G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni
Download 28.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2021-2-сон
Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E) 111 http://interscience.uz Ta’kidlash joizki, Farobiy e’tirof etgan xislat-fazilatlar, bugungi kunda voyaga yetmagan bolalarning ijtimoiy ong mezonlari sifatida, yoshlar g‘oyaviy-siyosiy madaniyatini shakllantirishda, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, o‘zligimizni anglash, har bir xonadonda tinchlik, osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashda muhim omil hisoblanadi. Pedagog olima N.M.Egamberdiyevaning yozishicha, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi, bu borada tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan bo‘lib xizmat qiladi. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi [4;]. Albatta bola tarbiyasi o‘ta murakkab va ma’suliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma’lumotlardan baxobar bo‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir. Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, axloqiy tarbiya berish sifati va ko‘lamini oshirish talabini qo‘yadi. Shuni alohida e’tirof etish joizki, oilaviy ajrimlar, oiladagi nosog‘lom muhit, ota-ona o‘rtasidagi kelishmovchilik va mojorolar ham farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy hol albatta. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi kunda oilaviy ajrimlarni bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sirini bartaraf etishning pedagogik profilaktik asoslarini takomillashtirish tizimi samaradorligini oshirish zarurati yuzaga kelmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” [3;] kabi ustuvor vazifalar belgilanib, bu borada oilaviy ajrimlarni bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sirini bartaraf etishning pedagogik profilaktik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy ta’minotni boyitish, yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish maqsadida Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Oila» markazi, Respublika Mahallalar kengashi, «Nuroniy» faxriylaridan iborat «Faxriylar ibrati» maslahat kengashi faoliyatini samarali yo‘lga Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2) ISSN 2181-1709 (P) 112 Education and innovative research 2021 y. №2 qo‘yish “Yarashtiruv komissiyalari” jamoatchilik tuzilmasining hamkorlik funksiyalarini aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Aytish joizki, yosh avlod tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyosdir. Farzand tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila bolaning jismoniy kamolotidagina emas, balki ma’naviy kamolga yetishida ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Respublikamizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, uni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur” Shu nuqtai nazardan olib qaralganda ham oila mustahkamligi, ma’naviy va jismoniy barkamol farzand jamiyat mustahkamligi va ma’naviy yetuklikning garovidir. Tajriba va kuzatishlarimiz asosida aytishimiz mumkinki, bolalarning hulq atvoridagi xatolar ota-onalarning xatolaridir. Oila, oila a’zolarining, ayniqsa ota-onaning ahloqiy-ma’naviy yetukligi va ma’rifiy qarashlari farzand tarbiyasi va kamolida eng zarur va muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan o‘rganilganda oilada bolalar qarovsizligi va nazoratsizligining oldini olishda quyidagi vazifalarni bajarish taqozo etiladi: 1) “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligida bolalarning xulq- atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlarni (turli xayosiz, pornografik mazmundagi axborot vositalari (qo‘l telefonlari, disklardagi filmlar, kliplar va x.k.); “ommaviy madaniyat”ga qiziqishning ortishi; nosog‘lom turmush tarzi; ota-onalarda tarbiyaviy saviyaning pastligi; nazoratsizlik va qarovsizlik (ijtimoiy yetimlik); ta’limga bo‘lgan qiziqishning pastligi; xaddan tashqari erkalatish; moddiy muammolar tufayli kelib chiqadigan ziddiyatlar; bo‘sh vaqtning besamara o‘tishi) o‘rganib chiqish va muammoni yechimini topish. 2) bolalar qarovsizligiga barham berishga qaratilgan tadbirlar tizimini rejali amalga oshirish; 3) voyaga yetmaganlarning mazmunli dam olishlarini tashkillashtirish; 4) voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazilishini ta’minlovchi shart-sharoitlarni yaratish; 5) “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tashkiloti ma’sullari bilan birgalikda oiladagi vaziyat va oilaviy tarbiya shart-sharoitlarini har bir xonadon misolida o‘rganish (oila butunligining buzilishi; ota-onalarning o‘zaro nomaqbul munosabatlari; g‘ayriijtimoiy qarashlar va an’analar; moddiy kamchiliklar; ota-onalar ma’naviy saviyasining pastligi; g‘ayripedagogik (pedagogikaga xilof) tarbiya). [9;] Yuqorida fikrlarimiz mantiqiy davomi sifatida aytishimiz mumkinki, bolaga tarbiya berishni hohlashning o‘zi mutlaqo kifoya qilmaydi. Milliy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling