Gap haqida umumiy ma'lumot


Buyruq va undov gaplarning tuzulishi va ifodalanishi


Download 219.89 Kb.
bet12/14
Sana18.06.2023
Hajmi219.89 Kb.
#1577789
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.

2.2 Buyruq va undov gaplarning tuzulishi va ifodalanishi


Buyruq gaplar.
Buyruq gap tinglovchini biror narsaga — biror ishni bajarishga buyurish, qistash mazmunini, shu bilan bog‘langan boshqa ma’nolarni ham ifodalaydi. Bu mazmunning turli ko‘rinishlari bor (do‘q, qat’iy buyruq, iltimos, yalinish, nasihat, taqiqlash, ogohlantirish, ruxsat, chaqirish, taklif, tilak-istak va boshqalar). Shunga qarab, buyruq gap o‘z ichida har xil ko‘rinishlarga ega bo‘ladi: 1. Sof buyruqni bildiradi (Tez bor!). 2. Ba’zan shu ishni bajarishga undash, qistash ottenkasiga ham ega bo‘ladi (tezroq olsang-chi!). 3. Ba’zan bu mazmun iltimos yo‘li bilan beriladi (menga so‘z bering). 4. Buyruq maslahat tariqasida bo‘lishi mumkin (yaxshisi, bugun kutubxonaga bor). 5. Bunday gap so‘zlovchining istagini, tilak-maqsadini anglatishi mumkin: yashasin dunyoda doim ishchi-dehqon birligi! Bugun bir muzeyga boray. 6. Ba’zan chaqirish-undash ottenkasi bilan bog‘lanadi (fan cho‘qqilari tomon olg‘a!) va b.
Bu turlar so‘zlashuv nutqida intonatsion jihatidan bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Intonatsiya o‘sha gaplarning ichki turini, har xil ottenkalarini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega: har bir ko‘rinishning, ottenkaning o‘ziga xos intonatsiyasi bor.
Buyruq gapning grammatik, intonatsion xususiyatlari:

  1. Gapning bu turi buyruq intonatsiyasiga ega bo‘ladi. Bu intonatsiya darak gapnikiga nisbatan kuchli bo‘ladi. Keskin buyruq, do‘q bildiradigan gaplarda intonatsiya ayniqsa kuchli — yuqori bo‘ladi: buyruqni ifodalaydigan bo‘lak kuchli aytiladi. Buyruq gapning mazmunidagi har xillikka qarab, uning intonatsiyasi ham turlicha bo‘ladi. Misol uchun quyidagi gaplarning intonatsiyasini solishtiring: “Biqin zolim boylar! Maydonga chiq, ishchilar! Ishchilar, uyg‘on, uyg‘on! (H. H.) Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar. (M.) Nomimni tilingga olma, e olchoq! (G‘.G‘.) Paxta tersang, toza ter! Chanog‘ida qolmasin! (ashuladan.) O‘ltirishga bir hikoyat aylayin. O‘rtoq lenin ishin so‘zman boshlayin. (E J.) So‘zlab beray zaynab va omon sevgisidan yangi bir doston. (H.O.) Opa, shu hikoya kitobini menga bering. («erkatoylar orasida» ocherkidan.)”5

Iltimos, yalinish, maslahat, ruxsat etish, istak-orzu kabi ma’nolar bilan bog‘langan buyruq gaplarning intonaqiyasi sof darak gapning ohangiga juda yaqin bo‘ladi. Demak, bunda intonatsiya mazmundagi turli ottenkalarni, har xilliklarni ko‘rsatish vositasi bo‘ladi: ber! (buyruq).— ber (iltimos, maslahat, yalinish). Bunday ottenkalarni ifodalashda ba’zan ayrim yuk- lamalar ham qatnashadi. Misollar: Dasturxonni menga ber-chi! Qani, menga musht ko‘tarib ko‘r-chi!

  1. Bu tipdagi gapning kesimi, odatda, buyruq maylining ikkinchi shaxsi formasidagi fe’ldan bo‘ladi. Misollar: Ayting, nega meni onam tug‘madikan ilgari, million-million ko‘ngillilar, partizanlar singari.

(G‘.G‘.) Fanlar o‘lkasidan oshing dovonlar. (O.) Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. (F. Y.)
Kesim birinchi shaxsni ko‘rsatuvchi istak maylida bo‘lganda, istak-qat’iylik (birlikda), ishni bajarishga boshqalarni ham undash, iltimos (ko‘plikda) kabi ma’nolar ifodalanadi. Misollar: Men aytayin ko‘rganim ham bilganni. (E. J.) Kesim buyruq maylining uchinchi shaxs formasidagi fe’ldan bo‘lganda, ikkinchi shaxs orqali aytilgan buyruq yoki istak mazmuni ifodalanadi.
Misollar: U borsin! O‘rtoq komandir, men keksani quvontirdingiz, umringiz uzoq bo‘lsin. Partiyamiz, jonajon, doimo bo‘lsin omon! (M. B.)
3.Buyruq maylining uchinchi shaxs (birlik) formasidagi fe’l kesim majhul nisbatda bo‘lganda, odatda, umumiy buyruq mazmuni kelib chiqadi (chog‘ishtiring: borsin, kelsin kabi xollarda ikkinchi shaxs orqali uchinchi shaxsga qaratilgan buyruq ma’nosi kelib chiqadi. Ba’zan bu ham ikkinchi shaxs uchun qo‘llanadi). Misollar: zalda chekilmasin! Tartib saqlansin! Bu forma ayrim stilistik talab bilan ikkinchi shaxsga qaratilishi ham mumkin. Misol: Sobirjon, nega qarab turibsiz? Muzikani boshlash haqida komanda berilsin.
4.Bunday gaplarning kesimi ba’zan shart mayli formasida bo‘ladi. Misollar: Shu kunlarda bir yomg‘ir yog‘sa (yog‘sa edi). Majlis ertaga qoldirilsa (qoldirilsa, edi). Bu tipdagi gap, odatda, istak, iltimos ma’nolarini anglatadi va darak gapga yaqin intonatsiyaga ega bo‘ladi. Bu tip shartli ravishda buyruq gapga kiritiladi.
5.Aniqlik maylidagi yaqin o‘tgan zamon fe’li ba’zan intonatsiya yordami bilan buyruq gap hosil qilishi mumkin. Misollar: Qani, ketdik! Qani, ishga tushdik!
6.Buyruq gapning kesimi ko‘pincha buyruq maylidagi fe’ldan bo‘ladi, shunga ko‘ra bu gap undov intonatsiyasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Anglashiladiki, buyruq gaplarning kesimi vazifasidagi fe’l buyruq mayli formasida bo‘lganidek, boshqa maylda ham kela oladi.
7. Buyruq gap ko‘pincha undalmali va undovli bo‘ladi. Masalan: Hoy, tezroq yuringlar! Kolxozchilar, g‘alabangiz muborak! Kel, shu kampirning so‘zini ham eshitaylik. Bu gapdagi kel so‘zi undovga ko‘chgan fe’ldir.
8.Boshqa vositalar bo‘lmaganda, buyruq gap intonaqiya yordami bilangina tuziladi. Bunday vaqtda intonatsiya orqali shu gap ikkinchi shaxsga nisbatan buyruq ma’nosini ifodalaydi. Misollar: Qo‘ng‘iroqni chalish kerak! (qo‘ng‘iroqni chaling!) Maktabga! (maktabga yig‘ilingiz!) Olg‘a! (olg‘a bosingiz!) Bolg‘a! (bolg‘ani bering!) Qattiqroq! Qattiqroq! (qattiqroq gapiring!) Ko‘rinadiki, buyruq gapning bu turlari to‘liqsiz gap bilan ham bog‘lanadi. Bu gaplar kuchli ohang bilan aytiladi.

Download 219.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling