Gap haqida umumiy ma'lumot


Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 219.89 Kb.
bet2/14
Sana18.06.2023
Hajmi219.89 Kb.
#1577789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.

Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Gap va uning mazmuniy xususiyatlari mavzusini nazariy jihatdan o`rganishni maqsad qilib olindi va ushbu maqsadga erishish uchun kurs ishining vazifalari etib belgilab olindi.
Kurs ishining tuzulishi: Kurs ishi kompyuterda qo‘lda terildi va sahifalandi. Ish ikkita bob, har bir bob ikki rejadan tashkil topgan bo`lib, kurs ishini bajarishda 47 ta adabiyotlar manbalariga murojat etildi. Ishning hajmi 41 betdan iborat.

I BOB. Gap. Gapning shakliy va mazmuniy tuzilishi

    1. Gap haqida umumiy ma'lumot

Gap —muayyan til qonuniyatiga koʻra grammatik va intonatsiyaviy shakllangan nutq birligi. Fikr shakllanishi va ifodalanishining asosiy vositasi. Gap soʻz, soʻz birikmalariga qarama-qarshi qoʻyiladigan sintaktik kategoriyadir. Predikativlik, modallik, xabar intonatsiyasi, marom-ohang, tugallanganlik, soʻzlar tartibi Gapning muhim xususiyatlaridandir. Kommunikativlik — Gapning bosh vazifasi. Gaplar quyidagi nuqtai nazardan tasnif qilinadi: a) tarkibidagi predikativ birlikning miqdoriga koʻra.
So‘zlovchi hamma vaqt ham o’z fikrinigina bayon etib qolmaydi, u ba’’zan gapini ham o’z nutqi ichida ishlatadi. O’zganing gapini ifoda etuvchi shaxs avtor, uning gapi esa avtor gapi deyiladi. Avtorning ma’lum shaxs fikrini o’z nutqi ichida keltirishi o’zganing gapi deyiladi. Gap ifoda qilinayotgan shaxs so’zlovchi sanaladi.
Bog‘li nutqning axborot tashuvchi eng kichik birligi va shunday birliklarning uumumlashgan namunasi gapdir. Sintaktik sathning asosiy birligi va sintaksisning asosiy o‘rganish ob’ekti gap hisoblanadi.
Voqelikni va unga bo'lgan munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan, ohang va mazmun jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan so'z yoki so'zlar bog'lanmasi gap deyiladi.
Ma'lumki, kishilar o'zaro fikr almashadilar, aloqa qiladilar, bunday aloqa aralashuv faqat gap orqali yuzaga keladi. Shuning uchun gap fikrni ifoda etuvchi nutq birligidir.
Gapning asosiy belgilari quyidagilar:
1. Gap asosan so'zlarning ma'lum grammatik qoidalari asosidabirikuvidan hosil bo'ladi. Masalan: Dars boshlandi.
2. Gapning yana muhim belgilaridan biri hukm(predikativlik)dir. Bunda so'zlovchining aytilayotgan fikrigabo'lgan munosabati ifoda qilinadi. Hukm (predikativlik moddalik,zamon, shaxs-son kategoriyalarini o'z ichiga oladi. Hukmso'zlarning predikativ munosabatiga kirishuvi bilan (ega va kesimaloqasi) ifodalanadi. Masalan:
Yoshlar mustaqil vatanga sodiq bo'ling!
3. Gap ohang (intonatsiya) tugalligiga ega. Ohang, birtomondan, bir qancha so'zlar bir gapni tashkil etganligini ko'rsatsa.ikkinchidan, gapning tugallanganligini ko'rsatadi. bu esa yozuvda turli tinish belgilari orqali ifodaetiladi. Masalan: Ular butun vujudi bilan ishga sho'ng'ib ketishgandi-yu, ammo texnika yetishmasdi.(Ch.A.)
Oltinsoy tongi naqadar go'zal! (Sh.R.)Yuragimni hech sezasanmi men sevaman, sen sevasanmi? (qo'shiq). Birinchi gapda xabar ohangi bo'lgani uchun (.), ikkinchi gapda his-hayajon ohangi bo'lgani uchun (!), uchinchi gapda so'roq ohangi bo'lgani sababli (?) belgilari qo'yilgan.
4. Gap fikriy jihatdan nisbiy tugallikka ega. Bu esa ma'lumsharoit bilan bog'liq. Ba'zan bir so'z ham gap bo'lishi mumkin.Masalan: Kuz oltin fasl. Pishiqchilik. To'kin-sochinlik.
Ifoda maqsadiga ko'ra gap turlari
Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqda istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar.
Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Mirzo Ulug'bek chashma bo'yiga tiz cho'kib, muzday suvga yuvindi, tahorat oldi va movut to'nini buloq atrofidagi sarg'aya boshlagan ajriqzorga yozib, peshin nomozi o'qidi. (O.Yo.)
Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. (I. Karimov). Bahor keldi, gullar ochilsa. yana avvalgiday tabiat gullar. (H. O.) Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo'yiladi.

Download 219.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling