G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni
Download 28.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2021-2-сон
Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E) 113 http://interscience.uz xususiyatlarimiz o‘zbekona qarash va tasavvurlar bilan ifoda etganda oilaviy tarbiya doimo mavjudligi, ko‘rsatmaliligi va serjiloligi bilan ajralib turadi. Unda odobga doir tadbirlarni bolaga to‘g‘ri o‘rgatish, maslahat berish, kattalar tajribasigina emas, balki oilaning yashash tarzi, muhiti, ota-onalarning kasb hunari, oila a’zolarining ma’naviy - ruhiy munosabatlari katta rol o‘ynaydi. Farzand barcha oila a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtiradi, avvalo o‘yin faoliyati jarayonida, keyinchalik dars tayyorlashda, kasb-hunar tanlash va nihoyat oilaviy xo‘jalik yuritishda ota-onalar bilan birga bo‘lib, ularni hamjixatlikka, ahillikka o‘rgatadi. Farzand ota-onasining keksaligida madadkor, tayanch va suyanch bo‘lishini barchamiz bilamiz, faqat buning uchun unga o‘z vaqtida yoshlikdan yaxshi tarbiya berish, ma’naviy olamini boyitish lozim. Demak, oilaning mustaqil hayot yo‘lidan tetik odim tashlashi uchun unda sog‘lom va aqlli farzandlar dunyoga kelishi kerak va ota-ona uning munosib tarbiyalanishini o‘zlari uchun eng muqaddas va sharafli, qolaversa o‘ta mas’uliyatli vazifa, deb bilishlari lozim.. Bolalar tarbiyasida otaning qattiqqo‘lligi, onaning mehribonligi hal qiluvchi omillardandir. Oiladagi sog‘lom muhit, mehr-muhabbat, oqibat, o‘zaro hurmat va totuvlik ota-onaning bilim saviyasi, iymon e’tiqodi, dunyoqarashining boyligi, pul va moddiy boyliklarga munosabati va shu kabi juda ko‘p narsalarga ham bog‘liq. Xulosa qilib aytganda, an’anaviy oilaviy qadriyatlar asosida zamonaviy oilani rivojlantirish, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, oila institutini mustahkamlash, yosh avlodda ma’naviy – axloqiy, odob qadriyatlarini shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy ilmiy salohiyatini takomillashtirishda O’rta Osiyo mutafakkirlarining boy ilmiy merosidan foydalanish bolalar ma’naviy dunyosini tarbiyalash borasida ilgari surilgan va hayotiy tajribalarda sinalgan tarbiya mazmuni, shakl va metodlari hozirgi davrda ham yosh avlodni tarbiyalashda yaqindan yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. T:. “Adolat” 1998 -18b 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni. O’zR Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 y, № 39 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.–O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda 4. Egamberdiyeva N.M Madaniy–insonparvarlik yondashuv asosida talabalarni shaxsiy hamda kasbiy ijtimoiylashtirish nazariyasi va amaliyoti. (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida) Ped.f.d-ri .... diss T.: 2010 Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2) ISSN 2181-1709 (P) 114 Education and innovative research 2021 y. №2 -24 b 5. Gaipnazarov R. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasida uyg‘unlik: Ped. fan. nom.… diss. – T.: 2011.- 132 b 6.Jumaboyev Y. O’zbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan. – T.: O’qituvchi, 1997.–182 b. 7. Jo‘rayev N. Ma’naviyat – inson qalbining sarchashmasi. – T.: Ma’naviyat, 2015. – 30 b. 8. Zunnonov A,.To‘xliyev B, Ma’sudov X. Pedagogika tarixi darslik. T.: “Sharq” nashriyoti 2002. -11b Образование и инновационные исследования (2021 год №2) ISSN 2181-1717 (E) http://interscience.uz Download 28.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling