Gap haqida umumiy ma'lumot
Download 219.89 Kb.
|
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘ldiruvchi.
- Kelin kattakon doka ro‘molga burkangan
- Qancha odam kelibdi
- To‘xta xola uzoqdan kelayotgan ikki kishining qorasini ko‘rdi.
- Tol tagida yelpinib dam oldi
- Ular atayin aylanma yo‘ldan yurdilar (A.M.) Sabab holi: U singlisi tufayli juda baxtiyor edi. (A.M.)
Bog‘lama. Kesimdan keyin kelib, kesimni grammatik jihatidan shakllantirish, uning semantikasini taraqqiy ettirish, fikrni tugallash, shaxs-son, zamon, modallik kabi grammatik ma’nolar ifodalash, kesimning ega bilan munosabatini ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi yordamchi vositalar bog‘lama sanaladi.
Bog‘lama edi, ekan, emish kabi to‘liqsiz fe’llari, predikat-modal so‘zlar ( kerak, zarur, shart, lozim, mumkin), ko‘makchi fe’llar, bor, yo‘q, emas so‘zlari bilan ifodalanadi. To‘ldiruvchi. To‘ldiruvchi gapning ikkinchi darajali bo‘laklaridan bo‘lib, u harakatni o‘z ustiga olgan ob’ekt yoki predmetni ifodalaydi va o‘z hokim komponentiga tobelanish yo‘li bilan bog‘lanadi. To‘ldiruvchi ko‘pincha kesimga bog‘lanadi. Ba’zan ega, aniqlovchi, biror boshqa to‘ldiruvchiga bog‘lanib kelishi ham mumkin. Bu ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalanganda yuz beradi. To‘ldiruvchi aloqaga kirish usuliga ko‘ra vositasiz va vositali to‘ldiruvchilarga bo‘linadi. Vositasiz to‘ldiruvchilar hokim bo‘lakda ifoda qilingan harakatni bevosita o‘ziga qabul qilgan predmetni bildiruvchi to‘ldiruvchilar vositasiz to‘ldiruvchilar deyiladi. Vositasiz to‘ldiruvchi ob’ektli (o‘timli) fe’l bilan bog‘lanib tushum kelishigi shaklidagi so‘zlar bilan ifodalanadi va kimni? nimani? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Tog‘lar shaharni o‘rab turganga o‘xshaydi (Ya.) Vositali to‘ldiruvchi o‘z hokim bo‘lagiga bog‘lanib, shu bo‘lak orqali ifodalangan harakatning yuzaga kelishida qurol-vosita vazifasini vositali to‘ldiruvchi bajaradi. Vositali to‘ldiruvchilar vositali kelishik shaklidagi so‘zlar va ko‘makchili konstruksiyalar bilan ifodalanadi hamda ularning so‘roqlariga javob beradi: Kelin kattakon doka ro‘molga burkangan. (A.Q.) Vositali to‘ldiruvchilar o‘timsiz fe’llarga bog‘lanib keladi: Men bahorda Qatortolga borgan edim. (A.Q.) Aniqlovchi. Predmetning belgisi, qarashligiligini ifoda qiluvchi gap bo‘lagi aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchilar otga bog‘lanib, aniqlovchi ot aniqlanmish sanaladi. Aniqlovchilar anglatgan ma’nolariga ko‘ra, sifatlovchi va qaratqichli aniqlovchilarga bo‘linadi. Sifatlovchi bog‘lanib kelgan bo‘lak sifatlanmish hisoblanadi. Qancha odam kelibdi? (A.Q.) Predmetning qarashliligini ko‘rsatib, kimning? nimaning? qaysi? qanday? kabi so‘roqlarga javob bergan aniqlovchi qaratqichli aniqlovchi deyiladi. Qaratqich vazifasida qo‘llanuvchi so‘z qaratqich kelishigi shaklida, qaralmish egalik shaklida bo‘ladi: tog‘ning havosi, Navoiyning g‘azali Izohlovchi predmetga boshqacha nom berish, uni boshqacha atash yo‘li bilan aniqlaydi. Izohlovchi aniqlab kelgan bo‘lak izohlanmish deyiladi. Izohlovchi va izohlanmish bitishuv yo‘li bilan aloqaga kirishib, izohlovchili birikmani hosil qiladi. Bunda har ikki bo‘lak, asosan, ot bilan ifodalanadi: To‘xta xola uzoqdan kelayotgan ikki kishining qorasini ko‘rdi.(I.R.) Hol. Hol ikkinchi darajali bo‘laklarning eng murakkabidir. Hol harakat-holatning qanday holda, qanday vaziyatda, qay usulda, qachon qaerda, nima uchun, nima maqsadda, qanday shart bilan bajarilishi, bajarilish miqdori, darajasi, harakat-o‘olatning bajarilishida sub’ektning qanday holatda bo‘lishi kabi bir qancha belgilarni ko‘rsatadi; sub’ekt, predikat va ob’ekt munosabatlarini reallashtiradi, ularning ob’ektiv borliqqa munosabatini belgilaydi. Hol boshqaruv va bitishuv yo‘li bilan hokim bo‘lakka ergashadi. Holning boshqarilishi kelishikli, ko‘makchili va aralash vositalar bilan amalga oshiriladi: Tol tagida yelpinib dam oldi. (O.) Hol semantik-sintaktik qurilishi jihatidan ravish holi, o‘rin holi, payt holi, sabab holi, maqsad holi, daraja-miqdor holi, shart va to‘siqsizlik holi kabi turlarga bo‘linadi. Ravish holi: Daraxtlarning yashil chodiri ostida u yoq-bu yoqni asta kezdi. (O.) Payt holi: Jo‘raxon zalni anchagacha tinchitaolmadi. (A.M.) Maqsad holi: Ular atayin aylanma yo‘ldan yurdilar (A.M.) Sabab holi: U singlisi tufayli juda baxtiyor edi. (A.M.) Daraja-miqdor holi: U ikki hovuch tutni og‘ziga tikdi-yu, yana bir hovuch terib, juvonga o‘girildi. (A.Q.) Bugungi kunda gap mazmunini o‘rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo‘lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida bir xillik yo‘q. Ular orasida ikki qarama-qarshi yo‘nalish ajralib turadi. Bu yo‘nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga asoslanadilar. Bu yo‘nalishda gapning har bir tuzilish tarxining umumiy grammatik ma’nosini topishga harakat qilinadi va tuzilish tarxining umumiy grammatik ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko‘ra, mazmun grammatik shakllanmay, o‘z holicha mavjud bo‘lmaydi. Shuning uchun gapning burcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Gap mazmunini tuzilish tarxlari asosida tahlil qilish N.Yu.Shvedova asarlarida o‘z ifodasini topdi. Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari gapning nominativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi tuzilish tarxlari doirasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari va mazmuniy tuzilishi bir-biri bilan kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi. Bundan qarash O.I.Moskalskaya ishlarida namoyon bo‘ladi. Mazmuniy sintaksisning keyingi yutuqlari gapga nominativ vazifa bajaruvchi birlik deb qarashga olib keldi. N.D.Arutyunova gapga ob’ektiv borliqdagi voqeaning nomini ifodalovchi birlik sifatida yondashadi. Voqea propozitsiya atamasi bilan nomlanadi. Demak, gap propozitsiya nomi hisoblanadi va u predmet nomi bo‘lgan so‘zga qarama-qarshi qo‘yiladi. Predikat va voqea ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat gapning mazmunini tashkil etadi. Download 219.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling