative research 2021 y. №2 rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq holda yuz beradi. Qadim zamonlardan boshlab oila, undagi axloq, odob masalalari har bir davrning, jamiyatning eng ilg‘or kishilari, olimlar, shoirlar, buyuk allomalar va donishmandlarning asosiy diqqat markazida bo‘lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy, Kaykovus, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin Ibn Faxriddin,Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi ko‘plab olim va yozuvchilar oila, odob-axloq masalalari yuzasidan o‘zlarining qimmatli fikrlarini bizlarga bayon qilib ketganlarki, ular hozirgi hayotimiz uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga ega. [8 ;] Yuqorida zikr etilgan bobokalonlarimizning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Sohibqiron bobomiz Amir Temur ham o‘g‘il uylantirish, kelin tanlash, farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘targanligi ham bejiz emas. Davlatning qudrati sog‘lom fikrli, bilimli, ahloq –odobli, xalq , millat, Vatan taqdiri uchun jonini tikkan insonlar qo‘lida. Bunday insonlar ilk bor oilada tarbiyalanadilar. Qadimdan bola tarbiyasi va ijtimoiylashuv jarayonida oilaning roli katta bo‘lgan. Ayniqsa ota-ona va yaqin kishilar bolaning aqliy va axloqiy kamoloti, diniy va dunyoviy bilimlarni egallashi uchun alohida e’tibor bergan. Amirzodalarda bolalik chog‘idan poklik, mardlik, insonparvarlik, mehribonlik, haqgo‘ylik va mehnatsevarlik kabi qator fazilatlarni shakllantirishga e’tibor qaratganlar. Buni biz buyuk mutafakkir shoirimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarini mutolaa qilganimizda yaqqol ko‘ramiz. Alisher Navoiyning farzand tarbiyasidagi qarashlari, shu jumladan, komil insonni shakllantirish konsepsiyasining mazmunini o‘rganish muayyan davrlarda va hozirgi kungacha dolzarblik kasb etadi. Alloma tomonidan yaratilgan aksariyat asarlarda yigit kishi bolaligidanoq o‘zlashtirishi shart bo‘lgan harbiy - jismoniy fazilatlar kamondan otish – merganlik, qilichbozlik, suvda suzish, kurash tushish borasidagi fikrlari, qiz bolada tarbiyalanishi lozim bo‘lgan hayo, ibo, sadoqat, mehribonlik, orastalik kabi xislatlar ilgari surilar ekan, voyaga yetmagan bolalarning mazkur fazilatlarni tarbiyalash bolalarda ijtimoiy ongni rivojlantirish mezonlaridan biri sanaladi. Bobokalonimiz qoldirgan buyuk merosni o‘qib o‘rganish, ulardagi o‘gitlarga rioya qilish, farzandlarimizni o‘z xalqining tarixini bilishga va uni chuqurroq o‘rganishga da’vat etish har bir ota-onaning burchi sanaladiPedagogika rivojiga katta hissa qo‘shgan Abu Nasr Farobiyning [8;] fikricha, oilada bola tarbiyasi adolatparvarlik, zukkolik, farosatlilik, notiqlik, sog‘lomlik, haqiqatni sevish, ma’rifatga intilish, kuchli xotira, qat’iyatlilik, jasurlik, jur’atli, nafsni jilovlash fazilatlari orqali tashqi muhit, boshqa insonlar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling