Gap haqida umumiy ma'lumot


II BOB Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari


Download 219.89 Kb.
bet7/14
Sana18.06.2023
Hajmi219.89 Kb.
#1577789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Gap va uning mazmuniy xususiyatlari.

II BOB Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
2.1 Darak va so‘roq gaplarning tuzulishi va ifodalanishi
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida tushuncha.
So’slovchi o’z oldiga turli maqsadni qo’yadi. Ma’lum voqea hodisa haqida xabar beradi yoki noma’lum bo’lgan biror voqea hodisa haqida ma’lumot olishni istaydi, yoki tinglovchini biror narsani bajarishga undaydi, yoki shu haqida istak bildiradi, yoki turlicha xis-hayajonni bildiradi.
Shunga ko’ra gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Darak gaplar.
2. So’roq gaplar.
3. Buyruq gaplar.
4. Undov gaplar
Bularning har-bir tuzilishi jihatidan, ya’ni so’zlarni va gramatik formalarini ishlatishda, so’z tartibida, innivasiyada o’z hususiyatiga ega.
Darak gaplar.
Darak gaplarda voqea hodisa haqida xabar beriladi yoki predmetda biror xususiyatning majudligi tug’risidagi tasdig’I yoki inkor mazmuni ifodalanadi.
Masalan: Sayramovning ko’zlari gulzordan uzilmas edi. (0)
Darak gapning kesimi quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
1. Aniqlik fe’li bilan: Salqin shamollargina qizning sochlari bilan o’ynashadi. (0)
2. Otlar bilan: Inson qo’li gul. Kitob – bilim manbai.
3. Sifat bilan: Qiz o’z yoridek, uddaburon, chechan. (X.O.)
4. Son bilan: Onning – yarim besh. Dunyoning jannati ro’zg’orimiz bir, taqdiri yangi zo’r boshimiz bir. (R.B)
5. Olmosh bilan: Uning haqi senda emas, sening haqing unda. (P.T.)
6. Ravish bilan: Har qanchalik motam unga oz, olam-olam gap unga oz. (X.O.) Bogim boru, gulzorimda gulim ko’p, har yoqda gul, shohlarida bulbulim ko’p. (X.O.)
7. Ish otlari bilan:  Insonga hurmat bu o’zining tanimoq. (G.G.) Zahar solmoq emish kasbi ilonnig. (Uyg’un).
8. Bor yoki yo’q so’zlari bilan: Xalqimizning chuqur idroki bor, g’ururi, an’anasi bor. Bu-Sharqning yulduzi O’zbekistondir, o’rta erlarning Osiyosi yo’q! (G.G.).
Tinch ohang bilan aytilib, darak-habar ma’nosini ifodalagan nominative va to’liqsiz gaplar ham darak gap hisoblanadi.

Download 219.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling