G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Download 1.47 Mb.
bet21/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

1. Sohibqiron Temurning 7 yoshidan (1342) to uning so‘nggi kunigacha bo‘lgan hayoti, siyosiy faoliyati tasvirlangan. Bu qismda Amir Temurning Movarounnahrda hokimiyatni qo‘lga kiritishi va undan keyin mashhur yurishlari asosida To‘xtamishxon (1376–1395), Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1389–1402) kabi jahongir shohlarni mag‘lubiyatga uchratgani, 1,5 mln.kv.km. territoriyada Temuriylar Imperiyasiga asos solgani hikoya qilinadi.

2. Ikkinchi qism esa Jahongir Sohibqiron Temur nomidan shohzodalarga qarata aytilgan vasiyatlar, pand-nasihatlardir. Unda davlatni idora qilish san’atining nozik sirlari, qoidalari haqida, amir, vazirlar va beklarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, qo‘shin boshliqlari, ularning xizmatlarini taqdirlash, sipohlar va ularning maoshlari kabi masalalar haqida vasiyat qiladi.

Davlatni 12 qoidaga asosan boshqardi. Davlat ishlarini 4 omilga bog‘ladi: 1) saltanat, 2) xazina (boylik), 3) Qo‘shin (sipoh), 4) Raiyat (oddiy qora xalq). Amir Temur o‘z imperiyasini 4 ulusga bo‘lib boshqardi. 1) Qobul, g‘azna, Qandahorni 12 ming qo‘shin bilan Jahongirmirzoga, keyinchalik Pirmuhammadga, 2- ulusni Farg‘ona o‘lkasini Umarshayxga, 3-ulusni Mironshohga Xurosonni, 4-ulusni SHohruhga G‘arbiy Iroq, Ozarbayjon hududlarini berdi. Amir Temur saltanatni boshqarishda kengash, mashvarat, maslahat masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu jarayon bizda ikki palatali parlamentchiligimizda keng yo‘lga qo‘yildi.

Bu davrda milliy davlatchilik to‘g‘risidagi qarashlarning rivojlanishida Amir Temurning xizmatlari katta bo‘ldi. Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, undagi turli lavozim-vazifalar darajasi, tabaqalarning toifalanishi, harbiy qo‘shinlarning tashkil etilishi, jang olib borish mahoratlari, davlat xizmatchilari rag‘batini tashkil etish omillari, adolatli soliq turlarining joriy etilishi, mamlakatni obodonlashtirish tadbirlari milliy davlatchilikning yuksak madaniy va huquqiy darajada shakllantirishga erishganligidan dalolat beradi. Bunday siyosatning asos-mohiyati adolatli davlat, insonparvar jamiyat negizlarini qaror toptirishga qaratiladi.

Amir Temur davlat boshqaruvining demokratik asoslarini yaratishda mamlakat ishlarini doimo kengash, mashvarad, maslahat, hushyorligu, mulohazakorlik, ehtiyotkorlik27 bilan amalga oshirishga qaratadi. Saltanat ishlarini Kengash asosida olib borish - bu aslida ayonlarning rizoligi va ixtiyori demak. Bunday yondashuv bevosita davlat boshqaruvi taqsimotining ilk ko‘rinishlari to‘g‘risidagi qarashlarning rivojlanishiga zamin yaratgan.

Sohibqiron har bir ishda siyosatni adolat bilan amalga oshirishga va bunda turli vositalar asosida uning izchilligini ta’minlashga erishadi. YA’ni, adolatga qaratilgan maqsadlarni adolatli vositalar bilan uyg‘unlashtirish asosida davlat boshqaruvining nazariy ta’limotlarini amaliy jihatdan boyitadi-ki, saltanatda adolatni ta’minlovchi siyosat murvatlar yuzaga keladi. Masalan, u nafaqat davlat xizmatchilarining qanday sifatga ega bo‘lishini, balki shunday sifatlilarni qanday qilib davlat boshqaruviga kelishini ta’minlashning yo‘nalishi tomonlarini ishlab chiqadi. Bu borada u shunday deydi: «Agar har narsani va har kimni o‘z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan ko‘p halal va ziyon etgay. Demak, har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak»28 deb, u davlat xizmatida salohiyatli shaxslarning ishtirokini amaliy tatbig‘iga aylantiradi. Jumladan: «Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida tortib ko‘rib, boshqalarnikidan ortiqroqligni bilsam, uni tarbiyatimga olib, amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardim»29 deydi.

Amir Temur o‘z davridagi xizmatlarining eng asosiysi va eng buyugi - bu uning davlat arbobi sifatida adolat g‘oyalariga asoslangan milliy davlatchilik ta’limotlarining huquqiy negizlarini yaratganligi hamda uni tatbiq etib berganligidadir. SHu tariqa u o‘z siyosiy faoliyatini shunday ifoda etadi: “Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlarni mamlakatiimdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga o‘zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda hadlaridan oshishlariga yo‘l qo‘ymadim. Ulug‘larini va sharaf-e’tiborli kishilarni hurmatlab, martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim»30.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling