G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni


Download 28.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/101
Sana26.10.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1724758
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
Bog'liq
2021-2-сон

Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
105
http://interscience.uz
Jabr va muqobala» asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib o‘zidan 
avvalgi bilimlarni o‘rgangan va ularni sintezlashtirish hamda amalda qo‘llash 
usullarini bayon etgan. [5;]
Shu asar tufayli «Al-Xorazmiy» nomli lotincha transkripsiyada «Algoritm» 
shaklini oldi, keyinchalik hozirgi zamon hisoblash matematikasining 
asosiy tushunchasi algoritm algorifmga aylandi. U matematikaning nazariy 
rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo‘llarini ham berdi, 
meros taqsim qilishda vasiyatnomalarni tuzishda, mol taqsim etishda 
odamlarga kerak bo‘ladigan amaliy ishlarga zarur bo‘lgan hisoblarni taqdim 
etdi. 
Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi «Hind arifmetikasi 
haqida kitob» («Hisob al hind») dir. Asar o‘nlik tizimi raqamlari (0, 1, 2, 
3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag‘ishlangan. Xorazmiy hindlarning falakkiyot va 
matematikaga oid «Sindixind» nomli qo‘llanmasini o‘kib, uning yangilish 
va kiyin tomonlarini qayta ishlab yangi boblar qo‘shdi va uni «Qiskargan 
sindixind» («Algoritm hind hisobi haqida») deb atadi. Asar faqat Sharqdagina 
emas Yevropada ham qo‘llanma sifatida shuxrat taratdi. 
O’nlik tizimining kashf etilishi sanoq tizimida inqilobiy o‘zgarish yasadi, 
Yevropaga o‘nlik tizim raqamlaridan foydalanib eng katta sonlarni yozish va 
joylarni aniq ko‘rsatish X-XI asrlarda arablardan kirib kelgan. 
Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo‘lgan ko‘shish, ayirish, 
ko‘paytirish, bo‘lish qoidalarini yaratgan. Turli «jins»dagi sonlarni 
ko‘paytirish algoritmi ham bergan. Masalan, minut sekundlarni bir-biriga 
ko‘paytirish uchun avvalo, bir xil shaklga keltirish ya’ni sekund yoki minutga 
aylantirishni ko‘rsatgan. Xorazmiy o‘zining falakkiyotga doir ishlarida 
hindlarning falakkiyot jadvallarni tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomli bilan 
mashhur bo‘lgan astronomik jadvallar tuzdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra VIII–XV asrlarda hammasi bo‘lib trigonometriya, 
falakkiyotga oid 100 ga yaqin zij - jadval mavjud bo‘lgan. Ularning qatoriga 
boshqa olimlar bilan birga Xorazmiy tuzgan zijlar ham bor. Xorazmiyning 
«Sinus ziji»ri asari XII asrda lotin tillari tarjima etilib, bir necha asr mobaynida 
undan foydalanib kelindi. Bundan tashqari, «Kitob suratil ard» («Yerning 
surati kitobi») geografiyaga oid dastlabki kitob sanaladi. [4;]
Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o‘zining ulkan hissasini 
qo‘shdi. «Al kitob al muxtasarfi hisob aljabr va muqobala» («Aljabr va al 
muqobala hisobi haqida qisqacha kitob») asarida sonli kvadrat va chiziqli 
tenglamalar va ularni yechish yo‘llarni bayon etadi.
Risola uch qismdan iborat bo‘lib, birinchisi–algebraik qism uning oxirida 
savdo muomalasiga oid kichik bir bo‘lim keltiriladi. Ikkinchi–geometrik 
qism algebraik usul qo‘llab o‘lchashlar haqida, uchinchi qism vasiyatlar 
haqida bo‘lib, muallif uni «Vasiyatlar kitobi» deb ataydi. 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
106
Education and innovative research 2021 y. №2
Al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya (mavhumiylik) tushunchasini 
kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy yechish usullarini hal etdi, 
deduksiya yo‘li bilan umumiy usullar yordamida turli xususiy masalalarni 
yechdi.
Xorazmiy ta’limotlariga tayanib aytishimiz mumkinki matematika fanini 
o‘qitish jarayonida O’rta Osiyolik qomusiy olimlarning ilmiy merosidan 
foydalanishning ilk kurtaklari fikr tarbiyasini oqilona tashkil etishga bog‘liq 
bo‘lib, bu jarayon bo‘lg‘usi pedagoglarni kreativ tafakkurini rivojlantirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy fikr matematik tasavvurlarni to‘g‘ri 
yo‘naltirish bilan bog‘liqdir.
Bilamizki, matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, 
ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani, algoritmik tarzdagi 
tartib intizomni ta’minlaydi va tafakkurni kengaytiradi [5;]
Tadqiqotlar jarayonida foydalanilgan kooperativ ta’lim texnologiyasi – 
bu talabalarni mayda guruhlarga o‘zaro taqsimlash yo‘li bilan dars o‘tishning 
zamonaviy texnologiyasi hisoblanadi. Agar talabalarni bir guruh deb tasavvur 
qilsak, ular o‘qituvchi tomonidan bir necha mayda guruhga ajratiladi. Har 
bir guruh unga berilgan maxsus topshiriq bo‘yicha ishlaydi, ma’lumotlarni 
o‘rganadi, savollarga javob beradi, qo‘yilgan muammoga muqobil echim 
topishga urinadi. Shundan so‘ng guruhlar o‘rgangan mavzusi yuzasidan 
ikkinchi guruh bilan o‘zaro fikr almashadi.
Shuningdek ta’lim jarayonida mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda 
innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘yinli texnologiyalardan foydalanish 
ham o‘zining ijobiy samarasini berdi, o‘yinlarni yaratishda murakkablik 
darajalari eng kamida uchta bo‘lishi maqsadga muvofiqligi ta’minlandi. 
Quyida biz matematika fanini o‘qitish jarayonida O’rta Osiyolik qomusiy 
olimlarning ilmiy merosidan foydalanishda “Zig-zag” strategiyasidan 
foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tamiz.
Metod tahsil oluvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va 
puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar 
bilan belgilanadi:
– tahsil oluvchilarda jamoa (yoki guruh) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi 
shakllanadi;
– mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi.
“Zig-zag” strategiyasini qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga 
oshiriladi:
– sinf tahsil oluvchilari bir necha (5-7 ta) guruhga bo‘linadi;
– yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 5-7 ta 
qismga ajratiladi;
–har bir guruhga mavzuning muayyan qismi (1¬matn, 2¬matn, ... va 
hokazolar) beriladi va uni o‘rganish vazifasi topshiriladi;
– belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar;


Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
107
http://interscience.uz
– vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi va 
ular o‘rganilgan matnga oid asosiy ma’lumotlarni guruhdoshlariga so‘zlab 
beradilar;
– liderlarning fikri guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi mumkin;
– barcha guruhlar o‘zlariga berilgan matnni puxta o‘zlashtirganlaridan 
so‘ng matnlar guruhlararo almashtiriladi;
– bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi;
– shu taxlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn tahsil oluvchilar 
tomonidan o‘zlashtiriladi. [2;]
Xulosa qilib aytganda matematika fanini o‘qitish jarayonida O’rta 
Osiyolik qomusiy olimlarning ilmiy merosidan foydalanish bo‘lg‘usi 
pedagoglarning kasbiy faoliyati sohasidagi ijtimoiy-progressiv, maqsadga 
yo‘naltirilgan faoliyat, mantiqiy dunyoqarash, pedagogik, kommunikativ
intellektual, psixologik kompetentlikning yaxlitligini ta’minlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. –O’zbekiston Respublikasi 
Qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
2. Pedagogik texnologiya: muammo va istiqbollar (Zamonoviy 
pedagogik texnologiyaning ilmiy-nazariy asoslari). Mualliflar guruhi./ 
T.:OO’MKHTRM, 2005. 300 bet
3.Jumayev M. Matematika fanini kompetensiyaviy yondashuv asosida 
o‘qitishda tarixiy materiallardan foydalanish. Xalq ta’limi jurnali. 2017 y, 4 
son.
4.Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. - T.: 
Sharq NMK, 2004.-335 b
5. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim samaradorligi 
omili; monografiya / T.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2020. -184 b
6.Saitov Yo. Matematika va matematiklar haqida. – T.: «O’qituvchi», 
1992.


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)

Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling