Gandbol o’yini jarayonida pedagogik kuzatuvni o’tkazish
Download 228.5 Kb.
|
Mashg’ulotni pedagogik jihatidan tashkil qilish.
Qо’l tо’pi darslarini tashkil qilish mashg„ulotdan oldin boshlanishi kerak: bu yechinish –kiyinish xonasida tartibga rioya qilish, sport anjomlarining darsga yaxshi holda tayyorlab qо„yilganligigi, navbatchilarning о„z vazifalarini tо„liq bajarishlari, sinfning о„quv maydonchasiga chiqishdan oldin о„z vaqtida saf tortishi, shuningdek uyga vazifa hamda dars oldida turgan musobaqalar (harakatli о„yinlar, bir tomonlama va ikki tomonlama qо„l tо„pi о„yinlari, alohida guruxlar, zvenolar о„rtasida estafetalar) tо„g„risida eslatma berish. Ma‟lum bir jismoniy sifatlarning rivojlanishiga ta‟sir qiluvchi mashqlar odatda quyidagi ketma-ketlikda о„tkaziladi: kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirish. О„quvchilarning umumiy ish qobiliyatini tarbiyalash maqsadida bu ketma-ketlikni о„zgartirish mumkin. Agar darsning asosiy qismida turli xil dastlabki tayyorgarlikni (tezkorlik tayyorgarligi, zarba berish texnikasini mukammal о„rganish, taktik kombinatsiyalar va h.k.) talab qiladigan vazifalarni hal etish rejalashtirilgan bо„lsa, darsning har bir bо„limi oldidan о„zining tayyorgarlik ishlari о„tkazilishi lozim. Masalan, start tezligini hosil qilish uchun boldir bо„g„imlari mushaklari va boylamalarni ishga solish; zarba berish uchun yelka mushaklarini mashqlantirish; yiqilishlar bilan bajariladigan harakatlarni mukammal о„rganish uchun umumiy tartibdagi akrobatika mashqlari о„tkaziladi. Agar о„qituvchi navbatdagi darslar, kо„zda tutilayotgan mashqlar, musobaqa turidagi mashqlar, bellashuv elementlaridan iborat harakatli о„yinlarning mazmunini yoritib bersa, mashg„ulotlarga bо„lgan qiziqish yanada ortadi. Kuch mashqlari: qо„llarni bukib-yozish, burchak holatida turish, tо„pni otish hamda muvozanatga doir murakkab mashqlarni bajarishga tayyorlanishga katta ahamiyat berish lozim. Uy vazifalarining bajarilishi qо„l tо„pi darslari samarasini ancha oshiradi, maktab о„quvchilarini xar tomonlama jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi. О„quvchining darsga puxta tayyorgarlik kо„rishi dars vaqtidan tо„laqonli foydalanish asosini tashkil qiladi. U quyidagilarni о„z ichiga oladi: vazifalarni aniq taqsimlash, oldingi mashg„ulotlar natijalarini hisobga olish, shug„ullanuvchilarning о„zlashtirishni tahlil qilish, dars rejasini tuzish, zarur sport asbob-anjomlarini tanlash. Darsning umumiy va “motor” zichligi ajratiladi. Umumiy zichlik bu foydali sarflangan vaqtning butun dars vaqtiga nisbatidir; “motor” zichlik – bu mashqlarni bajarish vaqtining butun mashg„ulot vaqtiga nisbatidir. Dars 100 foizlik umumiy zichlikka ega bо„lishi kerak, motor zichlik aynan shu guruh shug„ullanuvchilarining jismoniy rivojlanishi uchun optimal bо„lishi zarur. Guruhlar (bо„linmalar, jamoalar) bо„yicha ishlash materialini tabaqalash zarur bо„lgan yoki katta guruhlar bilan ishlab bо„lmaydigan (masalan tо„pni darvozaga yо„llash) paytlarida olib boriladi. Individual mashg„ulotlar yaxshi о„zlashtirayotgan о„quvchilar bilan materialni chuqur egallash paytida yoki qoloq о„quvchilar bilan xatolarni bartaraf etish ustida ishlash vaqtida о„tkaziladi. Oxirgi paytlarda darslarda, darsdan tashqari va trenirovkada shug„ullanuvchilar faoliyatini tashkil qilishning eng samarali shakllaridan biri – bu aylanma trenirovkadir. U mashg„ulotning yuqori darajadagi umumiy motor zichligini ta‟minlaydi. Bu mashqlarni olib borishning (kо„proq jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun) о„ziga xos alohida tashkiliy-uslubiy shakli hisoblanadi. Qо„l tо„pida aylanma trenirovkaga yaxshi о„zlashtirilgan mashqlar kiritiladi. Ularning yordamida turli xil mushak guruhlarga tanlab ta‟sir kо„rsatiladi, texnik malakalar, jismoniy sifatlar takomillashtiriladi. Aylanma trenirovkada odatda, 5-10 ta mashqdan iborat kompleks qо„llaniladi. Bu mashqlar kompleksi hamma gavda qismlari hamda mushak guruhlarini ketma-ket ishga jalb qiladi. Avval umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari ma‟lum bir miqdorda takrorlashlar bilan bajariladi, masalan, 1-2 ta mashq yelka mushagini rivojlantirish uchun, 2ta - gavdaning oldi mushaklarini rivojlantirish uchun; 2ta - oyoq mushaklari uchun; 2ta - organizmga umumiy ta‟sir kо„rsatishi uchun, shuningdek egiluvchanlik, chaqqonlik, harakat muvozanatini rivojlantirish. Har bir mashq uchun oldindan joy tayyorlanadi. U “stansiya” deb ataladi. Shug„ullauvchilar bir vaqtning о„zida 3-6 kishidan iborat guruh bо„lib mashq bajaradilar. Mashqni bajarib bо„lib, umumiy signal bо„yicha guruhlar aylana bо„ylab joylari bilan almashadilar va boshqa “stansiya” mashqlarini bajarishga kirishadilar. Mashqlarni meyorlash (har bir stansiyada va umuman) qat‟iy ravishda nazorat qilinadi. Avval aylanma trenirovkaga kiritilgan mashqlarning о„quvchilar tomonidan oxirigacha takrorlash imkoniyatlari (30 sek ichida) aniqlanadi, sо„ngra har bir stansiya uchun meyorlash 30 sek ichida sо„nggi sur‟atgacha bajarilgan takrorlash sonining uchdan bir qismi yoki kо„pi bilan yarmisi hisobidan keltirib chiqariladi. 1-2 oydan sо„ng yangi nazorat testini о„tkazish hamda yangi individual kо„rsatkichlarga muvofiq holda aylanma trenirovka hajmini о„zgartirish maqsadga muvofiqdir. Qо„l tо„pi bо„yicha ixtisoslashayotganlar uchun hisob varaqalarini (sportchi kundaligiga о„xshash) yuritish foydalidir. Bu yerda о„quvchilar о„zlarining dastlabki natijalari, mashqlardan oldin va keyingi tomir urish kо„rsatkichlari, trenirovka yuklamalari kattaliklari, о„z yutuqlarining о„sishini yozib boradilar. Bunday nazorat ularning say harakatlarini faollashtiradi va boshka sinf, maktab о„quvchilarining mashg„ulotlariga bо„lgan qiziqishlarini oshiradi. Bunday trenirovkaning bitta aylanasi 5 – 6 min.ni egallaydi. Darsda “aylana” 2 – 3 martacha ( tegishli tarzda mashqlanganlikka ega bо„lganda) takrorlanishi mumkin. Mashqlarni bajarish xususiyatlarning (ularning shiddati, davomiyligi, har bir stansiyadagi va aylanadagi urinishlar soni) ikki xil bо„lishi mumkin: uzoq va uzluksiz, stansiyalar orasida almashishlar yugurib, tez sur‟atda bajarilsa, aylanalar orasida dam olish esa kо„p bо„lmasa, yoki oraliqli– har bir stansiya va aylanadan sо„ng tegishli tiklanish davri keladi. Aylanma trenirovkada qо„l tо„pi bо„yicha material asta –sekin о„zlashtirib borilgan sari, umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari maxsus mashqlar bilan almashtiriladi, о„quvchilarning xar tomonlama jismoniy tayyorgarligi, balki о„yinchining maxsus kо„nikma va malakalarini rivojlantirish masalalari hal etiladi. Alohida stansiyalarda bunday mashqlar quyidagilar bо„lishi mumkin: 10-25 m masofada turib chegaraga yaqin sur‟atda tо„p oshirishni kо„p marta takrorlash, sherigiga tо„p oshirish va ilib olish (yoki devor oldida bajarish), himoyachining kvadrat bо„ylab harakatlanishlari, oldinga chiqib olib hujum qilishda tо„pni kо„p marta qabul qilib olish, uzoq masofaga tо„p oshirish, darvozaga qiyin zarbalarni berish (yiqilib, blok ustidan oshirib) turli hildagi aldashlarni (fintlarni) bajarish, yengil tо„ldirma tо„plarni oshirish (0,8kg ), 2, 3, 4, 5 kg li tо„ldirma tо„plarni belgilangan usulda oshirish, tо„siqlar orasidan ilon izi shaklida tо„pni olib yurish va nishonga qarata otish, “yarim shpagatlar” siltanishlar hamda yiqilishlar akrobatika mashqlari (darvozabonlar uchun) va h.k. Daslarni nafaqat zallarda, balki ochiq havoda –qо„l tо„pi uchun mо„ljallangan maxsus yoki oddiy boshqa ochiq о„yin maydonlarida stadionlarda yoki tabiiy sharoitda (о„rmonlar, bog„, daryo bо„yida va boshqa) joylarda ham о„tkazish mumkin. Bunday sharoitlarda о„tkaziladigan darslar о„quvchilarning jismoniy rivojlanishi va chiniqishiga ijobiy ta‟sir kо„rsatadi hamda qо„l tо„pining asosiy texnika elementlarini tez egallashga yordam beradi. Download 228.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling