Gap haqida umumiy ma'lumot


His-hayajon ifodalashiga ko'ra gap turlari


Download 219.89 Kb.
bet4/14
Sana18.06.2023
Hajmi219.89 Kb.
#1577789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.

His-hayajon ifodalashiga ko'ra gap turlari. Bu jihatdan gaplar ikki turga bo'linadi:

  1. his-hayajonga ega bo'lmagan gaplar.

  2. his-hayajon yoki undov gaplar. His-hayajonga ega bo'lmagangaplarga darak gap, so'roq gap, buyruq gaplar kiradi.

His- hayajonli gaplar. Kuchli his- hayajon bilan darak, so'roq, buyruq gaplardan hosil bo'lgan gaplar his-hayajon gap deyiladi.
Masalan:
Har aytganing buyuk jangnoma.
Qayga desang qaytmay keturman.
His-hayajon gaplar qmidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1. Darak: E, biz bunaqa imtihondan endi o'tayotganimiz yo'q!
2. So'roq: Naqadar chiroyli manzara-a?! (Sh. R.) Ona!Dunyoda bundan yoqimliroq so'z bormikan?!

  1. Buyruq: Baxtimizga mustaqillik omon bo'lsin!

  2. Shodlik. quvonch. tantana:Alisherni alla aytib uxlatgan ona!Og'ishida Bobur kamolga yetgan ona!Torobiyni ulug' jangga jo'natgan ona!Sharaf senga, obro’ senga, senga tantana!Sharaflarga muyassarsan ey, ulug' ona! (M. Sh.)S.Taajjub: Shunday erkin zamonlar ham kelar ekan-a?!

6. Qayg'u. afsus: Esiz taqdir ekan qaydan bilibmiz! ("Navoiy"drammasi).
Gapning tuzilish jihatidan turlari
Har qanday gapning tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo'laklar: ega va kesim tashkil etadi. Gap tarkibidagi grammatik asos (ega va kesim) ning ishtirokiga ko'ra gaplar tuzilish jihatidan ikki turga bo'linadi: sodda gaplar va qo'shma gaplar.
Bitta grammatik asosiga ega bo'Iib ma'lum bir fikr va his-hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi.
Ikki va undan ortiq grammatik asosdan iborat bo'Iib, nisbatan murakkabroq fikrni ifodalovchi gaplar qo'shma gap deyiladi. Masalan:
Chor atrofga yoyganda gilam.
Aslo yo'qdir bundayin ko'klam. (H. O.)
Til bilan dil dushman bo' Imaydi.
O'ldirmaydi qo'shiqni qo'shiq. (R. H.)
Keltirilgan misollarning birinchisi sodda gap bo'Iib, uning grammatik asosi bitta: ega va kesimdan (yo'qdir, ko'klam} ikkinchi gap esa qo'shma gap, uning grammatik asosi ikkita: 1) dushman bo'lmaydi, 2) o'ldirmaydi qo'shiq.
Sodda gaplar grammatik asosning tarkibliga ko'ra ham ikki xil: 1) ikki tarkibli gaplar, 2) bir tarkibli gaplar.
Grammatik asosi ikki bosh bo'lak (ega va kesim) dan iborat bo'lgan gaplar ikki tarkibli gaplar deyiladi. Masalan: Solihlar esga olinganda Allohning rahmati nozil bo'ladi (Tusiy). Bu gapning grammatik asosi ega (solihlar) va kesimi (hosil bo'ladi) dan iborat.
Grammatik asosi bir bo'lakdan iborat bo'lgan gaplar bir tarkibli gap deyiladi. Masalan:
Oyni etak bilan yopib bo'lmas. Bu gapning grammatik asosi faqat kesim (yopib bo'lmas) dan iborat.
Sodda gaplar, ikkinchi darajali bo'laklarning ishtirokiga ko'ra yig'iq va yoyiq gaplarga bo'linadi.
Ega va kesimdan tashkil topgan sodda gaplarning bir ko'rinishi yig'iq gap deyiladi. Masalan: Qor tindi. Hamma yoq oppoq.
Tarkibida bosh bo'laklardan tashqari ikkinchi darajali bo'laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq gap deyiladi. Masalan: Aziz va ulug' bo'lgan Allohga bir soat astoydil tavajjuh qilish quyosh nuri tushadigan barcha narsadan yaxshiroqdir. (Abduni Zajjoj.) Bu gapda aziz va ulug' bo'lgan (aniqlovchi), Allohga (to'ldimvchi), bir soat (aniqlovchi) astoydil tavajjud qilishning (aniqlovchi), yaxshiroqdir (kesim). Shu boisdan bu gap yoyiq gapdir.
Gapning tuzilishiga ko'ra turlari jadvali

t/r

Predikativ markaz-larning miqdoriga ko'ra

Bosh bo'laklar­ning ishtirokiga ko'ra

Ikkinchi darajali bo'laklaming ishtirokiga ko'ra

Zaruriy bo'laklar ishtirok etmasli-giga ko'ra

Bo'laklarga bo'linish-bo'lin-masligiga ko'ra

1.

Sodda gap

Bir bosh bo'lakli gap

Yig'iq gap

To'liq gap

Bo'laklarga bo'linadigan gaplar

2.

Qo'shma gap

Ikki bosh bo'lakli gap

Yoyiq gap

To'liqsiz gap

Bo'laklarga bo'linmay-digan gaplar (so'z gaplar)

Gap fikrni shakllantirish, ifodalash va bayon qilishning asosiy vositasi, muayyan tilning qonun-qoidalari asosida shakllangan sintaktik birligidir. Gapning asosiy funksional belgisi kommunikativlik, ya’ni fikr ifodalash va bayon qilish vazifasidir. Til kishilar o‘rtasida eng muhim fikr ifodalash vositasi ekan, demak, tilning bu vazifasini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita gap hisoblanadi.


So‘z ham, so‘z birikmasi ham bu vazifani bajara olmaydi. Ularning vazifasi narsa va hodisalar, belgi, harakatlarni nomlash, ya’ni nominativ vazifadir.
Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi orqali farqlanadi. Gapni kommunikativ birlik sifatida shakllantiruvchi vosita predikativlikdir. Masalan, Paxtalar ochildi va paxtalarning ochilishi qurilmalarining axborot hajmi bir xil. Ular faqat shu ob’ektiv mazmunni qanday ifodalashi jihatdan farq qiladi. Birinchisida predikativlik bor, ikkinchisida yo‘q.
Predikativlik gapning grammatik ma’nosi. U gapning shakllar tizimidagi qismlarga ajralmaydigan grammatik ma’nodir.
Predikativlik shaxs (son), zamon, mayl, tasdiq-inkor ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar yig‘indisidan iborat. Grammatik ma’noga va uni ifodalovchi shakllar tizimiga ega bo‘lgan har qanday eng kichik sintaktik birlik gap hisoblanadi.
Sintaktik qurilmaning o‘zgaruvchan unsurlari orqali ifodalanadigan, modusga kiruvchi ma’no sintaktik qurilmaning grammatik ma’nosi, ana shu ma’nolar va uni ifodalovchi shakllar tizimi gapning grammatik kategoriyalari sanaladi. Gapning grammatik kategoriyalari ham grammatik ma’no (so‘roq, buyruq, darak, inkor va boshqa) va grammatik shakl birligidan iborat. Predikativlik bir butunlik sifatida bir necha uzvlardan tashkil topadi va bu uzvlarning har qaysisi, o‘z navbatida, kichik kategoriyalarni hosil qiladi.

  1. Gapning grammatik shaxs kategoriyasi.

  2. Gapning grammatik zamon kategoriyasi.

  3. Gapning grammatik tasdiq-inkor kategoriyasi.

  4. Gapning modal kategoriyasi.

Gapning grammatik shaxs kategoriyasi harakat yoki belgi egasining nutq jarayoni ishtirokchilari bilan munosabatini ifodalaydi. Bu kategoriya fe’llarning morfologik shaxs kategoriyasi asosida vujudga kelsa ham, lekin u bilan teng emas. Sintaksis shaxs kategoriyasi morfologik shaxs kategoriyasidan birmuncha kengdir. Chunki sintaktik shaxs kategoriyasi fe’l ishtirok etmagan gaplarda ham ifodalanadi.
Sintaktik shaxs kategoriyasi mazmun jihatdan olmoshlardagi shaxs kategoriyasi bilan o‘xshashdir. Sintaktik shaxs kategoriyasida ham I, II, III shaxs, noaniq shaxs, umumlashgan shaxs hamda shaxssizlikka ajratiladi.
Sintaktik shaxs kategoriyasini ifodalashda fe’lning shaxs, nisbat shakllari, olmoshlar xizmat qiladi.
Gap orqali ifodalangan voqeaning ma’lum zamonga munosabati va bu munosabatni ifodalovchi shakllar tizimi gapning grammatik zamon kategoriyasi sanaladi. Fe’lning zamon shakllari gapning zamon kategoriyasini ifodalashda asos bo‘ladi.
Fe’lning grammatik zamon kategoriyasi fe’lning turli zamon shakllarini ajratsa, gapning grammatik zamon kategoriyasi o‘z tarkibida fe’lning turli miqdordagi zamon shakllarini qo‘llashga imkon beradigan gapning turli tuzilmalarini ajratadi.
Fe’lning zamon grammatik kategoriyasi a’zolari bir fe’lning turli zamon shakllari sanalsa, gapning zamon grammatik kategoriyasi a’zolari o‘z tarkibida fe’lning turli miqdordagi zamon shakllarining qo‘llanishiga imkon beradigan turli tuzilmalaridir.
Gapning kommunikativ tomoni, birinchidan, so‘zlovchining kommunikativ niyatini, ya’ni shu gapdan ifodalangan ob’ektiv mazmun unsurlarining ahamiyatlilik darajasini belgilashni (aktual bo‘laklarga ajratish), ikkinchidan, darak,so‘roq, buyruq ifodalanishini o‘z ichiga oladi. Gapning kommunikativ kategoriyasi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ham o‘z ichiga oladi. Gapning kommunikativ maqsadiga qo‘ra nutqiy aloqa turiga asoslanadi. So‘zlovchi o‘zining maqsadiga muvofiq keladigan gap shakllarini tanlaydi. Shunga ko‘ra, gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) darak gaplar, 2) so‘roq gaplar, 3) buyruq gaplar, 4) istak gaplar. Har qanday gapning uyushtiruvchi markazi kesim bo‘lganligidan gapning ifoda maqsaliga ko‘ra modellar ham kesim asosida ajratiladi.
Gapningifoda maqsadiga ko‘ra modellar tizimi kategoriyani hosil qiladi.
Invariant ma’no va invariant shakl asosidagi bu to‘rt xil gap uch belgi asosida bir-biridan farq qiladi: a) I shaxs axboroti, II shaxsni harakatga qo‘zg‘ash, III modallik.
So‘roq gap axborot bildirmaydi, lekin axborot ifodalash bilan aloqadorlik so‘roq gapni darak va istak gaplar bilan yaqinlashtiradi.
Darak va so‘roq gaplar modeli modallik ifodalashga befarq bo‘lsa, buyruq va istak gaplar modallik bilan bog‘langan. Buyruq gapning kesimi buyruq maylidagi fe’llardan, istak gapning kesimi esa istak maylidagi fe’llardan ifodalanadi.
Modallik gapning asosiy belgisi, gap mazmunining eng muhim qismidir.
Modallik ostida gapning sub’ekt bilan bog‘lik bo‘lgan turli ma’nolari tushuniladi. Shunga ko‘ra, bu ma’nolarni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) ob’ektiv va 2) sub’ektiv modallik. Ob’ektiv modallik bilish akti yo‘naltirilgan ma’lum bir vaziyatdagi mavjud ob’ektiv aloqalar xarakterini aks ettiradi (mumkinlik, haqiqiylik, zaruriylik). Sub’ektiv modallik gapda ifodalangan ob’ektiv mazmunga so‘zlovchining munosabaptini ifodalaydi va modusga kiradi.
Sub’ektiv modallik kirish so‘z vazifasida kelgan maxsus modal so‘z yoki modal vazifasidagi boshqa so‘zlar yordamida ifodalanadi. Sub’ektiv modallik orqali, o‘z navbatida, so‘zlovchining o‘z fikriga turli munosabatlari namoyon bo‘ladi: ishonch, tasdiq, gumon, achinish va boshqalar. Obe’ktiv modallik gapni shakllantiruvchi zaruriy belgilardan biri hisoblansa, sub’ektiv modallik ob’ektiv modallik ustiga qo‘yiluvchi qo‘shimcha modallikdir.


Download 219.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling